«problems of research and education of the uzbek language»
International scientific-theoretical conference on the topic
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
SHEVA LEKSIKASIDA DIALEKTAL SO‘Z TURLARI
International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE» www.myscience.uz 250 | bo‘ysunmasligi, unda kam ishlatilishi yoki umuman qo‘llanmasligi, ularning tarkibidagi leksik ma’no esa ma’nolar tizimida kam uchraydigan dialektal ma’no ekanligi bilan adabiy tildagi leksik birliklardan farqlanishi bilan ajralib turadi. Ushbu fikrni misollar tahlilida ham ko‘rish mumkin. Kelišimgä pāvürxānädän ä:qāt ālib kelämän , qäräközlärimgä . Üjgä bögän künlärim kečäsi sämbösä,tüxümbäräk piširämän. Kündüzi bāzārgä čiqārämän..Ushbu dialektal matndan shu narsa anglashilib turibdiki, sambo‘sa va tuxumbarak so‘zlari sheva vakillaridan birining nutqida qo‘llangani uchun hamda ularni shevaning boshqa vakillari tushunishgani uchun ham u dialektal ma’noga ega bo‘lgan deyish mumkin. Demak, dialektal so‘zlar o‘zicha shakllanmaydi, balki dialektal matn(lar) va u(lar)ning tarkibida shevaga xos leksik birliklar bilan birga qo‘llangani uchun u bir qancha sheva vakillari tushunadigan dialektal ma’noga ega bo‘ladi. Mana shu jarayonlardan keyingina u dialektal so‘z hisoblanadi. Sheva leksikasi haqida gapirilganda dialektal so‘z, dialektizm va dialektal xususiyatlarining xilma-xilligi haqida o‘z davriga mos holda maxsus to‘xtalingan. Ammo shevaning dialektal leksikasidagi dialektal ma’no(lar) termini va tushunchasi haqida shu vaqtgacha, ya'niki, XXI asrning 20-yillarigacha biron bir mulohaza yo‘q. Bizningcha, sheva leksikasining leksik birliklarida, albatta, dialektal ma’no mavjud. Shuning uchun ular sheva va lahjalararo farqlangani kabi adabiy til leksikasidan dialektal ma'nosi bilan tubdan farqlanib turishi tabiiydir. Bulardan shunday xulosaga kelish mumkinki, dialektal so‘zlar bu – sheva so‘zlarining boshqa so‘zlar orasidagi huquqi, qo‘llanish va ishlatilish imkoniyati; talqini, tavsifi, izohi va etimologiyasi; o‘ziga o‘xshagan boshqa so‘zlar ichidagi, ham adabiy tildagi so‘zlarga nisbatan dialektal ma’nolari bilan ma’no munosabatlari strategiyasidagi betakroriy mavqeyi va shu mavqeyini asoslaydigan amaliy, shuningdek, nazariy jihatlar nuqtai nazardan dialektal leksika hamda dialektal leksikografik talablarga muvofiq ilmiy tadqiq etilishidir.T.Enazarov va boshqalar tayyorlagan “O‘zbek dialektologiyasi" o‘quv |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling