«problems of research and education of the uzbek language»


International scientific-theoretical conference on the topic


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1612327
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SHEVA LEKSIKASIDA DIALEKTAL SO‘Z TURLARI

International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE» 
www.myscience.uz 
254 | 
Bājimžān // boyimjon- baqlajon. Bājimžānni qävürsä, pämädür bilän jäxši 
ketädi// boyimjonni qavursa, pamadur bilan yaxshi ketadi.  Bu poliz o‘simligi ham 
o'zbek tilining izohli lug‘atida uchramaydi. Va faqat shu sheva vakillari nutqida 
ishlatiladi. Bunday misollarni yana ko'plab keltirishimiz mumkin: löblā - loviya, 
birinž- guruch, qärāli - olxo'ri, hulvöj, nāzböj - rayhon, bälgär - bulg'or qalampiri. 
G‘ijduvon shevasida zoonimlar, ya'ni hayvon va qush nomlarini anchagina 
uchradik. Xususan, kärgäz( kaltakesak), mörčä( chumoli), tārtänäk( o'rgimchak) 
kabilar faol ishlatilishini aniqlandik, chunki hududimiz cho‘lli zona bo‘lgani uchun 
hasharotlarning ko‘p uchrashi odatdagi hol bo‘lsa, odamlar tomonidan o‘zlarini 
himoya qilishlari uchun kuchuklarning ko‘p bo‘lishi esa tabiiy holdir. Shu bilan 
birgalikda mäläx so‘zining chigirtka, ɣürmagaz/ g‘urmagaz so‘zi esa arining bir turi 
ma'nosini anglatishi faqat shu shevagagina xos dialektal holatdir. Biz hayvon 
nomlarini o‘rganilayotgan shevada alohida ko‘rinishda uchratdik va ularni 
quyidagicha aks ettirdik.
Gävräžümān // gavrajumon - beshiktervatar . Beshik kabi tebranib turadigan, 
oyoqlari uzun, yashil rangli, to‘g‘ri qanotli kemiruvchi hasharot.[O‘zbek tilining 
izohli lug‘ati.2006:246]. Üjgä gävräžümān kiribdi, čiqāriš keräk // uyga 
beshiktervatar kiribdi, chiqarish kerak . 
Xārpiš // xorpish - tipratikan. Xārpišni üji sinžni täjigä ekän, öšerä kirdi // 
tipratikani uyi poydevor tagida ekan, o‘sha yerga kirdi. O‘zbek tilining izohli 
lug‘atida bunday so‘zni uchratmadik. Hatto boshqa sheva vakillari tilida 
tipratikanning kirpi shakli ishlatilishi bor. Ammo xorpish tarzida qo‘llash faqat shu 
sheva vakillariga xosdir. Bu so‘zni ham sof leksik dialektal so‘zlar lug‘atiga 
kiritishimiz zarur. 
Pišäk-mushuk. Säni pišägiɳni pish dijkān kiši joq//Seni mushugingni pish 
deydigan kishi yo‘q. Aslida fors tilidan o‘zlashgan mushuk so‘zi bizning shevada va 
qipchoq shevasidagina pišäk tarzida aytiladi. 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling