«problems of research and education of the uzbek language»
International scientific-theoretical conference on the topic
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
SHEVA LEKSIKASIDA DIALEKTAL SO‘Z TURLARI
International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE» www.myscience.uz 251 | qo‘llanmasi 2012-yil nashr etilgan. Bu qo‘llanma oldin yaratilgan ilmiy adabiyotlardan farq qiladi, nisbatan dialektal so‘zlar masalasiga doir amaliy va nazariy qoidalar bilan to‘ldirilgan. Tadqiqot ishimizni yoritishda ushbu qo‘llanmadagi fikrlarni o‘rganish foydadan holi emas, deb bilamiz. Qo‘llanmaning kirish qismida shevashunoslikka oid amalga oshirilgan ishlar xususida tanqidiy- tahliliy fikrlar bildirilgan. Bu qo‘llanma bir-biriga bog‘liq bo‘lgan o‘n bitta qismdan iborat ekanligi mualliflar tomonidan qayd etilgan. Sohaga oid mavzularni mazmundorlik va keng qamrovli masalalarga munosabat bildirilish nuqatayi nazardan kelib chiqqan holda ushbu qo‘llanma bir muncha puxta ishlab chiqilgan. Shuningdek, dialektal so‘zlar turlarga ajratish masalasiga e'tibor qaratilganligini inobatga olib, berilgan nazariy ma’lumotlarni o‘rganib chiqdik. Qo‘llanmaning "O‘zbek shevalari leksikasi va so‘z yasalishi "mavzusida dialektal so‘zlar turlarga ajratilib chiqilgan hamda har biriga qisqa nazariy tavsif berilgan. Xususan, quyida ularning har birini maxsus keltirishni va munosabat bildirishni o‘rinli hisoblaymiz: 1.Etnografik dialektal so‘zlar. O‘zbek adabiy tilida ham, shevalarimizda ham xalqimizning asrlar davomida shakllangan juda qadimgi turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va ma'naviy madaniyati bilan aloqador ko‘pgina so‘z, terminlar mavjud. Lekin bu xil so‘z mushtaraklar adabiy tildagi etnografizmlar ham, adabiy til va shevalar uchun bo‘lgan adabiy-dialektal etnografizmlar ham, faqat sheva, dialektlarga xos etnografik so‘zlar ham bir-birlaridan farqlangan holda tatqiq etilmagan [Ишаев, 1988: 37-42 ]. Bunday so‘zlar adabiy tilda kam, shevalarda anchagina uchraydi. Demak, etnografik-dialektal so‘zlarning dialektal lug‘at ( DL) larini tuzish lozim. [Enazarov, 2012:45]. Bu holatda etnografik dialektal so‘zlarga munosabat bildirishda uning xususiyati to‘liq izohlanadi.G‘ijduvon shevasi vakillari nutqidan yozib olingan dialektal matnlardan misol: Pärčäbürān // parchaburon-fotiha to‘yida kelin tarafga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling