«problems of research and education of the uzbek language»
International scientific-theoretical conference on the topic
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
SHEVA LEKSIKASIDA DIALEKTAL SO‘Z TURLARI
International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE» www.myscience.uz 253 | Äläqšäqqä šäqqilläsä jämān, bir bälā bölädi-dä, hāzir.// zag‘izg‘on shaqqillasa yomon, bir balo bo‘ladi-da, hozir. Äläqšäqqä/alaqshaqqa- zag‘izg‘on, olahakka. Bu so‘z shevamizda kuchli fonetik o‘zgarishga uchragan. Ešägāri/eshagori- qizil ari. Mäni ešägāri čāqqän päjt hämmä žājim šišib ketādi // meni ari chaqqan payt hamma joyim shishib ketadi. Rangi olovrang, boshqa ari turlariga nisbatan ancha yirik ari turi. Yirik bo‘lganligi uchun sheva vakillari tomonidan shunaqa nomlangan. Arining bu turini mana shunday o‘zgacha nomlanishini faqat G‘ijduvon shevasi leksikasida ko‘rishimiz mumkin. Bu so‘zda undoshi g, ari so‘zi tarkibidagi a unlisi esa o almashib, fonetik o‘zgarishga uchrab, leksik-fonetik dialektal so‘z turini hosil qilgan. Lekin, bu so‘zga kuchli fonetik o‘zgarishga uchragan so‘z sifatida qaraydigan bo‘lsak, biz bu so‘zni sof leksik dialektal so‘zlar lug‘atiga kiritsak bo‘ladi. 4. Frazeologik-dialektal so‘zlar. O‘zbek sheva, dialektlarida mavjud bo‘lgan, adabiy tilda uchramaydigan yoki uchrasa ham, ma'no farqlanadigan frazeologik iboralar, birikmalar bir butun, yaxlit holdagina biror ma'noni, odatda, qo‘shimcha ko‘chma ma'noni anglatadi. Misollarga murojaat qilsak: Äjāɣini täjigä ālli - urish , do‘pposlash. Tišimni etib jüripti - jahlini chiqazib yurmoq. Tili bir qärič - har gapga bir gapi bor, ko‘p gap qaytaradigan xotin qizlarga nisbatan qo‘llanadigan ibora. 5. Sof leksik dialektal so‘zlar asos va qo‘shimchalar tarkibida hech qanday fonetik o‘zgarishlarsiz, sof shevaga oid so‘zlarni ifodalaydi. Adabiy tilda sof lekisik dialektal so‘zga mos keluvchi so‘zlar mavjud. Xususan, quyida beriladigan G‘ijduvon shevasi vakillaridan yozib olingan matndan parchalar tarkibida sof dialektal so‘zni adabiy tildagi so‘z bilan qiyoslaymiz: Zāmča yoki zāmičä // zomicha -rangi, katta-kichikligi turlicha bo‘lgan handalaklarning umumiy nomi. Zāmičäni širinini hididän bilämiz // zomichani shirinini hididan bilamiz. Handalakning bunday nomlanishi faqat Buxoro va qisman Xorazm hududidagi sheva vakillarigagina xosligini ham aniqladik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling