«problems of research and education of the uzbek language»


International scientific-theoretical conference on the topic


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana03.10.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1691216
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUHAMMAD YUSUF IJODIDA INTERTEKSTUALLIK VA UNING MANBALARI

International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE» 
www.myscience.uz 
43 | 
Muhammad Yusufning she’rlarini o‘qigan o‘quvchi cheksiz badiiy zavq 
olish bilan birga ko‘plab ma’lumot va yangiliklar ham olishi mumkin. Muhammad 
Yusuf she’rlari tili juda sodda, xalqona hamda tushunarli tarzda ifodalangan. Shoir 
ijodida vatan, xalq, vatanparvarlik, baxt, sevgi, ayriliq kabi tushunchalar markaziy 
o‘rinni egallaydi. Bu tushunchalar shoir mahorati orqali tilimizning barcha 
imkoniyatlaridan foydalangan holda she’rga aylanadi. Shoir badiiy san’at turlaridan 
unumli foydalangani holda, uning nazmida matn ichidagi matnlarni-
intertekstlarning turli ko‘rinishlarini ham uchratamiz. 
Tilshunoslikda intertekstuallik tushunchasi keng qo‘llanilgan va hozirga 
qadar o‘rganib kelinayotgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 
“Intertekstuallik” atamasi “inter” -o‘rta, “tekst”-matn so‘zlarining 
birikuvidan hosil bo‘lgan bo‘lib, matn ichida keladigan matnni
anglatadi[Xomidova, 2019]. Intertekstulallik bu – ma’lum bir matn ma'nosini 
boshqa matn bilan to‘ldirilishidir. 
Intertekstuallikning asosiy vazifasi shundan iboratki, ushbu matn tarkibidagi 
har qanday matnga havolalar juda aniq bir adresatga - matnlararo havolani taniy 
oladigan va ma'lum bir havolani tanlashni ideal baholay oladigan shaxsga 
yo‘naltirilishi mumkin [Xolbekov, 2013:6]. Uning orqasida turgan niyatni yetarlicha 
tushunib olish oson bo‘ladi. Ba’zan intertekstual matnlar o‘quvchilarning ma'lum 
bir qismining e'tiborini jalb qilish uchun mo‘ljallangan murojaatlar sifatida 
qo‘llaniladi. 
ХХ asr gumanitar bilimining turli sohalari, birinchi navbatda, tilshunoslik va 
adabiyotshunoslikda har tomonlama ko‘rib chiqilgan, ayni paytda, kompleks 
tadqiqot, chuqur va keng tahlil jarayonida hal etuvchi ahamiyatga ega bo‘lgan 
tushunchalardan biri bu, so‘zsiz intertekstuallikdir [Xolbekov, 2013:6].
Intertekstuallik atamasi jahon tilshunosligi va o‘zbek tilshunosligida bir qancha 
olim va tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan va tahlil qilingan. Uni fanga olib 
kirgan Y. Kristeva intertekstuallik hodisasi asosan ilmiy va badiiy matnda uchrashini 



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling