International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE»
www.myscience.uz
46 |
Yuqoridagi intertekstual birliklardan foydalanib shoir o‘z asarini ta’sirli va
jozibali chiqishiga erishgan. “Tohir va Zuhra” dostonida sharq xalq ertaklariga
asoslanib, oddiy jasur Tohirning xon qiziga bo‘lgan sof muhabbati ifodalangan.
Tohir va Zuhra bir kunda tug‘ilishadi. Xon el-yurtga osh berib, bolalarning taqdirini
bog‘lashga ahd qiladi. Oradan vaqt o‘tib Tohirning otasi vafot etadi. Xon Tohirni
past tabaqadan bo‘lgani uchun qarorini o‘zgartiradi va uni sandiqqa solib daryoga
oqizib yuborishadi. She’rdagi allyuziv nomlar ayni shu voqealarni jonlantirish
xususiyatiga ega bo‘ladi.
Muhammad
Yusuf
asarlaridan
namunalarni
tahlil
qilganimizda
intertekstuallikning tarixiy shaxslarga ishora qilinuvchi allyuziya deb ataluvchi
turini ham ko‘p uchratamiz. Birgina “Vatanim” she’rida yurtimizda yashab o‘tgan
tarixiy shaxslarimizni nomlari keltirib o‘tilgan va ularning ko‘rsatgan mardona
xizmatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishora qilinayotgani fikrimizga misol bo‘la oladi.
Sen Mashrabsan,
Xalqqa tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan shoh yonida
Faqirni duo qilgan.
Yassaviysan meniki deb,
Ko‘ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog‘i ochilmagan,
Qo‘rig‘imsan, vatanim.
Sen Xo‘jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan
Muqannasan qorachig‘i
International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE»
Do'stlaringiz bilan baham: |