International scientific-theoretical conference on the topic:
«PROBLEMS OF RESEARCH AND EDUCATION OF THE UZBEK LANGUAGE»
www.myscience.uz
44 |
ta’kidlab, ko‘proq badiiy matndagi intertekstuallik tamoyiliga urg‘u
beradi[Kristeva, 1967].
Ma’lumki, Sharq adabiyoti, xususan o‘zbek badiiy matnida qadimdan
didaktik ruh ustunlik qilgan. Ana shu didaktik ruhni berish uchun avval badiiy
matnda maqol, matallardan foydalanish keng tarqalgan bo‘lsa, keyinchalik islom
dini kirib kelgach, Qur’on parchalari, hadis namunalaridan badiiy matnga kiritish
an’anasi avj oldi. Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qissasi
Rabg‘uziy” asarlarida aynan shunday usul qo‘llanganini kuzatishimiz mumkin. Shu
bois Sharq, xususan, o‘zbek adabiyotida Qur’on parchalari, hadislar, folklor
namunalari: maqol, matal, afsona va rivoyatlardan intertekst sifatida faol
qo‘llanilgan[Xomidova, 2019].
Muhammad Yusuf ijodida ham intertekst turlaridan juda o‘rinli va unumli
foydalanilgan. Shoir she’riyatida uchraydigan intertekstuallik asosan quyidagi
manbalar asosida hosil qilingan:
1. Muqaddas kitob, hadislar.
2. Folklor namunlari: afsona, doston, ertak, rivoyat va maqollar.
3. Tarixiy voqea-jarayonlarga ishora qiluvchi allyuziyalar.
4. Mashhur badiiy asarlar muallifi va qahramoniga ishora qiluvchi
allyuziyalar.
Bularda eng ko‘p xalq maqollari, afsona va rivoyat, dostonlariga ishora
qiluvchi intertekstlar shoir ijodida yetakchilik qiladi:
Sen tebratgan beshigini Sohibqiron
Sening bolang yulduzlarga qo‘ygan narvon
Bir mayizni qirqqa bo‘lgan bir tanu-jon
Kunlaringga qaytay desang -xalq bo‘l elim!
Bo‘lar elning bolalari bir -birin der,
Bo‘lmas elning bolalari bir-birin yer,
Bir bo‘l endi, qadri baland qaddingni ker,
Do'stlaringiz bilan baham: |