Progress volume 3 ǀ issue 4


Download 72.84 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi72.84 Kb.
#1828508
  1   2   3   4
Bog'liq
dars-ta-limni-tashkil-etishning-asosiy-shakli



SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601



Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

DARS - TA`LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLI




Durdona Anvar qizi Amirova


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi


ANNOTATSIYA


Ushbu maqolada sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi, o`quvchilarni ommaviy qamrab olish, tashkiliy tartib va o`quv ishlarining muntazamligi haqida ma`lumot beriladi.
Tayanch so`zlar. Dars, darsning shakllari ,didaktik talablar , sinf-dars tizimi.

Dars- bevosita o`qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta`lim jarayonining asosiy shakli hisoblanadi. Darsda har bir o`quvchi xususiyatlarini hisobga olish , barcha o`quvchilarning mashg`ulot jarayonida o`rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari ularning idrok etish qobiliyatlari va ma`naviy- axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratib beriladi.


Sinf-dars tizimiga garchi 350 yil avval asos solingan bo`lsa-da, bugungi kunda ham keng ko`lamda foydlanilmoqda . Uning asosiy mazmuni o`quv ishlarini tashkil etishning o`ziga xos shakli sifatida quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo`lgan ta`lim oluvchilar ,ya`ni o`quvchilar sinfni tashkil etadi.

-sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida doimiy dars jadvali bo`yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo`ladi.
-mashg`ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi.
-dars odatda bir fan yoki mavzuga bag`ishlangan bo`ladi, shu bois , ta`lim oluvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar.
-darsda ta`lim oluvchilarning ishiga ta`lim beruvchi rahbarlik qiladi , u o`z fani bo`yicha o`qish natijalarini , har bir ta`lim oluvchining alohida bilimini baholaydi . O`quv yili oxirida pedagogik jamoa , ya`ni ta`lim beruvchilar xulosalari bo`yicha ta`lim oluvchini keyingi sinfga o`tishi haqida qaror qabul qilinadi.

Alohida o`quv fanlarini o`qitish metodikasi va didakrikasiga oid asarlarda ta`limning sinf-dars tizimining afzalliklari va kamchiliklari ko`rsatib beriladi. Ular quyidagilar:



  1. Afzalliklari:


Download 72.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling