Prokurorning sudda ishtiroki Reja: Sudlarda jinoyat ishlari ko`rilishida prokurorning ishtiroki


Xorijda prokuratura organlari modeli qanday?


Download 75.92 Kb.
bet8/10
Sana03.12.2023
Hajmi75.92 Kb.
#1806550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
prokurorlik nazorati mustaqil ish

Xorijda prokuratura organlari modeli qanday?
Xorij tajribasini o‘rganish Yevropa davlatlarida prokuratura organlarining ikkita asosiy modeli shakllanganligini namoyon etadi. Bunda prokuraturaning u yoki bu model doirasiga kirishi davlatning huquqiy tizimi va davlat mexanizmi tuzilishi bilan aniqlanadi. Birinchi holatda, prokuratura organlari, avvalambor, jinoiy ta’qib va ayblov idorasi hisoblansa, ikkinchisida u qonunchilik ustidan nazorat organi sanaladi. Birinchi model prokuratura organlarida «umumiy nazorat» (ya’ni, qonunchilik ijrosi ustidan nazorat) funksiyasini tugatishni ko‘zda tutadi. Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya va Moldova davlatlarida prokuratura organlari faoliyati birinchi model doirasiga kirganligi sababli, ularda «umumiy nazorat» funksiyasi mavjud emas. Rossiya, Belarussiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston prokuratura organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat funksiyasi birlamchi hisoblanadi.
Shunday qilib, G‘arb davlatlarida prokuratura ayblov organi sifatida faoliyat ko‘rsatishi, «umumiy nazorat»ni amalga oshirmaydi, aksariyat mamlakatlarda prokuratura mustaqil tizim emas, balki sud yoki ijro hokimiyatining tarkibiy qismi sifatida ko‘riladi. Jumladan, prokuratura organlari ijro hokimiyati (AQSH, Estoniya va h.k.) va sud hokimiyati (Ispaniya, Latviya, Gruziya va h.k.) tizimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Xususan, Fransiyada prokuratura sudlar tarkibida bo‘lib, uning faoliyatiga Adliya vaziri rahbarlik qiladi. Italiya prokuraturasi (ular ham sudlar tarkibida faoliyat ko‘rsatadi) odil sudlov, davlat huquqlari, yuridik shaxslar, muomalaga layoqatsizlarga doir qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Germaniyada prokuratura organlarining faoliyati o‘ziga xos bo‘lib, prokuratura polisiya xizmati ishtirokida ayrim jinoyat ishlarini tergov qiladi, ayni paytda, ushbu organ sudlar tarkibida faoliyat yuritadi. Angliya va Uelsda davlat ayblovchilari xizmati joriy qilingan bo‘lib, ularning asosiy funksiyasi - polisiya tomonidan tergov qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda davlat ayblovini quvvatlashdan iboratdir. AQSh prokuraturasi faoliyati esa ko‘proq jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishga qaratilgan.
Umuman olganda, G‘arb davlatlarining aksariyatida prokuratura organlari sudlarda jinoyat va fuqarolik ishlari ko‘rilishida ishtirok etib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoyalash, jinoyat qonunchiligi sohasidagi davlat siyosatini ishlab chiqish jarayonida muhim rol o‘ynaydi.
G‘arb davlatlaridan farqli tarzda, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo aksariyat mamlakatlarda (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati funksiyasi saqlanib qolingan.

Download 75.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling