Prokurorning sudda ishtiroki Reja: Sudlarda jinoyat ishlari ko`rilishida prokurorning ishtiroki
Prokurorning ma’muriy sud ish yurituvidagi vazifalari
Download 75.92 Kb.
|
prokurorlik nazorati mustaqil ish
Prokurorning ma’muriy sud ish yurituvidagi vazifalari
Ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror yuqorida aytib o'tganimizdek, O'zbekiston Respublikasida qonunlarning bir xilda va aniq ijro etilishini ta’minlash orqali mamlakatimizda (jonuniylikni mustahkamlashdan iborat. “Prokuratura to'g'risida”gi Qonunda belgilanib qo'yilgan mazkur asosiy vazifalarini amalga oshirish maqsadida prokuror sud ishlarini yuritishda, jumladan, ma’muriy sudlarda ishlarni yuritishda ishtirok etadi.Prokuror ma’muriy sud ishlarida qatnashar ekan, avvalo, (|onunda belgilangan vakolatlar orqali sud qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli bo'lishiga erishish, qonun ustuvorligini la’minlashga erishish hamda ma’muriy munosabatlarda fuqarolar, yuridik shaxslar, jamiyat va davlatning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo'riqlanadigan Ma`nfaatlarini himoya qilish hamda ushbu sohada qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishni ta’minlashdan iboratdir. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror quyidagi vakolatlarga ega: - jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylik, ijtimoiy adolat, tinchlik va milliy totuvlikni mustahkamlashga; - fuqarolarning 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlangan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning hamda xususiy mulk egalarining qonuniy manfaatlarini himoyalashga; - qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishida prokurorning qatnashishinizarur deb topgan hollarda barcha sud instansiyalarida prokuror ishtirokini ta’minlashga; - prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sudlarning noqonuniy qarorlarini muvofiqlashtirish choralarini ko'rishga; - sud qarorlarini mikojaatlarga asosan o‘rganish va aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish. O‘zbekiston RespubHkasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 46-moddasiga asosan prokurorning vakolatlari ham ma’muriy sud ishida ishtirok shakliga qarab turli xildir. Misol uchun, boshqa shaxslar, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini ko‘zlab ariza bilan murojaat qilganda prokuror arizachining protsessual qonunda belgilab qo‘yilgan barcha huquq va majburiyatlaridan foydalanadi. Shuningdek, prokuror ma’muriy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxs sifatida O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksining 39-mod- dasida nazarda tutilgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqlaridan foydalanadi, majburiyatlarini bajaradi. Masalan, ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar olish, ko'chirma nusxa olish, rad qilish to'g'risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, sudga og'zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni ko'rish davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo'yicha o'z vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqashaxslarning iltimosnomalari, vajlariga e’tiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan protest keltirish hamda O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksida o'zlariga ko`rsatilgan boshqa protsessual huquqiardan foydalanish huquqiga ega. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksida nazarda liililgan protsessual majburiyatlarga ega va ular o'zlariga tegishli protsessual huquqiardan insofli ravishda foydalanishi kerak. Download 75.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling