Prokurorning sudda ishtiroki Reja: Sudlarda jinoyat ishlari ko`rilishida prokurorning ishtiroki
Fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokurorning ishtirok etish asoslari
Download 75.92 Kb.
|
prokurorlik nazorati mustaqil ish
Fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokurorning ishtirok etish asoslari
Fuqarolik protsessida prokuror qonunda nazarda tutilgan hollarda ishtirok etishida qonun chiqaruvchi asosan O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, Mehnat kodeksi, Oila kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokurorining buyrug'i va boshqa qonun hujjatlarida ko'rsatilgan hollarda ishtirok etishini e’tirof etadi. Demak, qonunda belgilangan holatlar prokurorning sudda ishtirok etishi uchun asos bo'ladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual qonunchiligiga ko‘ra o‘zining arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishlarda* fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki fuqaroni o‘lgan deb e’lon qiiish, fuqaroning muomala layoqatini cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish, farzandlikka olish, shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish, voyaga yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qiiish (emansipatsiya) to'g'risidagi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ko‘rilishida prokurorning ishtirok etishi majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksida belgilanishicha, nikohni haqiqiy emas deb topish, bola huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qiiish, ota-onalik huquqidan mahrum qiiish, tiklash, cheklash, farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risida prokuror sudga da’vo taqdim etishi va mazkur ishlarni sudlar tomonidan ko‘rilishida ishtirok etishi mustahkamlangan. Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi «Bolalar tarbiyasi bilan bog'liq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo'llash amaliyoti to‘g‘risida»gi Qarorining 13-bandida «Ota-onalik huquqidan mahrum qiiish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha prokurorning ishtiroki qonunda nazarda tutilganligini e’tiborga olib, sudlar bu ishlarni prokuror ishtirokisiz ko‘rishga haqli emasligi» to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.2022-yil 28-oktabrda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi'ning 534-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat to‘g‘risidagi qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni prokuratura organlari o‘z vakolatlari doirasida «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq amalga oshiradi. Ushbu qoidaning belgilanishi, o‘z navbatida, mehnat munosabatlaridaham prokuror nazoratining amalga oshrilishini, shuningdek mehnat nizosini ko'rishni so'rab sudga murojaat qilish huquqiga ega bo'lgan shaxslar qatoriga prokurorning kiritilishi, fuqarolar va tashkilotlarning mehnatga oid huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini sudda samarali himoya qilishni kafolatlaydi. Bu to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi «Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo'llanishi haqida»gi 12-sonli Qarorida ham, fuqaroni ishga tiklash to'g'risidagi ishlarni, albatta, prokuror ishtirokida ko'rib chiqishligi haqida tushuntirishlar berilgan. Mazkur ko'rsatma va tushuntirishlarning berilishi mehnat munosabatlariga oid nizoli ishlarni ko'rishda prokurorning ishtirok etishi qonuniy, asosli, adolatli qaror chiqarilishiga yordam beradi. Prokurorning fuqarolik sud ishlarini yuritishda ishtirok etishi asoslari O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi, Oila kodeksi va Bosh prokurorning 2015-yil 17-noyabrdagi «Sudlarda fuqarolik ishlari ko'rilishida prokuror ishtirokining samaradorligini yanada oshirish to‘g'risida»gi 124-sonli buyrug'ida o'z ifodasini topgan. Unga ko'ra sudlarda quyidagi ishlar ko'rilishida prokuror ishtiroki majburiy ekanligi belgiiab qo'yilgan: - prokurorning (da’vo) arizasi bo'yicha qo'zg'atilgan ishlarda; - fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topish yoki fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish to'g’risidagi ishlarda; - fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to'g'risidagi ishlarda; - farzandlikka olish to'g'risidagi ishlarda; - ota-onalik huquqidan mahrum qilish, shu huquqni tiklash yoki cheklash to'g'risidagi ishlarda; - shaxsni g'ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi ishlarda; - sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish haqidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi ishlarda; - voyaga yetmagan shaxsni to'liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) to'g'risidagi ishlarda; - mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish bilan bog'liq ishlarda. Shuningdek, prokuror ishtiroki majburiyligi belgilanganishlarning apellyatsiya va kassatsiya instantsiyalarida ko'rilishida, prokuror protesti asosida ko'rilayotgan barcha ishlarda prokuror ishtiroki qat’iy ta’minlansin. Prokuror o'zining bergan arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atgan ishlarda ishtirok etishi bu fuqarolik protsessida prokurorning ishtirok etish asoslaridan biri hisoblanadi. Bu asos bevosita O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 50-moddasida va «Prokuratura to'g'risida»gi Qonunda aniq belgilab qo'yilgan. Prokurorning sudga ariza bilan murojaat etishining ahamiyati shundaki, fuqarolarning huquq va erkinliklari, korxona, muassasa, tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya etish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, huquqni muhofaza etuvchi organlarga nisbatan xalqning ishonch hissini uyg'otish, qonunlarni bir xilda ijro etishini ta’minlashdan iborat.Agar fuqaro sog'lig'ining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga ko'ra sudda o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi «Prokuratura to'g'risida»gi Qonunining 26-moddasiga ko'ra esa fuqaro sud tartibida himoya qilinadigan huquq va erkinliklari buzilsa, lekin fuqaro sog'lig'i, yoshi yoki boshqa sabablarga ko'ra sudda o'z huquq va manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lmasa da’voni prokuror taqdim etishi va sudda quvvatlash to'g'risida huquqiy norma mustahkamlab qo'yilgan. Bundan ko'rinib turibdiki, agar fuqaro sog‘lig‘i, yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z huquq va erkinHklarini himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lmagan taqdirdagina, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilib, prokuror sudda da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega. Download 75.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling