Prokurorning sudda ishtiroki Reja: Sudlarda jinoyat ishlari ko`rilishida prokurorning ishtiroki


Sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rishda prokuror vakolatlari


Download 75.92 Kb.
bet2/10
Sana03.12.2023
Hajmi75.92 Kb.
#1806550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
prokurorlik nazorati mustaqil ish

Sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rishda prokuror vakolatlari.
Jinoyat protsessual qonunchiligi va Prokuratura to‘g‘risidagi qonun talablaridan kelib chiqib, sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rilishida prokurorlar quyidagi vakolatlarga egadirlar:

  1. Sud muhokamasiga tayyorgarlik qismida jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan qabul qilingan qarorlarni qonuniyligini ko‘rib chiqadi;

  2. Sudda jinoyat ishini ko‘rilishida qatnashar ekan, davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etadi;

  3. Sud muhokamasi mobaynida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan o‘z hulosasini beradi;

  4. Davlat va jamiyat manfaatlarini muhofaza qilish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini qonuniy himoya qilish talab qilingan hollarda da’vo arizalari bilan sudga murojaat qiladi va ularni sudda quvvatlaydi;

  5. G‘ayriqonuniy va asossiz sud hukmlari, ajrimlari va qarorlariga nisbatan protest kiritadi;

  6. Protestlar va shikoyatlar asosida barcha instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko‘rilishida hulosalar beradi;

  7. Sudlarni hukmlari, ajrimlari va qarorlarini o‘z vaqtida va qonuniy ravishda ijro etilishini tekshiradi;

  8. Sudlarni hukmlari, ajrimlari va qarorlarini o‘z vaqtida va qonuniy ravishda ijro etilishini nazorat qiladi;

Zarur hollarda, sud hukmlari, ajrimlari va qarorlarini qonun bilan belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqilishi uchun hamda yangi ochilgan holatlarda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini tiklash uchun kerakli choralarni ko‘radi.
Jinoyat ishlarini barcha instansiyalarda sudlar tomonidan ko‘rilishi mobaynida yo‘l qo‘yilgan hatolarni prokurorlar tomonidan turli uslublar bilan aniqlanishi mumkin:

  1. Prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha chiqarilgan hukmlarni qonuniyligi va asoslanganligini qonun bilan belgilangan

  2. 10 kunlik apellyatsiya muddatida ko‘rib, tekshirib chiqish;

  3. Prokurorlar tomonidan barcha instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko‘rilishida ishtirok etish;

  4. Hukmlarni ijroga qaratilishini qonuniyligini va ijroga qaratish muddatiga qanday amal qilinayotganligini tekshirish hamda hukmlarni ijro etishda ishtirok etishning umumiy tartib va qoidalari bo‘yicha qonun talablarini bajarilayotganligini tekshirish;

  5. Jinoyat ishlari yuzasidan yoxud alohida bir toifa jinoyat ishlari yuzasidan ma’lum bir vaqt oralig‘i bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirish.



Download 75.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling