Prokurorning sudda ishtiroki Reja: Sudlarda jinoyat ishlari ko`rilishida prokurorning ishtiroki
Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda prokurorning ishtirok etish asoslari va vazifalari
Download 75.92 Kb.
|
prokurorlik nazorati mustaqil ish
Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda prokurorning ishtirok etish asoslari va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 41-moddasida «ishda ishtirok etuvchi shaxslar» doirasi belgilab qo'yilgan. Unda ko'rsatilishicha taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar o‘z zimmalariga yuklatilgan vakolatlarga ko‘ra, shuningdek ushbu kodeksda nazarda tutilgan alohida toifadagi ishlar bo'yicha arizachilar hamda boshqa manfaatdor shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb e’tirof etiladi (IPKning 43, 47-50-moddalari). O'z o'rnida prokuror «ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari»ga ega hamda uning prokuror sifatidagi huquq va majburiyatlari, uning protsessdagi tutgan o'rni, protest kiritish vakolatlari va sud qarorlariga nisbatan o'z vakolatlari doirasida ta’sir qilish choralarining belgilanishi prokuror nazorati fanining ham predmeti hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 49-moddasiga ko'ra prokuror sud majlisida ishtirok etishga haqli. Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlariga da’vo arizasini (arizani) Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki prokuror o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar iqtisodiy sudlariga esa Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning o'rinbosarlari taqdim etadi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosari O'zbekiston Respublikasining barcha iqtisodiy sudlariga da’vo arizasi (ariza) taqdim etishga haqli. Prokurorning iqtisodiy sudlarda ishtirok etish asoslari: - qonunda nazarda tutilgan hollarda; - prokurorning da’vo arizasi (arizasi) asosida qo‘zg‘atilgan ishlarda. Fuqaroning, yuridik shaxsning va davlatning manfaatlarini ko‘zlab da’vo arizasi (ariza) taqdim etgan prokuror da’vogarning huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, shundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasno. Prokurorning o‘z da’vo arizasidan (arizasidan) voz kechishi da’vogarni (arizachini) ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. Prokuror tomonidan da’vogarning huquqini himoya qiiish maqsadida taqdim etilgan da’vodan da’vogarning voz kechishi da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi. O‘zbekiston RespubUkasi «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonun hilan unga yuklatilgan vazifalarga ko‘ra, u arz qilingan talabning asosliligi yoki asossizligi bo'yicha o‘z fikrini beradi, agar ish uning arizasi bo'yicha qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, prokuror taraf hisoblanadi va shuning uchun u arz qilayotgan talabini isbotlaydi. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining iqtisodiy sudlarida ishlar ko'rilishida asosiy vazifalari qonunda belgilangan vakolatlar orqali sud qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli bo'lishiga erishishdan hamda qonun ustuvorligini ta’minlash, shuningdek, iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun hilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish hamda ushbu sohada qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishni ta ’minlashdan iborat. Download 75.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling