Prokurorning sudda ishtiroki Reja: Sudlarda jinoyat ishlari ko`rilishida prokurorning ishtiroki
Ma’muriy sudlarda ish yuritishda prokuror ishtirokining huquqiy asoslari
Download 75.92 Kb.
|
prokurorlik nazorati mustaqil ish
Ma’muriy sudlarda ish yuritishda prokuror ishtirokining huquqiy asoslari
Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi ishlar ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizo sifatida ma’muriy sudlar tomonidan ko'rib chiqilishi belgilab qo'yildi. Bu, o'z navbatida, mazkur toifadagi ishlarga nisbatan bir xil sud amaliyotining joriy qilinishiga, sud ishlarining o'z vaqtida adolatli va sifatli hal qilinishiga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksining 23-bobida ma’muriy organlarning va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish tartibi belgilangan. Ma’muriy organlar deganda ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalarni tushunamiz.1 O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksiga asosan, mazkur toifadagi ishlar fuqarolar yoki yuridik shaxslar arizalari asosida qo'zg'atiladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g'risida»gi Qonunining 38-moddasiga asosan, qonunga zid bo'lgan hujjatni prokuror ana shu hujjatni g'ayriqonuniy debe’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan ma’muriy sudga murojaat etishga haqli. Bunda pokuror, avvalo, mazkur hujjatga nisbatan protestni ana shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxsga yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs)ga keltiradi. Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilgan, shuningdek qonunda belgilangan muddat ichida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni g‘ayriqonuniydeb e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan ma’muriy sudga murojaat etishga haqli. Prokuror bunda davlat organi (mansabdor shaxs) ning normativ-huquqiy xarakterga ega bolmagan noqonuniy hujjati ustidan ariza bilan murojaat qilishi mumkin.Manfaatdor shaxs ma’muriy organning, fuqarolar o'zini o‘zi boshqarish organining qarorlarini haqiqiy emas, shuningdek mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to'g'risida ariza (shikoyat) bilan qachonki sudga murojaat qilishlari mumkin, ya’ni mazkur qaror, harakatlar (harakatsizlik) uning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzgan; uning huquqlari, erkinliklarini amalgaoshirishga va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarishga to'siqlar vujudga keltirgan; uning zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklagan; uning u yoki bu sohadagi faoliyatni amalga oshirishi uchun boshqa to'siqlar vujudga keltirgan deb hisoblagan taqdirdagina sudga murojaat qilishga haqli. Prokuror bo'lsa, xuddu shu harakatlar boshqa fuqarolarva yuridik shaxslarning qonuniy huquqlari va manfaatlariga daxl qilgan bo'lsagina, sudga ariza bilan murojaat qilishga haqldir.Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksiga asosan, ma’muriy organlarning va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ularmansabdor shaxslarining qaroriari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga o'zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to'g'risida ma’lum bo'lgan paytdan e’tiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin.Davlat ijrochisining qarorini haqiqiy emas, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to'g'risidagi ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat qilish muddatlari qisqartirilgan bo'lib, manfaatdor shaxsga o'zining huquqlari, erkinliklari vaqonuniy manfaatlari buzilganligi to'g'risida ma’lum bo'lgan paytdan e’tiboran o'n kun ichida sudga murojaat qilishi mumkinligi belgiiab qo'yilgandir.Qolaversa, sud mazkur toifadagi ishlarni ko'rishda ma’muriy organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ulär mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish chog'ida sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari, harakatlar (harakatsizlik) qonuniyligini, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoxud ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) arizachining huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzganligini aniqlashi lozim. Shuningdek, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakillari ishtirokida ko'rib chiqishi lozim. Ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan ma’muriy organning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining, mansabdor shaxsning vakillari sud majlisiga kelishini sud majburiy deb topishi va ularni tushuntirishlar berish uchun sud majlisiga chaqirishi mumkin.Yuqoridagilardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasida Ma’muriy sudlar ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, jumladan, fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to'g'risidagi ma’muriy ishlarni ko'rib chiqadi hamda hal etadi. Shuningdek, ma’muriy sudda ma’muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar ham ko'rib chiqiladi. Biroq ma’muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ish ma’muriy sud ish yurituvi hisoblanmaydi hamda O'zbekiston Respbulikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi mazkur ishlarni yuritishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Download 75.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling