Psixodiagnostika predmeti va vazifalari
Download 34.35 Kb.
|
PSIXODIAGNOSTIKANINH PREDMETI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Akimova M.K., Gurevich K.M. Psixologicheskaya diagnostika.M., ≪Piter≫,2005 (mazmunidan olindi) Nemov P.C. Psixologiya. M., Vlados, 2003 (mazmunidan olindi)
Tayanch tushunchalar: Psixologiya, psixodiagnostika, psixoprofilaktika,
psixologik tashviqot, psixologik korrektsiya, psixologik maslahat, psixologik diagnoz. Psixologiya insonning ruhiyatini organuvchi nazariy fan bo‘lib qolmay, balki hozirgi kunda turli xil sohalarda keng qoilanilishi mumkin bo‘lgan amaliy fan hamdir. Insonni bar tomonlama o'rganish, y’ani odamlar oitasidagi individual farqlami aniqlash taiim-tarbiya va mehnat faoliyati samaradorligini belgilaydi. Psixodiagnostika metodlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi psixologiyaning, yanada aniqroq aytadigan boisak, amaliy psixologiyaning asosiy va eng muhim yo‘nalishlaridan biri bolgan psixodiagnostika fani va uning asoslarmi bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Psixodiagnostika fani predmeti ta’rifiga turli yondoshuvlami uchratish mumkin. Ularning ba’zilarini keltirib o‘tamiz. Rus psixologlari A.A.Bodalev va B.B.Stolin psixodiagnostika fani predmetiga quyidagi ta’rifni beradilar: Psixodiagnostika - shaxs individual-psixologik xususiyatlarini o‘lchash va aniqlash metodlarini ishlab chiquvchi psixologiya fani sohasi. Psixolog Gurevich K.M. fikriga ko‘ra, psixodiagnostika -insonlarni psixologik va psixofiziologik belgilariga ko‘ra tasniflash hamda farqlash metodlari haqidagi fan2. R.S.Nemovning ta’kidlashicha, psixodiagnostika -bu maxsus bilimlarning shunday sohasiki, u individ yoki guruh tomonidan erishilgan psixologik rivojlanish darajasi hamda psixik holat, xususiatlarini aniq baholashning nazariyasi,metodologiya va metodlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. 1 Akimova M.K., Gurevich K.M. Psixologicheskaya diagnostika.M., ≪Piter≫,2005 (mazmunidan olindi) Nemov P.C. Psixologiya. M., Vlados, 2003 (mazmunidan olindi) Psixodiagnostika - psixologik diagnoz qo'yish haqidagi fan. “Psixodiagnostika” termini dastlab psixiatriyada G.Rorshaxning (1921-yil) shu nomli asari nashr etilgach keng qoilanilib, tez orada tibbiyot sohasi chegaralaridan chiqadi. “Diagnoz” termini normal taraqqiyotdan har qanday og‘ish va uni aniqlash sifatida tushunila boshlandi. Psixologik diagnoz - (“diagnosis” grekcha aniqlash, bilish degan ma’noni anglatadi) - shaxs individual-psixologik xususiyatlarining ayni vaqtdagi holatiga baho berish, rivojlanishni oldindan aytib berish, yani, prognoz qilish va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so‘nggi natijasidir. Hozirgi zamon psixologik diagnostikasining maqsadi – msonlar va guruhlar o‘rtasidagi psixologik farqlami qayd qilish hamda yoritib berishdir. Masalan, texnik tafakkur darajasi bo‘yicha 12 yoshli bola o‘zining tengdoshidan farq qilishi mumkin. Yoki umumlashtarish darajasiga ko‘ra, shaharning 30 nafar 5-sinf o‘quvchilari qishloq o‘quvchilaridan farq qilishini muayyan metodikalar yordamida aniqlash mumkin. Bunda tadqiqotchining vazifasi qoiga kiritilgan maiumotlami tartibga solish (masalan, o‘sib borish darajasiga ko'ra). Diagnostika qilinayotgan belgilar tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib, turlicha psixologik farqlami o‘z ichiga oladi: - Yosh bo‘yicha. - Maiymotiga ko'ra. - Madaniy darajasiga ko‘ra. - Psixik holatlariga qarab, - Genetik, psixofiziologik xususiyatlari bo'yicha. Psixodiagnostika bir tomondan nazariy fan hisoblansa, boshqa tomondan psixolog amaliy faoliyatining sohalaridan biridir. Nazariy fan sifatida psixodiagnostika ishonchli va validligi yuqori boigan diagnostik fikr va xuSosalar chiqarish qonun-qoidalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Psixodiagnostika nazariy fan sifatida psixologiya fanining boshqa prednetli sohaiari bilan uzviy bogiangan. Psixodiagnostikaning nazariy-eksperimental psixologiya bilan bogliqligi o'ziga xos xarakter kasb etadi. Umuman olganda psixodiagnostika muayyan fanlarda mavjud boigan tushunchalarni konkret metodikalarga birlashtirish emas, balki nazariy psixologik maslahatlarning to‘g‘ri ekanligini tekshirish usuli haradir. Masalan, inson faoliyati motivlariga ko‘ra bir-biridan tubdan farq qiladi, deb ta’kidlansa, unda turii insonlarga xos boigan motivlarni aniqlovchi metodlarni topish talab qilinadi. Bundan tashqari psixodiagnostika umumiy psixologiya, differentsial psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi, huquq psixologiyasi, harbiy psixologiya, mehnat psixologiyasi va sport psixologiyasi kabi fanlar bilan uzviy aloqada. Shuningdek, psixodiagnostika amaliy fan sifatida amaliy psixologiyaning psixoproiilaktika, psixologik tashviqot, psixologik korreksiya, psixologik maslahat kabi sohalar bilan o‘zaro munosabatda hisoblanadi. Download 34.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling