Psixodiagnostika predmeti va vazifalari


PSIXODIAGNOSTIKA FANINING NAZARIY VAZIFALARI


Download 34.35 Kb.
bet8/12
Sana17.06.2023
Hajmi34.35 Kb.
#1528606
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKANINH PREDMETI

PSIXODIAGNOSTIKA FANINING NAZARIY VAZIFALARI

Psixik ko‘rinishlar tabiati va ularni ilmiy jihatdan printsipial baholashning imkon darajasini aniqlashtirish;

Hozirgi paytda psixologik ko‘rinishlarning miqdorini baholash va uning ilmiy asoslanganlik holatini o‘rganish;

Psixodiagnostik usul va uslublarning asosiy metodologik talablari nimalardan iborat;

psixodiagnostik tadqiqotning shart-sharoitlari, natijalarni qayta ishlash hamda ularni interpretatsiya qilish usullarining ishonchliligi nimalarga asoslangan;

Test va psixodiagnostik metodlarning tuzilishi hamda ilmiyligini tekshirishning asosiy muolajalari nimalardan iborat.

PSIXODIAGNOSTIKA FANINING AMALIY VAZIFALARI


Psixolog faoliyatining maxsus sohasiga taalluqli bo‘lib, amaliy psixologik tashxis qo‘yish bilan bog‘liqdir. Bunda masala nafaqat nazariy, balki psixodiagnostik tadqiqotni tashkil qilish va o‘tkazishning amaliy jabhalarini qamrab oladi hamda quyidagi vazifalardan iboratdir:
Psixodiagnostga mutaxassis sifatida qo‘yiladigan kasbiy talablarni aniqlashtirish;
Psixolog haqiqatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar, ya'ni kafolat sifatida;
psixodiagnostika sohasida o‘z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixolog o‘zida mujassamlashtirishi shart bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar;
Psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanligini hamda amaliy jihatdan tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda dasturlarini ishlab chiqish.
PSIXODIAGNOSTIK TADQIQOTLAR AMALIYOTIDA PSIXOLOGIK DIAGNOZ QO‘YISHNING 3 BOSQICHI FARQLANADI:
1. Simptomatik diagnozda mavjud har qanday EHM bajarishi mumkin bo‘lgan tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi.
2.Etiologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligigina emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi.
3. Tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati va o‘rni aniqlanadi.
ILMIY VA AMALIY PSIXODIAGNOSTIKANING ASOSIY MASALALARI
Psixodiagnostikaning nazariy asoslari psixologiya fanining turli jabhalari, jumladan, umumiy, differensial, tibbiy, yosh davrlari psixologiyasi kabi sohalarga asoslanadi. Uning metodik usullariga esa, individual-psixologik xususiyatlarni o’rganish, olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilishning asoslari kiradi.
Psixodiagnostika sohasidagi nazariy metodik ishlarning yo’nalishlari psixologik amaliyot talablari asosida belgilanadi. Ushbu talablarga muvofiq usullarning maxsus kompleksi shakllanadi.
Psixodiagnostik faoliyat jarayonini metodikalar aprobasiyasi, talablar yo’riqnomasini ishlab chiqish, tadqiqotlarni o’tkazishdagi qonun-qoidalarni yaratish, natijalar tahlilining usullarini shakllantirish hamda ma’lum metodlarning imkoniyat va cheklanishlarini muhokama qilish tashkil etadi.

Download 34.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling