“Psixologiya” fanidan tayyorlagan taqdimoti

Download 0.98 Mb.
bet5/7
Sana25.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1227769
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Psixologiya

Tarjimai hol metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog’liq jarayonlar: she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod, salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari, atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida o’z ifodasini topadi. Allomalar to’g’risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu – tavsiflari orqali avloddan – avlodga o’tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksizlik natijasida ajdodlar bilan avlodlar o’rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uyg’unligini ta’minlaydi.

Anketa metodi.

Anketa metodi.

Umumiy psixologiyada keng qo’llaniladigan metodlardan biri bo’lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari o’rganiladi.

Anketa odatda 3 xil bo’lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan iborat bo’ladi, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketa sinaluvchiga havola qilinganda kamida to’rt-besh to’g’ri javoblari ballar yordamida baholanadi.

Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari qobiliyatlarini, o’ziga, tengdoshlariga katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter xislatlari, xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin. Tarqatilgan anketalar yig’ib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling