“Psixologiya” fanidan tayyorlagan taqdimoti
Download 0.98 Mb.
|
Psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Djon Moreno “Sotsiometriya metodi”.
Anketa metodi inson psixikasining ayrim tomonlarini o’rganish uchun boy material to’plash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo’lavermaydi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi to’g’ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqish kerak.Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib o’tamiz. Kursingizda eng yuqori obro’ga ega bo’lgan talaba qaysi? Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr, his-tuyg’uni uyg’ota oladi? O’qish bilan bog’liq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni xohlar edingiz? SHaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni istar edingiz? O’rtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila olasiz? Kursdoshlaringiz ichidan kim bilan mashg’ulotlarga birgalikda tayyorlanishni yoqtirasiz? Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz? 4.Djon Moreno “Sotsiometriya metodi”.Bu tadqiqot metodiga AQSHlik Djon Moreno asos solgan bo’lib, kichik (birlamchi) guruh a’zolari o’rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita o’rganish va darajasini o’lchashda qo’llaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o’zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatda kim bilan ishtirok etishi so’raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, chizma, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi.Biroq ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko’rinishini aks ettiradi xolos. Uni takomillashtirish maqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar YA.L.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sotsiometriyaning kichik guruhlar psixologiyasiga moslab o’zgartirilgan variantlari, ko’rinishlari ishlab chiqilganki, ular orqali shaxslarning birbirini tanlash motivlarini aniqlash mumkin. Ayniqsa sotsiometriyaning YA.L.Kolominskiy ishlab chiqqan o’zgartirilgan varianti bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar to’g’risida to’la axborot berishga yordam beradi.Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling