Psixologiya va pedagogika 19-bilet 1


Download 1.13 Mb.
bet4/10
Sana03.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1156655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Psixologiya 19-25-bilet

2.Ta’lim tamoyillari
1997-yilning 29-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Ularda ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishga oid asosiy yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib berildi.
“Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunning 2-bo‘limida ta’lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan. Respublikamizdagi ta’lim tizimi: Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini; ta’lim tizimini rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv a’zolari, shuningdek ularga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlarni qamrab oladi.
Mamlakatimizda “Uzluksiz ta’lim” – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini: maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim , oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’limni, DTSni, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosati tamoyillari quyidagilardan iborat:
− ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
− ta’limning uzluksiz va izchilligi;
− umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
− o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini tanlash ixtiyoriyligi;
− ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
− davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
− ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
− bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
− ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
Ta’lim tizimi deb, muayyan jamiyatda ijtimoiy-tarixiy jarayonda tarkib topgan ma’lum tamoyillar asosida boshqariladigan hamda birbiri bilan bog‘langan barcha tipdagi o‘quv-tarbiya muassasalarining yig‘indisiga aytiladi.Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat olib boradi.
Ta’lim tizimi ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega bo‘lib, u muayyan jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti darajasi hamda siyosati mazmuni bilan bog‘liq holda tarkib topadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida (1997-yil 29-avgust) qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ko‘rsatib o‘tilganidek, respublika ta’lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) davlat ta’lim stadartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassacalari;
b) ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirishini taminlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiypedagogik muassasalar;
d) ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv a’zolari, shuningdek,
ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo‘lib, mazkur tizim doirasida faoliyat yurituvchi muassasalar ta’limning bosqichmabosqich amalga oshirilishi uchun xizmat qiladi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling