Psixologiya va pedagogika 19-bilet 1
Download 1.13 Mb.
|
Psixologiya 19-25-bilet
Bilet №21
1.O’zbek pedagogikasida ma’rifiy qadriyatlar. Ma’naviyat esa ma’rifatga nisbatan keng qamrovli tushuncha bo’lib, o’vazifalarini ma’rifatga suyangan holda bajaradi, jamiyatning hamma sohalariga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Ma’naviyat dunyoqarash negizidir. Kasb-kori, bilim darajasi, turmushdagi mavqyeidan aloqador bo’laveradilar. Ma’naviyat jamiyat, millat va shaxsning butun ongli hayoti va faoliyati davomida shakllanib, boyib, takomillashib boradi. Yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash avvalo oiladan boshlanadi. Oila mustahkam, tinch va farovon bo’lsagina, jamiyatda barqarorlik vujudga keladi. Ulug’ bobomiz Abu Nasr Farobiy: «Agar inson ezgulikka intilib yashasa, uning umri quvonchli va go’zal kechadi, go’zal hayot esa xalq nazarida ham, xudo nazarida ham yuksakdir», degan edi. Biz yoshlarni ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashimiz ular ongida ijobiy o’zgarishlarga ma’naviy va ruhiy jihatdan katta kuch hisoblanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng ta’lim-tarbiyaning mazmuni va mohiyatida, usullari va shukllarida jiddiy «o’zgarishlar» ro’y beradi. Ta’lim-tarbiyada moddiy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish asosiy o’rinni egalladi. Tariximiz, madaniyatimiz, milliy urf-odatlarga e’tibor kuchaydi. Haqiqatan ham, bugungi kunda O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va kelajakda istiqlol istiqbolini rivojlantirish, avvalo komil insonlarga bog’liq. Chunki bunday insonlar tufayli fan va madaniyat, sanoat va qishloq xo’jaligi rivojlanadi. Zero, axloqiy madaniyat vazifalaridan biri komil insonni voyaga yetkazish, uni tarbiyalashdan iborat. Komil inson O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda o’z e’tiqodi, g’ayrat-shijoati, madaniyati, bilimi va ularni tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadi. U jamiyatda, jamoada xalqlar va millatlar o’rtasida do’stlik, sog’lom turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan muhitni vujudga keltirishga intiladi. Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada, sog’lom ma’naviy muhit barqaro bo’lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki sog’lom muhit natijasidagini axloqiy fazilatlar tarkib topadi. Ota-onalar o’z farzandlarini komil insonlar qilib tarbiyalashi, ularda Vatanga muhabbat, mehnati va fidoyiligi bilan o’zgalarga foyda keltirish, sadoqat, samimiylik kabi xislatlarni kamol toptirishga xizmat qiladi. Farzandlarimizning bunday insonlar bo’lishida oilaning totuvligi, ota-onaning o’zaro mehr-muhabbati ham samarali ta’sir ko’rsatadi. Kishi o’z hayotida axloqiy kamolotga qanchalik ko’p intilsa, shunchalik o’z xato-kamchiliklarini anglab boradi. Turon zaminimiz xalqlari axloqiy tarbiya sohasida boy an’analarga ega. Axloqqa oid dastlabki fikrlar «Avesto» kitobida, qadimgi bitiklarda va boshqa yozma manbalarda o’z ifodasini topgan. Bulardan tashqari, o’zbek xalqi o’rtasidaa keng tarqalgan pandnomalar, o’gitlar va odobnomalarda, xalq pedagogikasida, falsafiy risolalarda, allomalar merosida axloqiy masalalarga keng o’rin berilgan. Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag’ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanishi bilan kifoyalanishi – ongsiz va ruhsiz maxluqlarga xos ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo’lmish odamlarga xos fazilatdir. Ma’naviyat – odamning ruhiy va aqliy olamining majmuidir. Tilimizda «ba’mani odam» degan ibora bor. Bu iboraga loyiq bo’lish ulkan baxtdir. Ma’naviyat – jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlantiruvchi tushuncha. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq eta boradi. Ma’rifat tabiat, jamiyat va odam haqidagi keng, turli-tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u kishilarda insonparvarlik ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Ma’rifat ma’naviyatga nisbatan ko’proq amaliy ishlar, jumladan, maktabgacha tarbiya, maktab, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlaridagi o’quv-o’kituv ishlarini uyushtirish va takomillashtirish bilan bog’liq. Hadisi shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar, asrlar davomida ajdodlarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’analar Beruniy, Forobiy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Navioy, Bobur singari buyuk allamalar, olimlar, yozuvchilarning axloq haqidagi ko’plab fikr-mulohazalari bugungi kunda ham oilaviy hayot uchun, har bir inson uchun qadr-qimmatini yo’qotmagan muhim tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Jumladan, Amir Temur axloqi husniya – yaxshi xulqlar egasi bo’lgan. U oqil va tadbirli sarkarnda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo’l qo’ymagan, balki yetti o’lchab bir kesgan. A.Temur singari jahon ma’naviyati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go’zal xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi. «O’g’illarim! Millatning ulug’ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o’qing, aslo unutmang va tadbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo’lmok vazifangizdir. Zaiflarni qo’riqlang, yo’qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin. Men kabi uzun saltanat so’rmok istasangiz, qilichingizni yaxshi o’ylab chekingiz. Bir daf’a chekkandan so’ngra-da uni ustalik la qo’llangiz, orangizdan nifoq tuxumlari ekilmasligini uchun ko’p diqqat bo’ling. Ularga sodiq qolsangiz tosh boshingizga tushmas». Amir Temurning bu vasiyatlaridan uning o’z xalqiga cheksiz sodiqligini, millatini ulug’laganini, kamtarin, adolat va ozodlik uchun kurashuvchan, axloqiy madaniyati yuksak inson bo’lganligini ko’rish mumkin. Shuningdek, Ismoil Al Buxoriy «Axloqning yaxshi bo’lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik shart, dunyoviy ishlardan chetta qolgan bo’lsang ham zarari yo’qdir», - deb yozadi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling