Psixologiya va pedagogika 19-bilet 1
Bilet №22 1.Pedagogik tizimlar tushunchasi va uning manbalari
Download 1.13 Mb.
|
Psixologiya 19-25-bilet
Bilet №22
1.Pedagogik tizimlar tushunchasi va uning manbalari Pedagogika fanining metodologik asosi hisoblanmish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta’limning ustuvor deb e’lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli, ulug‘vor vazifalarni yukladi. Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni yechish bilan birga xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalar ishonchliligini ta’minlasa, boshqa tomondan metodologik bilimlar pedagogik tadqiqotlarni samarali tashkil etish va amaliyotda tatbiq etish uchun zamin hozirlaydi. Bugungi kunda pedagogika fani metodologiyasiga, uning predmetiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Metodologiya tushunchasi murakkab va har doim ham bir xilda talqin qilinavermaydi. hozirgi kunda pedagogika fanining metodologik asosi falsafadir. “Falsafaning bosh masalasi – obyektiv borliq va inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqani oydinlashtirish hisoblanadi. Olam bilan odam mavjudligini tadqiq qilish insonning cheksiz faoliyatini va xarakterini o‘rganishdir. Individning shaxs darajasida namoyon bo‘lishida tarbiyaning yetakchi mavqeyini qadimdan faylasuf (Arastu, Platon, Sukrot, Demokrit va boshkalar)lar tan olishgan va inson tarbiyasi muammosi falsafaning asosiy masalalari qatoriga kiritilgan. Shu tariqa falsafiy ta’limotlar tarkibida pedagogik fikr va g‘oyalar vujudga kela boshlagan va yillar davomida rivojlanib borgan, natijada pedagogika mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Pedagogik tadqiqotlarning zamonaviy yo‘nalishlari dolzarb va amaliy jihatdan muhim masalalarning yangicha yechimlarini izlab topish jarayonining tezlashuvi, ayni vaqtda istiqbolli muammolarning nufuzi oshib borayotganligi bilan tavsiflanmoqda. Bunda ikki yo‘nalishdagi tadqiqotlar alohida ko‘zga tashlanadi: I umumiy xarakterdagi yiriq tadqiqotlarni talab etadigan keng doiradagi muammoni o‘rganish; II murakkab pedagogik jarayonlarning ichki, nozik qirralarini topishga imkon beradigan tor muammolar yechimiga qaratilgan chuqur detalli o‘rganish. O‘zbek xalq pedagogikasining asosiy manbasi. O‘zbek xalq pedagogikasining manbalarini asosan uch turga bo‘lib o‘rganish mumkin. Bular quyidagilar: -Xalqimizning buyuk mutafakkirlari tomonidan meros qilib qoldirilgan nasriy va nazmiy asarlar, odobnoma va pandnomalar; -Xalqimiz tomonidan yaratilgan xalq og‘zaki ijodi va folklori namunalari, xalqimizning qadriyatlari, urf-odatlari va turli xil marosimlari; -Islom dinining muqaddas kitobi “Qur’oni karim”, Payg‘ambarimizdan meros qilib qoldirilgan hadis namunalari va buyuk islomiy ta’limotlarning namunalari. 2.Shaxs va uning faoliyati Shaxs tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalardan biri bo‘lib, uni o‘rganish fanning asosiy fenomeni sanaladi. Odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi qo‘zg‘atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tuzilishi yig‘indisi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo‘ladi. Shaxs deb – muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug‘ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi. Shaxs o‘zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok etishi bilan, ta’lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan betakror oliy zotdir.Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (ijtimoiy) omil (faktor)ning, voqelikning ta’siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo‘lganligini tasdiqlovchi nazariya, ya’ni “ichki psixik” (yunon. “endo” – ichki) va “tashqi psixik” (yunon. “ekzo” – tashqi) qismlarga ajratiladi, degan g‘oya ilgari suriladi. “Endopsixika”da shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o‘zaro bog‘liqligi aks ettirilsa, “ekzopsixika”da esa shaxsning tashqi muhitga nisbatan munosabati, shaxsga qarama-qarshi bo‘lgan barcha jihatlari, shaxslararo va obyektiv munosabati ifodalanadi. “Endopsixika” shaxsning ta’sirlanishi, xotira, tafakkur, hayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo‘r berish xislatlarini, ixtiyorsiz harakatlarini va shu kabi fazilatlarini aks ettirsa, “ekzopsixika” esa o‘z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarini, tajribalarini va shu singarilarni qamrab oladi. “Endopsixika” biologik shartsharoitlarga bog‘liq bo‘lsa, “ekzopsixika” aksincha, ijtimoiy voqeliklar ta’siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi. Shaxs faoliyati va uning tuzilishi Faoliyat turlari, shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egallagan mavqeyi sababsiz kuzatilmaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada “motiv»” va “motivatsiya” tushunchalari ishlatiladi. “Motivatsiya” tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega bo‘lib, u inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda, ya’ni: “nega?”, “nima uchun?”, “nima maqsadda?” degan savollarga javob qidirganda ishlatilib, xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi. Mazkur sabablarning ikki jihati farqlanadi: – ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutilsa (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar) – tashqi sabablarda faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari, ya’ni, bular ayni konkret holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullar tushuniladi. i.Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish, odatda, shaxsiy dispozitsiyalar ham deb atalib, ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi, “Nega?” degan savolga “O‘zim ham bilmay qoldim, bilmayman”, deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, ya’ni, dispozitsiya anglanilgan, ongli hisoblanadi.Shu nuqtayi nazardan motiv – konkretroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar har bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo‘lib, o‘sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo‘ladi, debta’kidlaydi. Bundan tashqari, bir shaxsning o‘zi ham o‘zidagi holat, kayfiyatga bog‘liq holda bir xil vaziyatni turlicha idrok qilishi mumkin ekan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini o‘sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o‘xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik – dispozitsiyaning mavjudligi bilan tushuntirilar ekan.Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotib, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq tarzda xulq motivlari namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlar faollik manbayi bo‘lib, u insonni biror narsa buyum, sharoit, vaziyat yoki kishilarga nisbatan zaruriyat tug‘ilishida aks etadi. Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: biologik ehtiyojlar (fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu), jinsiy, moslashuv ehtiyojlari) va ijtimoiy ehtiyojlar ( mehnat qilish, bilish, estetik va axloqiy-ma’naviy ehtiyojlar). Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling