Psixologiya va pedagogika 19-bilet 1
Download 1.13 Mb.
|
Psixologiya 19-25-bilet
Bilet №20
1.O’zbekiston hududida eng qadimgi davrdan 14-asrgacha bo’lgan ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti (xalq og’zaki ijodi zardushtiylik, islom dini, Farobiy, ibn Sino, Yusuf Xos Hojib) 2.Muloqot va tillar 3.Rahbarlik odobi hamda uning psixologik ta’sir ko’rsatish shakllari. 1. 2. Muloqot – shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri bo‘lib, u insondagi kuchli ehtiyojlardan biri – inson bo‘lish, odamlarga o‘xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Muloqot – odamlar o‘rtasida birgalikda faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqotning psixologik vositalari. Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri – o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr-g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsata olish – psixologik ta’sir deyiladi. Psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi: Verbal ta’sir – bu so‘z va nutq orqali ko‘rsatadigan ta’sirlardir. Har qanday nutq ko‘rinishida odam o‘zidagi barcha so‘zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib, sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xohlaydi. Paralingvistik ta’sir – bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillari bo‘lib, bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Noverbal ta’sir «nutqsiz» ko‘rinishga ega bo‘lib, bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning birbirlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Agar muloqot jarayonini yaxlit bir faoliyat sifatida undagi asosiy maqsad – muomalaga kirishgan shaxslarning umumiy muammolarini yechish bo‘ladigan bo‘lsa, muloqotning tashabbuskori bo‘lgan shaxsning ta’siri qanchalik adresatga – ta’sir yo‘naltirilgan kimsaga yetib borishi katta amaliy ahamiyatga ega. Shuning uchun ham olimlar muloqotning samaradorligi ko‘proq qaysi vositalarga bog‘liqligiga qiziqadilar. Amerikalik olim Mexrabyanning ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi uchrashuvda biz boshqalardan kelayotgan noverbal signallarga 55% ishonamiz, ulardan ta’sirlanamiz; 38% – paralingvistik va 7% gina nutqning bevosita mazmuniga ishonamiz. Shuning uchun ham obrazli tarzda “Kiyimga qarab kutib olinadi, aqlga qarab kuzatiladi” deyiladi. Keyingi uchrashuvlarda bu mutonosiblik, tabiiy, o‘zgaradi. Muloqot mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga ajraladi: Moddiy muloqot deganda subyektni dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida, ayni paytda shug‘ullanayotgan faoliyatining mahsulotlari va predmetlarini ayirboshlash tushuniladi. Kognitiv muloqot deb shaxslarning hamkorlikdagi faoliyatida narsa va hodisalarni o‘rganish, ma’lumotlarni bilib olish jarayonida o‘zaro bilim almashinuviga aytiladi. Muloqot maqsadiga ko‘ra biologik va ijtimoiy ko‘rinishda bo‘ladi. Biologik muloqot nasl qoldirish, organizmni rivojlantirish, himoyalash kabi tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ijtimoiy muloqot esa shaxslararo munosabatlarni kengaytirish, mustahkamlash, takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Muloqot vositasiga ko‘ra bevosita va bilvosita bo‘lib, bunda jonli mavjudotning tabiiy a’zolari yordamida ya’ni qo‘li, boshi, tanasi, tovushi yordamida axborot ayirboshlasa – bu bevosita bo‘ladi, agar muloqotni tashkillashtirish va ma’lumot almashishda maxsus qurol va vositalardan foydalanilsa – bu muloqot bilvosita deyiladi. Inson til yordami bilan boshqa odamlarga o‘tmish, hozirgi zamon va kelajakka oid narsalar, voqelik yuzasidan axborot, xabar, ma’lumot berishi mumkin. Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajriba bilan bog‘liqligi kishilarda tilning mavjudligi bilan izohlanib, u oddiy qilib tushuntirilganda so‘z va belgilar tizimi hamda yig‘indisidan iboratdir. Tilning asosiy funksiyalari: 1) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o‘zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi; 2) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xattiharakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo‘ladi; 3) til intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qiladi (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, yechishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).Odam o‘zi xoh amaliy xoh aqliy harakat qilishidan qat’iy nazar uni rejalashtirib, buning yechimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarini hal qilishning asosiy quroli til hisoblanadi. Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish, avlodlarga uzatish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Nutq turlarining E.G‘.G‘oziyev muayyan asoslariga suyangan holda noverbal va verbal turlarga bo‘ladi. Noverbal nutq genetik kelib chiqish jihatidan birlamchi hisoblanadi, chunki insonning ijtimoiytarixiy taraqqiyoti davrida dastavval tovushsiz, so‘zsiz nutq turlari paydo bo‘lgan bo‘lib, u o‘z ichiga shaxs kamolotining yirik sanasini qamrab olgan. Noverbal nutq turini shartli ravishda quyidagi ko‘rinishlarga ajratish mumkin: imo-ishora,mimika,pantomimika,exologik, ya’ni aks-sado,signifikatsiya,daktologik (barmoq nutqi). Verbal nutq turkumini shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: og‘zaki va yozma. Ularning quyidagi ko‘rinishlari farqlanadi: 1) monologik; 2) diologik; 3) polilogik; 4) tashqi; 5) ichki; 6) ekspressiv; 7) impressiv; 8) lakonik (qatra, yig‘iq); 9) epik (yoyiq); 10) affektiv (jahl holatidagi) 3. Guruhda odamlarning bir-birlarini yoqtirishlari yoki aksincha, inkor qilishlari ko‘pincha turli xil qarorlar qabul qilish jarayonida ro‘y berib, guruhiy qarorlar qabul qilish individual qarorlar qabul qilish jarayonidan tubdan farq qilmaydi. Ikkalasida ham avval muammo aniqlanadi, ma’lumotlar to‘planadi, bir nechta takliflar ilgari suriladi va nihoyat, eng ma’quli qabul qilinadi. Lekin guruhda bu jarayon biroz boshqacharoq kechadi va ziddiyatlar ko‘pincha aynan shu jarayon bilan bog‘liq bo‘ladi.Amerikalik psixolog T.Mitchellning fikricha, o‘zaro ta’sir guruh sharoitida quyidagi omillar vositasida ro‘y beradi: 1) ayrim a’zolar boshqalariga nisbatan ko‘proq gapirishga moyil bo‘ladilar; 2) yuqoriroq mavqega ega bo‘lgan shaxslar qarorlar chiqarish jarayonida ham boshqalarga tazyiq o‘tkazishadi; 3) guruhda ko‘p vaqt o‘zaro fikrlardagi kelishmovchiliklarning oldini olishga ketib qoladi. 4) guruhda ayrim odamlar ta’sirida asosiy maqsaddan chetlash va maqsadga nomuvofiq qarorlar qabul qilish hollari kuzatiladi; 5) barcha a’zolar o‘zlari sezmagan holda konformlilikka beriladilar va guruh ta’siriga tushib qoladilar. . Shuning uchun ham ba’zan majlisni olib boruvchi rais kun tartibini e’lon qilgan bo‘lsa-da, undan chalg‘ib ketishi va o‘rinsiz qarorlar qabul qilishi mumkin.Shunday bo‘lsa-da, guruhiy qarorlar qabul qilish jarayonining eng katta ijobiy tomoni shundaki, unda ko‘plab fikrlar tug‘iladi va o‘rtaga tashlanadi. Bu fikrlar shunday sharoit yaratadiki, oxir-oqibat alohida individual fikrlardan biroz bo‘lsa-da, farq qiladigan original yangi fikr paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham rahbarlik san’ati ko‘pchilik fikriga tayangan holda oxirida eng ma’qul qarorga kela olishdir. Lekin salbiy tomoni shundaki, guruhiy muzokara va qarorlar qabul qilish jarayoni ba’zi a’zolarda loqaydlik (“Menga nima, ular gapirishyaptiku” kabi), tashabbussizlik (“Baribir meniki qabul qilinmaydi, gapirib nima qildim?” kabi) illatlarini ham paydo qilishi mumkin. Bu o‘sha muhitda ayrim odamlar fikri doimo qo‘llab-quvvatlangan, ayrim odamlarga e’tibor, imtiyoz berilgan sharoitlarda rahbarning aybi bilan ro‘y beradi. Shaxsning liderlik fazilatlari. Har bir alohida guruhda shunday shaxslar paydo bo‘ladiki, ular aynan boshqa shaxslardagi konformlilik yoki ta’sirlanishning manbaiga aylanib qoladi. Ularning fikrlari, xatti-harakatlari go‘yoki boshqalar uchun etalonday ibratli bo‘lib, ular bu nufuzlarini saqlash uchun o‘sha guruhning hayotida o‘z mavqelarini yo‘qotmaslikka harakat qiladilar. Bunday shaxslarni tavsiflash uchun psixologiyada “Lider” tushunchasi ishlatiladi. Demak, lider guruhning shunday a’zosiki, u go‘yoki barcha guruhiy jarayonlarning boshida turadi va o‘z xulqi bilan o‘zgalarga ta’sir qila oladi. G‘arb psixologiyasida guruhning xoh rasmiy, xoh norasmiy boshlig‘ini tavsiflash uchun lider tushunchasi ishlatilaveradi. Lekin aslida bizning gushunchamizda guruhdagi rasmiy munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi, uning boshqa tashkilot va insonlar guruhi oldidagi vakolatini amalga oshiruvchi, ish berib, ishni nazorat qiluvchi shaxs rahbar deb ataladi. Lider esa shunday shaxski, u o‘zidagi ayrim ijobiy va kuchli fazilatlari tufayli kundalik muloqot va muomala jarayonlarida obro‘ ortgirgan mavqeyi baland kishidir. U aslida rahbarlikka da’vo qilmaydi, lekin yurish-turishlari ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgani sababli, uni odamlar saylovlarda tanlashlari yoki rahbarlikka zaxira tanlashganda, aynan uning nomzodini qo‘yishlari mumkin.Bir guruhda uning hajmi va katta kichikligiga qarab, odatda, bitta rahbar va bir nechta lider bo‘lishi mumkin. Biri – jamoadagi mehnat yoki o‘qish faoliyati maqsadlarini hammadan ham aniq anglagani uchun ishchan lider bo‘lishi, boshqasi – qarorlar qabul qilish va mas’uliyatli vazifalarni yechish vaqtlarida hammaga aql o‘rgatadigan intellektual lider, yana biri – turli vaziyatlarda odamlar kayfiyatini ko‘taruvchi, ularni ruhan qo‘llab-quvvatlashga usta emotsional lider bo‘lishi mumkin. U yoki bu turli liderning mavjudligi o‘sha guruhdagi real vaziyatlarga, guruhiy faoliyatning maqsadlariga bog‘liq. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling