Psixologiya va pedagogika 19-bilet 1


Download 1.13 Mb.
bet10/10
Sana03.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1156655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Psixologiya 19-25-bilet

2.. Ta'lim vositalari
Ta’lim vositalariga nimalar kiradi?
Ta’lim vositalari - bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi. Ta’lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida nimani o‘qitish» savoliga javob beradi.
An’anaviy ravishda qo‘llaniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o‘quvustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari kiradi.
Ta’lim vositalari 3 yunalishda asoslanadi.
1. Ta’lim oluvchi uchun 2. Ta’lim beruvchi uchun 3. Dars o’tkazish uchun

3. Qobiliyat
Qobiliyatlar deb shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual psixologik xususiyatlarga aytiladi.
Qobiliyat sifat va miqdor jihatdan tavsiflanib, uning sifat tavsifishaxsning qaysi individual-psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Uning miqdoriy tavsifi esa faoliyatga qo‘yiladigan talablarga shaxs tomonidan qay yo‘sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildirib, ya’ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka, bilimlardan nechog‘lik tez, yengil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi.
Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik xislatlar majmuasining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o‘ziga xos tarzdagi ko‘rinishga ega. Bulardan ayrimlari haqida to‘xtalib o‘tamiz:
Matematik qobiliyatga matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish-amallarni kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, to‘g‘ri va teskari fikr yuritishdan yengilga o‘tishlik, masala yechishda fikr yuritishning epchilligi kabilar kiradi.
Adabiy qobiliyat esa nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonliligi, “til zehni”, behisob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga intiluvchanlik va boshqalarni o‘zida ifodalaydi. Ajratib ko‘rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko‘rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro bir-biriga o‘xshamagan talablari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, tibbiy, musiqaviy, texnik qobiliyatlar va shunga o‘xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo‘lib, kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Umumiy qobiliyatlar (sifatlar)ni maxsus qobiliyat (sifat)larga zid tarzda tushuntirish mumkin emas. Chunki shaxsning umumiy qobiliyatlari maxsus qobiliyatlarni hosil qiluvchi omillardan iborat.
Maxsus qobiliyatlar ko‘lam jihatdan torroq bo‘lishiga qaramay, chuqurroq mohiyatni o‘zida mujassamlashtiradi.
Rus olimi I.P.Pavlov o‘z ta’limotida “badiiy”, “fikrlovchi”, “o‘rta”tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal sistemasidan iboratligi to‘g‘risidagi ta’limotiga asoslanadi. Birinchi signallar va ikkinchi signallar sistemasi esa obrazlar haqida so‘zlar orqali signal

berishdan iboratdir. Ikkinchi signallar sistemasi I.P.Pavlov tomonidan “signallarning signali” deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
− shaxs psixik faoliyatida birinchi signallar sistemasining signallari nisbatan ustunlik qilsa inson “badiiy” tipga taalluqli bo‘lib, ular uchun bevosita taassurot, jonli tasavvur, yorqin idrok, his-tuyg‘ular (emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi xosdir;
− mabodo «signallarning signali» nisbatan ustuvor bo‘lsa – bu shaxs “fikrlovchi tipga” munosib bo‘lib, ular uchun, mavhum, mantiqiy tuzilmalar, nazariy mulohazalar va metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir;
− agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo‘lsa, (birortasining ustunligi sezilmasa) – bu inson”o‘rta tipga” mansub odamdir.
− Psixologiyada ko‘proq qobiliyat tushunchasi aql-zakovat, ya’ni intellekt tushunchasi bilan bog‘lab o‘rganiladi.
Intellekt (lot. “intellectus” – tushunish, bilish, “intellectum” – aql)aql-idrokning shunday bo‘lagiki, uni o‘lchab, o‘zgartirib, rivojlantirib boriladi. Bu intellekt va u bilan bog‘liq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Qobiliyatlar va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta’sir ko‘rsatadi.
Govard Gardner “Intellektning xilma-xilligi” nazariyasida intellekt bu turli-tuman qobiliyatlardan tashkil topgan shunchaki hodisa emas, balki aksincha intellektning har xil turlari ko‘p, ulardan har qaysisi o‘zicha muhim va boshqalardan mustaqil deb ta’kidlagan edi.
G.Gardner ta’kidlaydiki, har bir odamda hech bo‘lmaganda VIII turi bor:
I. Og‘zaki-lingvistik intellekt sohibi o‘qishni yaxshi ko‘radi, so‘zlarni o‘zlashtirishi oson, katta so‘z boyligiga ega, ijod etishni yaxshi ko‘radi. Bunday intellekt shoirlarda, yozuvchilar va notiqlarda kuchli rivojlangan bo‘ladi.
II. Mantiqiy-matematik intellekt hisoblashni va sonlar bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan, mantiqiy masalalar va jumboqlarni yechishni, shaxmat o‘ynashni yoqtiradigan, o‘z tengdoshlariga nisbatan ko‘proq abstrakt darajada fikrlaydigan, sabab va oqibat aloqalarini tushunadigan shaxslarga xosdir.
III. Vizual – fazoviy intellektli odam ko‘rinadigan obrazlar bilan fikr yuritadi, xaritalarni, chizmalarni, diagrammalarni matnga nisbatan osonroq o‘qiydi, fantaziyalarga berilishni va san’at bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi, yaxshi rasm chizadi, qiziqarli uch o‘lchovli modellarning konstruksiyasini ishlaydi, o‘qish paytida so‘zlardan emas, balki illustratsiyadan ko‘proq axborot oladi. Intellektning bu turi ko‘z bilan ko‘rish tasavvuri, o‘zlashtirishi his-tuyg‘usi bilan bog‘liq bo‘lgan va predmetlarni ko‘rish orqali eslab qolish qobiliyati ichki aqliy obrazlarni yaratish qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
IV. Motor-harakatli intellekt turi yuqori sport natijalarini ko‘rsatadi; imo-ishoralarni, mimikasini, boshqalarning qiliqlarini yaxshi o‘xshatadi; narsalarni qismlarga bo‘lishni va qaytadan yig‘ishni yoqtiradi; ko‘rgan narsalarning hammasini qo‘li bilan tegib ko‘radi; yugurishni, sakrashni, kurashga tushishni yaxshi ko‘radi, hunarlarga qobiliyati borligini namoyish qiladi.
V. Musiqaviy-ritmik intellektning bu turi musiqaga oid obrazlarni, atrofimizdagi tovushlarni o‘z ichiga olgan holda, bilishga va ritmni sezishga asoslangan. Bu tur ko‘proq kompozitorlarda, musiqachilarda, ashulachilar va o‘yinchilarda rivojlangan.
VI. Shaxslararo intellekt tengdoshlari bilan aloqada bo‘lishni yaxshi ko‘radi, vaziyatlarda rahbar bo‘lib qoladi, boshqa bolalar bilan o‘ynashni va ularga o‘rgatishni yoqtiradi, birga qayg‘ura oladi, boshqa bolalar uning davrasiga intilishadi.
VII. O‘z-o‘ziga yo‘nalgan intellekt sohibi mustaqillik – iroda kuchi tuyg‘usini namoyish qiladi, o‘zining ijobiy tomonlarini va kamchiliklarini haqiqatan ham tan oladi, unga hech narsa xalaqit bermagan paytda vazifalarni yaxshi bajaradi, o‘zini tuta oladi, yolg‘izlikda ishlashni afzal ko‘radi, o‘z his-tuyg‘ularini aniq ta’riflab beradi, o‘z xatolaridan saboq oladi, o‘z qadrini biladi.
VIII. Tabiatga yo‘nalgan intellekt tabiat hodisalari, hayvonlar, o‘simliklarga qiziqishini ko‘rsatadi, tabiat dunyosini tushunish, atrofdagi muhitning belgilari va xususiyatlarini ajrata olish, klassifikatsiyalash qobiliyatini namoyon qiladi.
Demak, shaxsning u yoki bu faoliyatiga tayyorligi tariqasida yuzaga keladigan har qaysi yaqqol intellektlar tuzilishi o‘z tarkibiga yetakchi va yordamchi, umumiy va maxsus nomdagi majmua sifatlarni qamrab olgan bo‘lib, murakkab tizimdan iborat ekan.
Talant qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant (yunon. “talanton”– qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar majmuasidir.
Talant – katta, ijodiy va zo‘r mehnat mahsuli bo‘lsa, mehnat esa hayotiy tajriba, ko‘nikmalarning zaruriy majmuasi manbayidir. Ijodiyotning sharti esa hayotiy tajriba, zaruriy ko‘nikma va malakalar yig‘indisining mavjudligidir. Ijodiy faoliyat talantning ajralmas qismi hisoblanib, bunda ruhlanish deb nomlangan psixologik holat alohida ahamiyat kasb etib, bunda ruhlanish faoliyat mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy lahzadan iborat holatdir. Talant imkoniyat tariqasida psixologik hodisa hisoblansa, u holda mahorat – haqiqatga aylangan imkoniyat gavdalanishidir. Psixologik nuqtayi nazardan haqiqiy mahorat – bu shaxs talantining faoliyatda namoyon bo‘lishidir.
Layoqat esa qobiliyatning tabiiy zamini sifatida faoliyatda muhim rol o‘ynaydi. Layoqat deb qobiliyatlar taraqqiy etishining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan miya tuzilishining, sezgi a’zolari va harakatlarning morfologik hamda funksional xususiyatlariga aytiladi.
Qobiliyat va layoqatlar muayyan tabiiy zaminga bog‘liq bo‘lsada, lekin ular faqat tabiatning in’omi emas, balki insoniyat tarixiy taraqqiyotining bebaho (qimmatli) mahsulidir. Xuddi shu bois qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi shaxslar tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish davomida ijtimoiy shartlangan bilimlar va ko‘nikmalarni tarkib toptirishning yaqqol usullariga bevosita bog‘liqdir.
Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling