Psixologiya va pedagogika 19-bilet 1


Rahbarning muomala madaniyati


Download 1.13 Mb.
bet7/10
Sana03.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1156655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Psixologiya 19-25-bilet

3.Rahbarning muomala madaniyati.
Rahbarlik ishtirokiga kuyidagicha ta‘riflarni keltirish mumkin 1. Rahbar ijtimoy shahs sifatida ishlab chiqarish chikaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurlarini birlashtirib uning assosiy harakat chiqarish, kuchini boshkaruvchi omilkorlik bilan ish yurituvchi shahsdir.
2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustakil qaror qabul kiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadini belgilaidi.
3. Raxbar o'z sohasiga yangi g’oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkor shahs hisoblanadi.
4. Rahbar mehnati, ayni vaqtda tadbirkorlikka samarali mas'uliyatli faoliyat xisoblanadi. Unga sarflangan kuch, mablag bazan vaqtincha foida emas, zarar keltiirishi, muossasa foyda yrniga zarar ham kurishi mumkin. U Bunday holatlarni oldindan kura olishi va bunga tayyor turishi, zarur bulganda, paydo bo'ladigan qayta boshlashi, uzida bunga kuch-g’ayrat topa bilishi kerak.
O’zaro munosabatlarda rahbarlarning bir-birini to’g’ri tushinish imkon bermaydigan, har xil kelishmovchiliklarga olib kelishi mukin bo’lgan. Bunda to’siqlarning eng ko’p uchraydigan uch hilini ko’rsatib o’tish mumkin:
1) kuch ko‘rishganda bir-birini tashqi qiyofasi bo‘yicha o‘zidan ustun ko‘rish yoki uni yoqtirmaslik;
2) sherik bilan birinchi muloqotda uning muhim fikrlariga qushilmaslik va hokazo;
3) dunyovy tasavvurlari, maqsad va mulohazalari, ijtimoy barqarorligi mos kelishi yoki tuzilishi va xokazo.
Shahsning turli ta'riflari mavjud, lekin bu tushunchani to’laroq aks ettiradigan quyidagisi o’rinli: “Shahs bu - uzining bilimi, xissiyoti va munosabatlari orqali tashqi olamni uzgartira oluvchi subyekt, insondir”.

Bilet №23
1.Pedagogika fanining predmeti
Pedagogika fanining predmeti – o‘qitishning, ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun ham uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.Jahon hamjamiyatida ta’lim jarayoni subyektlari faoliyatini tashkil etish va ularni muvofiqlashtirish asosida ta’lim sifati boshqaruvini takomillashtirishning yo‘l-yo‘riqlarini aniqlash, kompetensiyaviy yondashuvlar asosida muvofiqlashtirish va amaliyotga joriy etish, pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yetakchilik qilmoqda.Pedagogikaning bosh masalasi tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma’no ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog‘langan holda barkamol insonni voyaga yetkazishga yo‘naltirilgandir.
Pedagogika fanining maqsadi:
− Respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun holatdagi muammolarini hal qilish;
− ta’lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;
− umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;
− pedagogika – tarbiyashunoslik qoida, qonunlarni ilg‘or tajribalar asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlash bo‘yicha tadbirlar belgilash;
− uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlashtirish muammolarini hal qilish;
− “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirish.
Pedagogika fanining umumiy vazifalari:
− Sharq va G‘arbda xalqlari yaratgan xalq og‘zaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarining tarbiyashunoslikka doir ilg‘or g‘oyalarini o‘rganib, tahlil qilib, komil insonni tarbiyalash jarayonini o‘rganish;
− komil insonni tarkib toptirishning qonuniyat, qoida va zaruriy sifatlarini aniqlash;
− pedagogikadagi ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviylik muammolarini ishlab chiqish va yangi pedagogik texnologiya qonuniyatlariga amal qilish;
− ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarini maktab amaliy hayoti bilan bog‘lab, bo‘lajak o‘qituvchilarga o‘rgatish;
− xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o‘rganib, bo‘lajak o‘qituvchilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish;
2.O’quv tarbiyaviy vaziyatlarini loyihalashtirish
Umumiy pedagogika singari tibbiyot pedagogikasida tarbiya muhim o‘rin egallaydi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi. Tarbiya tamoyillari – yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad – har tomonlama ma’naviy rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol shifokor shaxsini shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko‘zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi bo‘lajak shifokorlarning axloqiy, ma’naviy tarbiyalanganlik istiqbollarini ko‘ra bilishda yordam beradi.
Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg‘unlashadi.Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida tibbiy ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va bo‘lajak shifokorning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi.
Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi.Tarbiyaning maqsadi – har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishdir.
Tarbiyaning umumiy vazifalari:− jamiyat a’zolarining maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
yetarlicha hajmdagi «inson kapitali»ni tayyorlash;
− madaniyatlarni avloddan-avlodga yetkazish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash;
− ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.
Tibbiy tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
− maqsadga yo‘naltirilganligi;
− ko‘p qirrali jarayon;
− uzoq muddat davom etishi;
− uzluksizligi;
− yaxlitligi;
variativligi;
− natijalarning oldindan aniqlanmasligi, biroq kafolatlanishi zarurligi;
− ikki tomonlamalilik;
Tibbiy tarbiya qonuniyatlari – bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror aloqalar yig‘indisidir.
Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:
− ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog‘liqligi;
− tarbiyaning shaxsni rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi;
− faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbayi ekanligi;
− tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’siri, o‘zaro munosabatlari hamda faol faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish
− tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning intensivligi;
− tarbiyalanuvchining «ichki olami»ga ta’sir etishning intensivligi;
− tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish
Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi:
− maqsadga qaratilganligi va g‘oyaviy yo‘nalganligi;
tarbiyaning insonparvarlashuvi;
− tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog‘liqligi;
− tarbiyaga yaxlit(kompleks) yondashuv;
− jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko‘rish;
− shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo‘shib olib borish;
− o‘qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning talab hamda tarbiyaviy ta’sirlarining birligi;
− tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish;
− tarbiya jarayonining tizimliligi va uzluksizligi.
3.Sezgining tasnifi va qonuniyatlari.
Sezgi oddiy psixik bilish jarayoni bo‘lib, moddiy qo‘zg‘atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etishi orqali real olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuning bilan birga, inson organizmi (uning a’zolari)ning ichki holatlarini alohidaalohida aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko‘rinishini, ularning xossalarini o‘ziga xos xususiyatlarini sezgi a’zolari yordamida, sezgilar orqali biladi, xolos.
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosi va mexanizmlarini analizatorlar ta’siri natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziolog va psixologlarning ta’limotlariga ko‘ra, analizator uchta tarkibiy qismlardan iborat:
1) tashqi kuch-quvvatni (energiyani) asab (nerv) jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya’ni retseptordan;
2) analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog‘lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o‘tkazuvchi asab yo‘llaridan;
3) periferiya qismlaridan keluvchi nerv impuls (harakat)lariga qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po‘stidagi qismlar.
Periferik nervlarning uchlari (ko‘z, quloq, teri va burun kabilar), ta’sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorini tashkil qiladi.
Ch.Sherrington sezgilarni quyidagicha klassifikatsiya qiladi:tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga tananing sirtqi qismiga joylashgan eksterioretseptiv sezgilar (retseptorlar);
− ichki tana a’zolari holatlarini in’ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki tana a’zolarida, to‘qimalarida joylashgan interioretseptiv sezgilar;
− tana va gavdaning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi, muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan proprioretseptiv sezgilar.
Eksterioretseptiv sezgilar ko‘rish, eshitish, hid bilish, teri-tuyish, ta’mmaza kabi turlarni tashkil qiladi. Ko‘rish sezgilari bosh miya po‘stining orqa bo‘lagiga joylashgan bo‘lsa, eshitish sezgilari miya po‘stini tepa burmasining qismda joylashagan. Teri-tuyish, harakat sezgilari esa miya po‘stini markaziy burmasining orqa qismidan o‘rin olgan.
Sezgi turlarining psixologik tavsifi:
Psixologiya fanida uchta katta guruh (turkum)ga ajratilgan sezgilar (eksterioretseptiv, proprioretseptiv va interioretseptiv) o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Ko‘rish sezgilari. Inson tomonidan rang va yorug‘likni sezish ko‘rish sezgilari tarkibiga kirib, uning a’zosi – ko‘z hisoblanib, u ko‘z soqqasi va undan chiqib keladigan ko‘ruv nervlaridan tashkil topgan.
2. Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo‘lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda, tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi bir tondan ikkinchisi esa bir necha tonlardan tashkil topadi. Eshitish sezgilari a’zosi quloq bo‘lib, tashqi quloq (quloq suprasi bilan eshituv yo‘lidan iborat), o‘rta quloq (nog‘ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha: bolg‘acha, sandon va uzangidan tashkil topgan), ichki quloq (quloq labirinti o‘zaro birlashgan uchta bo‘lakdan tuzilgan).
3. Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi burun kovagining yuqori tomoni hisoblanib, bu yerda hid bilish hujayralari hamda sezuvchi nerv tarmoqlari joylashgan, ular shilliq pardaga botib turadi.Hidli moddalar sezuvchi nervni qo‘zg‘aydi, hid bilish markazi bosh miya yarim sharlari orqa yuzasining pastki qismida mavjud deb taxmin qilinadi.
4. Ta’m bilish (maza) sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho‘r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga kiritilgan va kiritilmagan xilma-xil turlarga ega bo‘lib, narsalar va moddalarning nomlari bilan yuritiladi: non va qovunning mazasi kabilar.Ta’m bilish sezgilarining a’zosi tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidan tashkil topgandir. Tilning shilliq pardasida maxsus ta’m bilish surgichlari mavjud bo‘lib, ular tarkibida tayoqsimon hujayralardan tuzilgan maxsus ta’m bilish «kurtaklari»ga ega.
5. Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo‘lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili – bu retseptorlarning teri va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir.Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning birinchisi tegish va tarqalishni tuyish sezgilari, ikkinchisi esa silliq yoki g‘adir-budurni tuyish bilan tavsiflanadi.
6. Muskul-harakat sezgilari va statik sezgilar. Muskul-harakat sezgilari motor sezgilari, goho kinestetik sezgilar deb nomlanib, ularga og‘irlikni, qarshilikni, a’zolar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning a’zolari – gavda muskullari, paylar, bo‘g‘imlardan iboratdir. A’zolarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo‘lib, ularning ta’sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi.
7. Organik sezgilarning retseptorlari ichki a’zolarda qizilo‘ngach, me’da, ichak, qorin tomirlari, o‘pka va shu kabilarda joylashgan.
Ichki a’zolardagi jarayonlar organik sezgilar retseptorlarining qo‘zg‘atuvchilari bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:
a) og‘riq sezgilari;
b) xush tuyg‘ular;
d) noxush tuyg‘ular.
Sezgilarning xususiyatlariga – sifatlari, jadalligi, davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi.Sifat sezgining asosiy xususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi chegarasini o‘zgartiradi.
Masalan, eshitish sezgilari tovushning balandligi tembri, qattiqligi bilan tafovutlanadi, ko‘rish sezgilari esa ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar bilan farqlanadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko‘p turliligi materiya harakati shakllarining turlitumanliligini aks ettirishidir.Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy tavsifidan iborat bo‘lib, ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchi va retseptorning funksional holati bilan belgilanadi.Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik tavsiflanishidan iborat bo‘lib, u ham sezgi a’zolarining funksional holati bilan, shuningdek, qo‘zg‘atuvchining ta’sir qilish vaqti hamda jadalligi bilan o‘lchanadi.


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling