Pul-kredit siyosati pul muomalasi va kredit sohasida
Platformani ishlab chiqish boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi
Download 0.59 Mb.
|
2 5296357389421780917
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aytingchi, qaysi muhim islohotlar xorijiy investorlar uchun mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qildi
- Sizningcha, strategik rejalashtirish sohasida qanday islohotlarni amalga oshirish zarur hisoblanadi
- Joriy yilda SRA oldida qanday vazifalar turibdi
- Mart oyida mamlakatimizda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Forumdan qanday natijalar kutilmoqda
Platformani ishlab chiqish boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
– platforma veb-saytining prototipi yaratildi, tadbirkorni roʻyxatga olish va identifikatsiyalashning soddalashtirilgan tartibi asosida murojaat va shikoyatlarni ekspress-uzatish funksiyasi qoʻshildi; – dasturiy mahsulotning interfeys va mantiqiy qismlarini takomillashtirish, hisobot va statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish ustida ish olib borilmoqda; – davlat dasturiy tizimlari hamda foydalanuvchilarni autentifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari yordamida veb-saytni integratsiyalash, shuningdek, vazirlik va idoralar bilan kelib tushgan murojaatlar va aniqlangan muammolarni hal qilish ustida oʻzaro hamkorlikda tegishli ishlar olib borilmoqda; – tadbirkorlar duch keladigan muammo va toʻsiqlar roʻyxati katalog koʻrinishida shakllantirildi; – aniqlangan muammolarni hal qilish jarayonlari bilan bogʻliq topshiriqlarni koʻrib chiqish, nazorat qilish va ijro etish tartibini hamda ishchi guruhini belgilash boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. – Aytingchi, qaysi muhim islohotlar xorijiy investorlar uchun mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qildi? – Oʻtgan 5 yil davomida Oʻzbekistonda bir qator oʻzgarishlar kuzatildi, bugun mamlakatimiz biznes va investitsiyalar uchun turli koʻrinishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish borasida ochiqlik, novatorlik va qatʼiyat timsollaridan biriga aylanib bormoqda. Valyuta kurslarining bir nechtaligi bartaraf etilib, investorlar uchun valyuta mablagʻlarini banklar orqali toʻsiqsiz konvertatsiya qilish imkoniyatlari yaratildi. Valyuta rejimini yanada soddalashtirish maqsadida Oʻzbekistonning barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun eksportdan valyuta tushumlarini majburiy sotish tartibi bekor qilindi. Valyuta siyosatini liberallashtirish – biznesni rivojlantirish, chet el valyutasi aylanmasini, eksport va import hajmini oshirish, investitsiyalar oqimini koʻpaytirish va umuman iqtisodiyotni koʻtarish uchun ulkan turtki boʻlib xizmat qiladi. Ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, zamon talablariga javob bermaydigan eskirgan tartib-qoidalarni takomillashtirish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilmoqda. Iqtisodiyotning davlat sektorlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tuzilmasi, energetika sektori, togʻ-kon sanoati va aviatsiya tarmoqlari optimallashtirildi. Davlat aktivlarini boshqarish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha alohida agentliklar, monopoliyaga va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitalari tashkil etildi. Ushbu chora-tadbirlar iqtisodiyotning asosiy sektorlari, shuningdek, butun hukumat faoliyati samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va investorlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining rolini alohida qayd etib oʻtish joiz. “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi ikkita Qonun qabul qilingan boʻlib, bu avval qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiya qilish va Oʻzbekistonga investitsiya kiritish shartlarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi. “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunni samarali implementatsiya qilish maqsadida davlat hokimiyati organlari va investorlar oʻrtasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, hokimliklar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar hamda tijorat banklari rahbarlari oʻrinbosarlaridan iborat 4 bosqichli oʻzaro hamkorlik mexanizmi muvaffaqiyatli tashkil etilgan boʻlib, bu investorlarning barcha soʻrovlariga tezkorlik bilan javob qaytarish va yangi tahrirdagi “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi samaradorligini munosib tarzda nazorat qilish imkonini berdi. Bundan tashqari, mahalliy va xorijiy investorlarning faoliyati kafolatlari va huquqini himoya qilishning mavjud huquqiy vositalari bilan bir qatorda, davlat tomonidan tadbirkorlarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish davom ettirilmoqda. Soʻnggi yillarda ushbu sohada kuzatilgan koʻplab ijobiy oʻzgarishlar qatorida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Biznes-ombudsman institutlari hamda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarining tashkil etilganini alohida taʼkidlash mumkin. Institutsional takomillashuv hamda investitsion va iqtisodiy sohalardagi keng miqyosli islohotlar, shuningdek, biznes-muhit va investitsiya iqlimini yaxshilash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning oʻzaro samarali hamkorligi tufayli Oʻzbekiston IHTTning «Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi cheklovlar indeksi»ga kiritildi. Ushbu indeks turli davlatlar iqtisodiyotlarining IHTT oʻrtacha koʻrsatkichlari darajasidagi koʻrsatkichlar bilan xorijiy investorlar uchun ochiqligi darajasi indekatori hisoblanadi. Ishonchimiz komilki, Oʻzbekiston erishayotgan natijalar investorlar uchun yaxshi daʼvat boʻlib xizmat qiladi. – Sizningcha, strategik rejalashtirish sohasida qanday islohotlarni amalga oshirish zarur hisoblanadi? – Joriy vaziyat tahlili va ilgʻor xorijiy tajribalarga asoslangan holda, 15-20 yillik davr uchun mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli shamoyilini shakllantirishni strategik rejalashtirishning eng muhim vazifasi deb bilaman. Masalan, Malayziya 1956-yildan boshlab, oʻrta muddatli 5 yillik rivojlanish rejalaridan tashqari, «Milliy transformatsiya 2030» uzoq muddatli strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqdi. Mazkur reja oʻz oldiga 20 yil ichida dunyoning 20 ta yetakchi davlatidan biriga aylanish, ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar boʻyicha xalqning “gʻoyaviy yoʻl boshlovchisi” boʻlish, YAIM hajmini 2 baravar, aholi jon boshiga YAIM hajmini 2,5 baravar oshirish maqsadlarni qoʻygan edi. Mamlakat taraqqiyotining xuddi shunday uzoq muddatli maqsadlari asosida oʻrta muddatli istiqbolga moʻljallangan aniq strategiyalarni, hududlar va tarmoqlar boʻyicha strategiyalarni, shuningdek, rivojlanishning muayyan maqsadli koʻrsatkichlari belgilangan maqsadli strategiyalarni ishlab chiqishga oid harakatlarni tashkil etish maqsadga muvofiq boʻlib, ularning amalga oshirilishi istiqboldagi strategik maqsadlarga erishish uchun zarur. Ushbu strategiyalar asosida 3–4 yilga moʻljallangan loyihalar portfellari va 1–2 yillik qisqa muddatli davlat dasturlari shakllantirilishi lozim. Ushbu barcha hujjatlarning oʻzaro vertikal va gorizontal bogʻliqligini taʼminlash oʻta muhimdir. – Joriy yilda SRA oldida qanday vazifalar turibdi? – Agentlikning shu yilgi ish rejasi bir qator muhim tadbirlardan iborat. Strategik rejalashtirish sohasida metodologik hujjatlarni ishlab chiqish, hududlarda investitsiya iqlimi reytingining joriy etilishini tashkil qilish, tadbirkorlarning tizimli muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha onlayn-platformani (kraudsorsing) ishga tushirish, Jahon banki bilan hamkorlikda TTXI jalb qilish strategiyasini hamda investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, xorijiy investorlar uchun frontofis tashkil etishga koʻmaklashish shular jumlasidandir. – Mart oyida mamlakatimizda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Forumdan qanday natijalar kutilmoqda? – Toshkent xalqaro investitsiya forumi Markaziy Osiyoning xalqaro investitsiya bozoridagi rolini oshirish strategiyalarini muhokama qilish uchun mintaqadagi eng yirik xalqaro maydonchaga aylanadi. Asosiy xalqaro tadbirlar jadvalini inobatga olib, forumni qariyb 2 ming nafar xorijlik mehmonlarni jalb qilgan holda 2022-yilning 24-martidan 26-martiga qadar oʻtkazish maqsad qilingan. Ikki kunlik dastur doirasida Oʻzbekistonning sanoat salohiyati, shuningdek, jahondagi yetakchi kompaniyalarning ilgʻor innovatsion texnologiyalari va yechimlariga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil qilinadi. “Oʻzbekiston: investitsiyalar va innovatsiyalar uchun mintaqaning yangi maskani”, “Rivojlanayotgan davlatlarda tadbirkorlik”, “Mintaqaviy savdo va infratuzilma”, “Industriya 4.0”, “Sanoat tarmoqlarining investitsion salohiyati” kabi beshta yoʻnalish boʻyicha tuzilgan 26 ta sessiyalar, davra suhbatlari va biznes-nonushtalar oʻtkazish koʻzda tutilgan. Forumni Oʻzbekiston uchun sifat jihatdan yangi darajada, ilgʻor xorijiy tajribaga muvofiq tarzda tashkil etish, dasturni yalpi, mavzular boʻyicha yigʻilishlar va tarmoq sessiyalarida jonli muhokama va munozaralar bilan boyitish maqsadida professional xorijiy kompaniyalar jalb etiladi. Ayrim xorijiy kompaniyalarga ularning tajribasi va ixtisosligini inobatga olgan holda muayyan sessiyalarni biriktirish rejalashtirilgan. Bunda tadbirga jalb qilingan barcha kompaniyalar tomonidan media va piar koʻmak taqdim etiladi. Xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining shu kabi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tajribasini inobatga olgan holda, bugungi kunda YETTB, XMK, AmCham, EUROUZ va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli ishlar olib borilmoqda. Ushbu tadbir Oʻzbekistonning xalqaro investitsiya va biznes hamjamiyatlari uchun ochiqlik tarafdori ekanini namoyish etadi, Markaziy Osiyo uchun yangi xalqaro platformani yaratadi, bu esa Oʻzbekiston Respublikasining jadal rivojlanayotgan bozorida yangi oʻsish nuqtalarini topishdan manfaatdor boʻlgan yirik investitsion, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlarini jalb qiladi. Forum yakunlari boʻyicha Oʻzbekistonning investitsion jozibadorligi ortishi kutilayotgan boʻlib, yetakchi xorijiy kompaniyalarning mamlakatimizda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqishi oshadi; ishbilarmonlik iqlimini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga qaratilgan yangi yechimlar ishlab chiqiladi; iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirish mexanizmlarini shakllantirish, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar uchun yagona bozor sifatida mintaqaning jozibadorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling