Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Oqsillami oligomerizatsiyasi va agregatsiyasi. Oqsilli
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsillarni agregatsiyasi - oqsil molekulalarini o‘ngga buralgan alfa spiral uchastkalari orqali o‘zaro munosabatlarga kirishib, nadmolekular agregatlar hosil qilishidir.
6. Oqsillami oligomerizatsiyasi va agregatsiyasi. Oqsilli
komplekslarni hosil bo‘lishi Polipeptidli molekulalar o‘zaro bir-birlari bilan bog‘lanib, oligomer strukturalar hosil qilish xususiyatiga ega. Polipeptidlami (protomerlar, subbirliklar) qo‘shilib oligomer strukturalar (oligomer molekulalar) hosil qilish jarayonini oqsillami oligomerizatsiyasi deb ataladi. Membranada lokalizatsiya bo'ladigan ko‘plab fermentlar va boshqa oqsillar oligomer tabiatga ega (26-rasm). Oligomer strukturalar bir xil (26-rasm. a, b, d) va har xil (26-rasm. e) protomerlar (subbirliklar)dan tuzilishi mumkin. Oligomerizatsiya \ / 45 jarayonida protomerlar (subbirliklar) o‘zaro nokovalent bog‘lar bilan bog‘lanadi. Shuning uchun ham oligomerli komplekslar, dastlabki protomerlarga yengillik bilan tarqalib ketishlari mumkin. Savol tug‘iladi: oligomerizatsiya - alohida protomerlarni (polipeptidlami) xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadimi? Olimlami ko‘rsatishlaricha, oligomerizatsiya polipeptidlaming ulami parchalovchi fermentlar (proteinazalar) va boshqa kimyoviy agentlar ta’siriga chidamliligini oshirar ekan. Oligomerizatsiya - oqsil molekulalarini qo‘shilishini yagona yo‘li emas. Shunday usullardan yana biri oqsillami agregatsiyasi deb ataladi. Oqsillarni agregatsiyasi - oqsil molekulalarini o‘ngga buralgan alfa spiral uchastkalari orqali o‘zaro munosabatlarga kirishib, nadmolekular agregatlar hosil qilishidir. Agar oqsil molekulasida а-spiral uchastkalar (ikkalamchi strukturalar) boim asa, ular agregatsiya shakliga kira olmaydi. Faqat oqsil globulasini «eritib» (tarqatib yuborilib) a - spiral uchastkalar hosil qilgandagina, oqsil molekulalari , agregatsiyaga kirisha oladi. Nadmolekular oqsil agregatlari tarkibini keng miqyosda o‘zgarib turishi va kattaligining har xil bo‘lishi bilan farqlanadi. Aynan mana shu xususiyatlari bilan ular oligomer oqsil komplekslaridan farq qiladi. 26-rasm. Oligomer tabiatga ega bo'lgan fermentlarni tuzilish modeli: a) - protomerlarni 6 subbirliklari birlashib glutamatdegidrogenaza fermenti molekulasini hosil qilgani; b) -RNK-polimeraza fermentining molekulasi; d) -katalazaning yarim molekulasi; e) - piruvatdegidrogenaza fermentining molekulasi. 46 Ma’lumki, oligomer komplekslar doimiy tarkibga ega bo'ladi. Oqsillami tabiiy agregatsiyasi hujayrani tinchlik holatidan faol holatga o‘tishida kuzatiladi. Masalan, mushaklar qisqarganda, hujayralar bezovtalanganda va boshqa hodisalarda. Tinch turgan hujayra juda kam miqdorda nadmolekular oqsil agregatlarini saqlaganliklari uchun ulami sitoplazmalari tiniq bo'ladi. Faollashgan hujayrani sitoplazmasi loyqalangan (tiniq emas) bo‘ladi, chunki ularda oqsillami tabiiy agregatsiyasining mahsulotlari to'plangan bo‘ladi (27-rasm). А В 27-rasm. Tinch turgan hujayra (A) optik tiniq sitoplazma saqlaydi, faollashgan hujayra (B) - loyqalangan (tiniqligi kam bo'lgan) sitoplazmasi bilan farq qiladi, chunki ularda agregatsiyaga uchragan oqsillar hosil bo ‘ladi (rasmda qora dumaloqlar bilan belgilangan). Ba’zi kasalliklarda (ko‘z kataraktasi, mollami qutirishi) hamda organizmni qarish jarayonida tabiiy bo‘lmagan oqsillar agregatsiyasi (patologik) kuzatiladi. Tabiiy agregatsiyadan farqli o‘laroq, ular qaytmas xarakterga ega bo‘ladi. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling