Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Oqsilli  nanobo‘lakchalar


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   186
Oqsilli 
nanobo‘lakchalar 
qanday 
qilib 
antibiotiklarni 
almashtirishlari mumkin? Birinchi navbatda, mikroorganizmlarda 
antibiotiklarga nisbatan chidamlilik xususiyati paydo bo‘lgan. Bu 
muammoni hammadan oldin Singapur biomuhandislik va nanobio- 
texnolog instituti olimlari yechishga kirishganlar. Ular kationli 
oqsillarga, ya’ni eritmada musbat zaryad hosil qiladigan oqsillarga 
diqqat-e’tibor bilan qaraganlar. Bu oqsillami molekulalari asosida, 
olimlar o‘z-o‘zidan yig‘iladigan nanobo'lakchalar yaratdilar (28-rasm).
28-rasm. Antimikrob xususiyatga ega bo ‘Igan oqsilli nanobo 'lakchalarni 
hosil bo 'lishi: xolesterol gidrofob yadro (1) hosil qiladi, eritmada musbat 
zaryadlanadigan oqsillar (2, 3, 4) ulami о ‘rab oladi. Kesmada (chapdagi 
past burchakda)
-
elektron mikrofotografiya keltirilgan bo ‘lib, и hosil 
bo ‘Igan nanobo ‘lakchalarni о ‘Ichamini baholab bera oladi (100 - 150 nm).
49


Bunday nanobo‘lakchalar antimikrob ta’sirga egalar va an’anaviy 
antibiotiklami o‘m ini bosa oladi. Bunda oqsilli nanobo'lakchalar 
ko‘plab mikroorganizmlarga birdaniga ta’sir qiladi va hatto zamonaviy 
antibiotiklarga nisbatan chidamlilik paydo bo‘lgan mikroorganizmlarga 
nisbatan ham faollikka ega.
Antimikrob oqsilli nanobo‘lakchaIarni ta’sir mexanizmlari 
qanday? Oqsilli nanobo‘lakchalar bakteriyalami hujayra qobig‘ini ko‘p 
joydan teshib tashlaydi va bunday mikroorganizmlar o ‘lib qoladi. Oqsilli 
nanobo‘lakchalar antibiotiklar oldida ikki ustuvorlikka ega:
-
hujayra va to ‘qima to'siqlardan bemalol o‘tadi;
-
ishlatilganda qo‘shimcha salbiy samara bermaydi.
Antimikrob xususiyatga ega bo‘lgan oqsil nanobo1 lakchalari tajriba
o'tkaziladigan hayvonlarda laboratoriya sinovlaridan muvaffaqiyatli 
o‘tkazilgan. Oqsil molekulalari asosida nanokonstruksiyalar yaratish 
bilan shug‘ullanadigan olimlami diqqatini ferritin o‘ziga tortgan. Bu 
oqsil temimi organizmda saqlanishini ta’minlaydi. Ferritin molekulasi 
12 nm ga teng bo‘Igan shar shaklida bo4 lib, 24 ta polipeptid 
subbirliklardan tashkil topgan (29-rasm). Shami ichida diametri 8 nm 
ga teng bo‘lgan bo‘shliq boiib, u temir oksogidroksidining (FeOOH) 
nanobo* lakchalari bilan to‘ldirilgan.
Kesimi
29-rasm. Ferritin oqsilini tuzilish sxemasi.
50


Ferritinni bitta molekulasi o‘zining bo‘shlig‘ida 4000 temir atomini 
saqlaydi. Kerak boMganida oqsilli qobig‘idagi teshikchalar orqali 
kattaligi 5 nm ga teng bo‘Igan temir oksogidrooksidi tashqariga chiqadi 
va qonga tushib, ular gemoglobin sinteziga sarflanadi. Ferritinni 
tuzilishini va xossalarini modellashtirib, olimlar sun’iy nanomateriallar 
yaratish bilan shug‘ullanmoqdalar. Sun’iy nanomateriallarda temir 
oksogidroksidining bo‘lakchalari g‘ovak matritsalar tarkibiga kiritiladi.
Yuqorida keltirilgan materiallardan ko'rinib turibdiki, oqsillar
ayniqsa, murakkab oqsillar nanobiotexnologiya sohasida eng keng 
tarqalgan obyektlardan biriga aylangan. 0 ‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: Eng 

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling