Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


-rasm. Intellektual mulkning tuzilmaviy tarkibi


Download 0.98 Mb.
bet56/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

13.1.1-rasm. Intellektual mulkning tuzilmaviy tarkibi.


Insonning ijodiy tafakkuri bu ob’ektlar doirasini tinmay kengaytirib bormoqda.
Intellektual mahsulot fuqarolik qonunlari bilan muhofaza etilishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi kerak:

  • haqiqatda ijod mahsuli bo‘lishi, ya’ni original (o‘ziga xos) bo‘lishi;

  • betakror bo‘lishi;

  • biron-bir ob’ektiv shaklda ifoda etilishi.

Intellektual faoliyat natijalarini yaratish, ulardan foyda­lanish, ularni tasarruf etish va huquqiy muhofaza qilishda vujudga keladigan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari, jumladan, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi (1994 yil 6 may), “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar baza­lari­ning huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi (1994 yil 6 may), "Mual-lif­lik va turdosh huquqlari to‘g‘risida"gi (2006 yil 20 iyul), “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiq­qan joy nomlari to‘g‘risida”gi (2001 yil 30 avgust) qonunlari ham­da Fuqarolik Kodeksi bilan tartibga solinadi.


13.2. Intellektual mulkni boshqarish

Mamlakatimizda ilmiy izlanishni tashkillashtirish va rivojlantirish borasidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olib boriladi.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi” Innovatsion rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda innovatsiya va innovatsion faoliyat sohasida huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy munosabatlarni samarali boshqarishga, ilmiy, ilmiy-texnik va boshqa innovatsion faoliyat natijalarini yaratish, o‘zlashtirish va ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Bu kabi qo‘mitalar Yevropa parlamentida, shuningdek Avstraliya, Irlandiya va Kanada parlamentlarida mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvining oliy organi sifatida, yurtimizda olib borila­yotgan ilmiy izlanish ishlarining umumiy rahbarligini olib bo­ra­di. Shuningdek u:

  • yurtimizda fan va texnika umumiy siyosatini ta’minlaydi;

  • axborotlar ishlab chiqarishni tashkillashtiradi;

  • ilmiy va ilmiy-texnikaviy muammolarning asosiy yo‘nalish­la­rini aniqlaydi;

  • ilmiy izlanish ishlarining samaradorligini oshirish uchun aniq qarorlar qabul qilib, ilmiy izlanish natijalarini milliy iqtisodiyotga tatbiq etishni tashkillashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatni innovatsion va ilmiy-texnik rivoj­lantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama ri-voj­lantirish, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. U o‘z faoliyatida:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘z­be­kiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qaro­lariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama­si­ning qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsi­on rivojlanish vazirligi to‘g‘risidagiNizom va boshqa qonun hujjat­lariga amal qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari bo‘yicha – bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysu­nadi:

  • innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy tad­qiqot va axborot-tahlil muassasalari hamda boshqa tashki­lot­lar­ning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

  • ilmiy tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalar tomonidan amal­ga oshiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari hamda loyi­halarining yagona buyurtmachisi hisoblanadi.

Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qaror­lari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuv­chi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi shart.
Vazirlikning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssena­riy-la­r­ini hisobga olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarning ustuvor hamda istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirish strategiyasini belgilash;

  • tez o‘zgaruvchan jahon kon’yunkturasini hisobga olgan holda iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha stra­te­gik va oldindan rejalashtirish;

  • aholi hayot darajasi va sifatini yaxshilash, uning farovon-li­gini oshirishni ta’minlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini har tomonlama tahlil qilish va prognoz qilish, shuningdek, mamlakat sotsial-iqtisodiy salohiyatining bar­qa­ror o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlay oladigan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy infra­tu­zil­masini shakllantirish;

  • qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivoj­lantirishga yo‘naltirilgan innovatsiyalarni joriy etish;

  • sotsial rivojlanishga, shu jumladan ta’lim va sog‘liqni saq­lash tizimiga innovatsiyalarni joriy etish;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish;

  • davlat ilmiy-texnik va innovatsion siyosatining ustuvor yo‘na­lishlarini belgilash hamda grant asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dastur­larini tasdiqlash;

  • mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssena­riy­la­ri­ni hisobga olgan holda nou-xaularni ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;

  • innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda norma­tiv-huquqiy bazani takomillashtirish.

Innovatsion rivojlanish vazirligi o‘ziga yuklatilgan vazifa­lar­ga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssena­riy­larini hisobga olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini rivoj­lantirish strategiyasini ishlab chiqadi;

  • tez o‘zgaruvchan jahon kon’yunkturasini hisobga olgan holda iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha stra­tegik va oldindan rejalashtirishni tashkil etadi;

  • aholi hayot darajasi va sifatini yaxshilash, uning faro-von-ligini oshirishni ta’minlash bo‘yicha davlat organlari va tashki­lot­lari faoliyatini har tomonlama tahlil qilish va prognoz qilish, shuningdek, mamlakat sotsial-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlay oladigan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy infra­tuzilmasini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi;

  • qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivoj­lantirishga qaratilgan innovatsiyalarni joriy etadi;

  • sotsial rivojlanishga, shu jumladan ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimiga innovatsiyalarni joriy etishga ko‘maklashadi;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etishni tashkil etadi;

  • davlat ilmiy-texnik va innovatsion siyosatining ustuvor yo‘na­lishlarini belgilash hamda grant asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarining amalga oshirilishini ta’minlaydi;

  • mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssena­riy-la-rini hisobga olgan holda nou-xaularni ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ishlab chiqadi;

  • innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda norma-tiv-huquqiy bazani takomillashtirish sohasida amaliy ishlar olib boradi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi qonun hujjatlariga muvo­fiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mamlakatda ilmiy va innovatsion faoliyatning rivoj­la-ni-shini faollashtirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning yanada keng integratsiyasini ta’minlash, yangi bilimlarni yaratish va qo‘llash, ilg‘or innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni ishlab chiqish va joriy etishda ilmiy-innovatsion salohiyatdan va ilmiy laboratoriya bazasidan samarali foydalanish bo‘yicha sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida ilg‘or texnologiyalar markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3674 sonli Qarori bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar Akademiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Yuqori texnologiyalar o‘quv-eksperimental markazi» Davlat korxonasi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga” aylantirildi.
Ushbu markazining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘na-lish-lari etib kuyidagilar belgilangan:

  • fundamental, amaliy ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish;

  • dunyo talablari va standartlari darajasida maqsadli ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajarish, ishlab chiqarish korxonalarida tadqiqot-sinov ishlarini bajarishga ko‘maklashish;

  • olimlar va tadqiqotchilarni hamkorlik qilishga jalb etish uchun zaruriy sharoitlarni yaratish, ilmiy hajmdor mahsulotlar va raqobatbardosh mahalliy innovatsion texnologiyalarni yaratish maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro integ­ratsiya­sini ta’minlash;

  • iqtisodiyot sohasida ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining yangi istiqbolli g‘oyalari va innovatsion ishlanmalarini shakl­lan­ti­rishga ko‘maklashish, uskunalar va infratuzilmadan hamkorlikda foydalanish asosida yuqori texnologik innovatsion ishlab chiqarishlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

  • akademik, oliy ta’lim va tarmoq fanlari bilan ham-kor­lik-ning samarali shakllarini rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy tad­qiqotlarini bajarish;

  • xalqaro darajada patentlash imkoniyatiga ega bo‘lgan ilmiy hajmdor va ilg‘or texnologiyalarni yaratish, yangi innovatsion mah-su­­lotlarning namunalarini maketlashtirish, modellashtirish, tayyor­lashda va ularni tekshirishda ishtirok etish;

  • yosh olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishning zamo­na­viy, dunyo amaliyotida ilg‘or bo‘lgan usul va texnologiyalarinio‘zlashtirishlari maqsadida ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • mahalliy va xorijiy ilmiy va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda, shu jumladan innovatsion faoliyatni tashkil etish va boshqarish, texnologiyalarning transferi va intellektual mulk ob’ektlarini kommersializatsiyalash masalalari yuzasidan ilmiy konferensiyalar, seminarlar, treninglar va mahorat dars­la­ri­ni tashkillashtirish;

  • ilmiy faoliyatni natijadorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishning yangi shakllarini ko‘llab-quv­vat­lash­ga qaratilgan yangi uslubiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish uchun informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining imko­niyatlaridan keng foydalanish;

  • xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik shakllarini rivoj­lan­ti­rishda ishtirok etish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni, shu jumladan xalqaro dasturlar va jamg‘armalarning grantlarini jalb etgan holda bajarish.

Yuqorida qayd etilgan barcha tashkiliy-amaliy ishlar O‘zbekis­tonda intellektual mulkning yaratilishi bo‘yicha qilingan muhim ishlar hisoblanib, uning ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling