Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Korxonalar eksport salohiyatini oishirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari


Download 0.98 Mb.
bet51/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

11.3.Korxonalar eksport salohiyatini oishirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari

Korxonalarning dunyo bozorlarida raqobatbardosh bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishi va uni jahon narxlarida sotish qobiliyati hisoblangan eksport salohiyati milliy iqtisodiyot uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Shu sababli ham respublikamizda mazkur masalaga alohida e’tibor berib kelinmoqda.


2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan­tirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiya­sida eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida eksport faoliyatini liberallashtirish va yengillashtirish, eksport tarkibi va geogra­fiyasini diversifikatsiyalash, iqtisodiyot tarmoqlari va hudud­larning eksport imkoniyatlarini kengaytirish hamda mobilligini ta’minlash respublikamiz korxonalari oldida tashqi bozorda mustahkam o‘rnashib olish kabi o‘ta muhim vazifani yuklaydi.
Ushbu vazifani hal etishda iqtisodiyot rivojini jadal­lashti­ruvchi omillardan biri bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlan­tirish o‘ta muhimdir. Ilg‘or uskunalar bilan jihozlan­gan zamonaviy korxonalarning barpo etilishi ishlab chiqarish sohasi­ning yangi tarmoqlarini o‘zlashtirish, tashqi bozorlarda raqobatdosh mahsulotlarni tayyorlashni ko‘paytirish, pirovardida eksport hajmini oshirishga xizmat qiladi.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar doirasi­da nafaqat import o‘rnini bosuvchi, balki eksportga yo‘naltirilgan tovarlar tayyorlash jarayoni uchun ham huquqiy, ham institutsional shart-shroitlar yaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 deka­br­dagi “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchay­tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, ekspor­tni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi yaratildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Eksportni rag‘batlantirish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, 205 nomdagi tovarlarni eksport qilishda transport xarajatlarining 50 foizini qoplab berish yo‘lga qo‘yildi. 
Korxonalarning eksport salohiyati, ular iqtisodiy salohiyatning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Eksport salohiyat–korxonalarning tashqi bozor uchun mahsulotlar ishlab chiqarishi va ularni keng miqyosda maqbul narxlarda sotish qobi­liya­tini ifodalaydi.
Korxonalarning eksport salohiyatining o‘sishi yangi bozorlarni egallab olishga, ishlab chiqarishning kengayishiga, yangi ish o‘rinlarining tashkil etilishiga olib keladi. Shuning­dek, eksport mahsulotlarini xorijiy valyutaga sotilishi eva­ziga milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan qiymati ijo­biy tomonga o‘zgaradi, qator mahsulotlarga jahon bozoridagi narxning yuqori bo‘lishi korxona daromadi hajmining ortishiga va ichki investitsiya manbasining ko‘payishiga imkoniyat yaratadi.
Bulardan tashqari, korxonalarning jahon bozoriga mahsu­lotlar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi sifatida kirib bori­shi, ularning sifat ko‘rsatkichlariga yuqori talablar qo‘yadi va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, rivojlantirishga bo‘l­gan intilishlarini kuchaytiradi, natijada miqdor va sifat o‘zga­rishlari parallel ravishda boradi, milliy ishlab chiqarish xusu­siyatlari ijobiy tomonga o‘zgaradi, ishlab chiqarish omil­larining sifati va samaradorligi ortadi.
O‘zbekistonning eksport imkoniyatlari ko‘p. Xususan, paxta tolasi va meva-sabzavotni qayta ishlab, eksportbop mahsulotlar chiqarish mamlakatimizning rivojlanish nuqtalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Respublikamiz korxonalarida paxta tolasi va meva-sabzavotdan tayyorlangan mahsulotlar butun dunyoda qadrlanadi. Bu tayyor “brend” eksport uchun katta imkoniyatdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 iyul kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mazkur imkoniyatdan samarali foydalanish, agrar sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan. 
Ushbu qarorga ko‘ra, 2019-2021 yillarda umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar bo‘lgan 45 ta agrologistika kompleksi, qayta ishlash bo‘yicha 205 ta yangi quvvat, 36 ming gektar intensiv bog‘ tashkil etish rejalashtirilgan.
Iqtisodiyotning globallashuvi davrida korxonalarning eks­port salohiyati rivojlanishi iste’molchining istak va xohi­shini o‘z vaqtida ilg‘ab olish hamda uni tezda qondirishga qara­til­gan taqdirdagina amalga oshadi. Buning uchun korxona­ning faoliyatini strategik rejalashtirish, uning yaqin va uzoq kela­jakdagi maqsadlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Korxonalarning tashqi bozorda samarali faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan ularning samarali marketing faoliyatiga bog‘liq. Mar­keting faoliyati orqali korxonalarda innovatsion salohiyat bilan bog‘liq munosabatlarning jadallashuvi yuz beradi. Shuning uchun ham korxonalar eksport strategiyasini shakllantirishda, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlashda iste’­molchilar bilan kommunikatsiyalarni amalga oshiruvchi samarali innovatsion marketing texnologiyalarining o‘rni alohida ahamiyatga molik.
“Innovatsion marketing texnologiyalarining o‘ziga xos xusu­siyati shundaki, ular jismoniy jihatdan mavjud mahsulot bilan emas, balki uning ishlab chiqilayotgan konsepsiyasi bilan ishlay­dilar. Bu esa an’anaviy marketingdan farqli ravishda, marketing tadqi­qot­lari o‘tkazishda katta qiyinchiliklarni yuzaga keltir­adi”63.
Amaliyotda bir necha turdagi innovatsion marketing texno­logiyalaridan foydalaniladi. Ularning asosiylari quyida­gilar:

  • axborot- marketing texnologiyalari;

  • SRM;

  • tarmoqli marketing texnologiyasi;

  • brend texnologiyasi;

  • kross marketing texnologiyasi;

  • mobil marketing texnologiyalari va boshqalar.

Axborot marketing texnologiyalari– bu eng yangi axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda mahsulotni ilgari surish orqali sotuvni oshirish va yaxshilash borasida biznes yuritish bo‘yicha qator texnikalardir.
Korxonalarning samarali faoliyatini ta’minlaydigan axborot tizimlari SRM sinfiga oid tizimlar hisoblanadi. Supplier relationship management (inglizcha) –korxonalarning mol yetkazib beruvchilar bilan birgalashib harakat qilishini bosh­qarish tizimidir.
Ushbu tizimlar uzoq muddatga mo‘ljallangan mol yetkazib beruvchilarning keng bazasini yaratishga yo‘naltiriladi. Bunday tizimlar XX asrning 90 yillari o‘rtalarida vujudga kelgan bo‘lib, hozirgi paytda rivojlanish bosqichida turibdi.
SRM – bu mavjud va potensial mol yetkazib beruvchilar haqida barcha axborot manbalarini integratsiya qilish va ulardan maksimal darajada foydalanish imkoniyatidir. SRM texno­logiya­lari axborot to‘plash, qayta ishlash va ulardan samarali foyda­la­nish imkoniyatlarini belgilab beradi.
SRM, nafaqat mol yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro munosa­bat-larni boshqarish funksiyalaridan iborat bo‘lgan axborot tizimlarini, balki mol yetkazib beruvchilarga yo‘naltirilgan stra­te­giyaning o‘zini ham belgilash imkonini tug‘diradi.
SRM texnologiyasi (mol yetkazib beruvchilar bilan mustahkam va ishonchli aloqalar o‘rnatish uchun) mol yetkazib berish, sotuv, marketing tadbirlariga javoblar, bozor tendensiyalari haqida turli axborot manbalarini birlashtiradi.
Tarmoq marketingi –bu korxona (firma, kompaniya)larning mustaqil vakillari yoki distribyutorlar tomonidan mahsulot yoki xizmatlar haqida axborotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarqatish bilan bog‘liq faoliyatidir. Uning asosiy vazifasi maksimal sondagi odamlarni axborot bilan qamrab olish hisoblanadi.
Tarmoq marketingining eng zamonaviyi – MLM (Multi-Level Marketing), ya’ni “Ko‘p tarmoqli marketing” hisoblanadi. Bunda mahsulot yoki xizmatni tarqatishga juda ko‘p odam jalb qilinadi. Hozirda, bu turdagi marketing sohasida faoliyat yurita­di­gan juda ko‘p korxona (firma, kompaniya)lar mavjud. Ular tar-moq marketingi tizimi yordamida mahsulot (xizmat)larni tarqa­tisha­dilar64.
Tarmoq marketingi uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi o‘rtasida ulgurji savdo firmalari yo‘qligi xarak­ter-li­dir. Bunda mahsulotlarning butun harakati davomida yangi ustama narxlar yuzaga kelmaydi. Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona sotuv hajmini oshirganlik uchun qo‘shimcha chegirmalar taqdim etgan holda tarmoqning o‘sishini rag‘batlantiradi.
Tarmoq marketingida, odatda, ommaviy axborot vositalarida reklama targ‘ibotlari o‘tkazilmaydi – tovarni xaridorga sotuv-chi-ning o‘zi taqdim etadi va tovarning xususiyatlari haqida ma’­lu-mot beradi hamda uning afzalliklarini namoyish qiladi.
“Brend – neoinstitutsional iqtisodiyot tushunchasi bo‘lib, bu yerda asosiy toifa iste’molchining ishonchi hisoblanadi. Brend toifasi institutsional iqtisodiyotning rivojlanishi, bozorning yangi ehtiyoj va talablari paydo bo‘lishining mantiqiy natijasi sifatida shakllanadi. Fundamental marketing qonunlariga asos­la­nib, “brend” yangi toifasining rivojlanishi xaridorlarning eh­ti­yoj­larini to‘laroq qondirish mexanizmini shakllantirishni rivojlantirgan va davom ettirgan holda savdo markasi tushun­cha­si­ni uyg‘unlikda qamrab oladi”65.
Brendlash –korxona obrazining vizual va mazmuniy bir­li­gi­ga rioya qilish texnologiyasidir. Uning elementlari quyidagilar hisob­lanadi: mahsulot nomi, logotipi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsa­tish belgisi, firma nomi, firma ranglari, korxona xodimlarning maxsus kiyimlari ranglari va uslubi, shuningdek, korxonaga tegishli bo‘lgan boshqa intellektual mulk ob’ektlari.
Brendlash orqali, ya’ni poligrafiya usullari, shelkografiya, gul tikib bezash, bosma naqsh usullari, reklama, jumladan, ommaviy axborot vositalaridagi reklama yordamida tovarlarni bozorga ilgari surish amalga oshiriladi.
Brending – bu xaridor ongida tovar obrazini yaratish, tovar belgisi obrazining nufuzi, sifati, mashhurligi va jalb etuv­chan-ligini qo‘llab-quvvatlash,belgilangan tovar markasiga nisbatan uzoq muddatli xaridorlar afzal ko‘rishini shakllantirishdir.
Brending – bu uzoq davr davomida savdo markasi yoki markasiz mahsulotning uni yakuniy iste’molchi uchun yanada jalb etuvchan qiladigan qo‘shilgan qiymati, emotsional yoki oqilona “belgisini” yaratish orqali brend imidjini shakllantirish jarayonidir66.
Kross-marketing – bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalish bo‘yicha iste’molchilarni jalb qilishga imkon beradigan texnologiya eng katta foyda keltiradigan texnologiya hisoblanadi.
Uning mohiyati: ikki yoki undan ko‘proq korxonalarning o‘z mahsulotlarini ilgari surish uchun birgalikda aksiya tashkil etishlarida. Bunda reklama qilinadigan tovar yoki xizmatlar bir-biriga yo‘ldosh bo‘ladi va go‘yoki bir-birini to‘ldirib turadi. Kross-marketing turli tovarlar va xizmatlarni ilgari surishda faol qo‘llanadi.
Mobil marketing – ularni amalga oshirishda uyali aloqa (mobil) telefoni, smartfon yoki cho‘ntak portativ kompyuteri (KPK) foydalaniladigan kommunikatsiyalar interaktiv marketing vositasi67.
Mobil marketingning asosiy afzalliklari – reklama kompaniyasiga boshqa vositalarni integratsiya qilish hisobiga reklama imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
Korxonalar eksportini rivojlantirish strategiyasi ichki bozordagi chegaralangan imkoniyatlarni emas, balki taklif hajmini tashqi omillar hisobiga kengaytirish imkoniyatini yaratadi. Bu esa milliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyati davomida korxonalar tashqi bozorda jiddiy raqobatga duch keladi. Bu esa, tabiiyki, korxona­larni doimo ishlab chiqarishni zamon talablariga moslash­ti­rish, yangi texnologiya va innovatsiyalardan foydalanish, mah­su­­l­ot assor­timentini yangilab turish va tannarxni pasaytirishga un­­­day­di.
Bugungi kunda korxonalarning eksportni rivojlantirishga qaratilgan strategiyasi − uzoq muddatli raqobatdosh mahsu­lot­lar ishlab chiqarishni shakllantirishning muhim shartiga, milliy ishlab chiqaruvchilarning eksport faoliyatini innovatsion jarayoni sifatida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash va aholining real daromadlarini keskin oshirishga, mamlakat to‘lov balansini mustahkamlanishiga, shuningdek, sarf-xara­jat­lar­ni qoplashning asosiy manbaiga aylanishi kerak.
Xulosa shuki, korxonalar faoliyatida innovatsion marketing texnologiyalari usullaridan samarali foydalanish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yangi raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni va xizmatlar ko‘rsatishni o‘zlash­ti­rish, ushbu mahsulotlar va xizmatlar bilan nafaqat ichki bozorga, balki jahon tovar va xizmatlar bozoriga kirib borish, umuman korxona iqtisodiyotini yuksaltirishga hamda samarali faoliyat yuritishiga muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling