Q. X. Mah kamov, M. Abduvohidov tribotexnikadan amaliy mashgulotlar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/121
Sana14.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1771972
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   121
Bog'liq
Tribotexnikadan amaliy mashg\'ulotlar. Ahmedxo\'jaev X

6
ga o ‘matiladi. Tutgich

yassi prujina 7 yordamida podshipnik 9 da aylanuvchi shesternya 
8
bilan birlashtirilgan. Yassi prujina 7 ga tepadagi namunani aylan- 
tirishga sarf bo‘ladigan kuchni o'lchovchi tenzodatchik yopishtiriladi. 
Namunalarni bir-biriga bosuvchi normal yuklama richagli, gidravlik 
tizimlar yoki dinomometr vositasida hosil qilinadi.
4.5.1. ISHQALANISH SIRTLARINI TEKSHIRISH 
USULLARI
Ishqalanish sirtining holatini va yuza qatlamlar tuzilishini tekshi- 
rish uchun turli fizik usullar qo'llaniladi.
Optik metallograflash 100—2000 karra kattalashtiruvchi optik 
mikroskop bilan bajariladi. Bunda sirt qatlamining fazaviy va tuzilish 
tarkibi hamda ulaming miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Ushbu 
usulni sirtdagi buzilishlar, timalish, korroziya o'choqlari, charchash- 
dan yeyilish yuzalarini aniqlash uchun ham qo'llash mumkin.
Mikroqattiqlikni o ‘lchash optik metallograflashga qo'shimcha 
tarzda faza va alohida joylashtirishning pishiqlik darajasini aniqlash 
uchun o'tkaziladi.
Rentgen tuzilishli tekshirishda qotishmaning fazoviy tarkibi, 
metall va kristaU panjaralar tuzilishi, kristallarning joylashishini sirtda 
mexanik, termik va ishqalanish jarayonida ro‘y beradigan o ‘zgarishlar 
aniqlanadi.
Elektron mikroskoplash 100000 va undan ham yuqori marta kat- 
talashtirish imkonini bergani uchun materialni atomlarigacha bo‘lgan 
tuzilishi aniqlanadi. Yuza qatlamining buzilish jarayoni va tabiatini 
o'rganish imkonini beradi.
Rentgenospektral tekshirishda materialdagi kimyoviy element- 
larning taqsimlanishi o ‘rganiladi.


Uzluksiz rentgenograflash rentgen tuzilishli tekshirishning bir 
ko‘rinishi bo‘lib, sirtlami bevosita ishqalanish jarayonidagi holatini 
aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Mass-spektorometriya usulida ajralib chiqayotgan gaz tekshirilib 
friksion tutashmadagi jarayonlar aniqlanadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling