Q. X. Mah kamov, M. Abduvohidov tribotexnikadan amaliy mashgulotlar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/121
Sana14.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1771972
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   121
Bog'liq
Tribotexnikadan amaliy mashg\'ulotlar. Ahmedxo\'jaev X

= 8
mPa, cho'yan bilan R
= 6
mPa, toblanmagan po‘lat 
babbit bilan R
= 6
mPa, bronza bilan R=5 mPa, Pv bo'yicha 
tekshirish tezlik va harakat yuqori bo'lganda amalga oshiriladi.
Vtulka diametri 60,4 mm, moy qovushqoqligi 3,68VU, sarfi 
51—soat, tashqi muhit harorat 28°C bo'lganidagi tajriba natijalari 
ko‘rsatilgan.


4.4. FRIKSION MATERIALLAR VA ULARNI 
TANLASH
Friksion qurilmalar harakatdagi massaning kinematik energiyasini 
issiqlik energiyasiga aylanishi hisobiga ishlaydi. Y a’ni qurilma (tor­
moz, mufta, tishsiz uzatma) ishlashi uchun uning yetaklovchi va 
yetaklanuvchi qismlari orasida ishqalanish kuchi hosil qilinishi kerak. 
Hosil qilinadigan ishqalanish kuchi tormozlarda harakatni to ‘xtatish, 
mufta va uzatmalarda esa harakat uzatmalarda esa harakatni uzatish 
uchun xizmat qiladi, har ikki holda ham bosim ostida o'zgaruvchan. 
Friksion material bosim, ishqalanish kuchi va issiqlik ta ’sirida ishlay­
di. Shuning uchun friksion materiallarning ishqalanish sirti mikro- 
relefi, fazaviy tarkibi, ishqalanish koeffitsiyenti o ‘zgarib turadi. Quril­
ma ishonchli ishlashi uchun friksion material katta va ustuvor ishqa­
lanish koeffitsiyentli, ezilishga, yeyilishga, issiqlik va kimyoviy ta ’sir- 
larga chidamli hamda yopishib qolmaydigan bo‘lishi kerak.
Friksion materiallar metall va nometall turlaiga bo‘linadi. Metall 
friksion materiallarga konstruksion (сталь 10, сталь 45), Olegirlangan 
(30 XGSA), (65 T), zanglamaydigan (12X 18 NAT) po'latlar, kul- 
rang cho‘yanlar, bronzalar (BrAJMs 10—3—1,5), pishirilgan friksion 
materiallar (temir, mis va alumin asosli), xrom metall, berilliy, molib- 
denlar kiradi.
Nometall friksion materiallarga asosan asbofriksion formalash 
materialli (kauchukli smolali, aralash bog‘lovchili), asbofriksion elas­
tik material, karton-tekstolit material, karton-bakelitli material, to ‘qi- 
ma bakelitli material, uglegrafit, tabiiy polimerlar (charm, yoq‘och) 
kiradi.
Friksion materialni tanlash asosan to ‘rtta bosqichdan iborat. 
Dastlab friksion qismni ishlash sharoitlarini va unga qo'yiladigan 
tnlablami tahlil qilinib unda quyidagilar aniqlanadi:
• ulanadigan boshlang‘ich va oxirgi tezlik:
• friksion qismga ta ’sir etuvchi kuchlar:
• taxminiy nisbiy yuklama va ishqalanish koeffitsiyentining 
o'rtacha qiymati:



ishqalanish koeffitsiyentining barqarorligi:
• sirpanishning davomiyligi:
• friksion juftlik elementlardagi hajmiy harorat:
• friksion juftlik elementlarning o ‘rtacha harorati:
• ishqalanish sirtdagi o ‘rtacha harorat:
• bir soatdagi ulashlar soni:
• yuritmaning yetaklovchi va yetaklanuvchi qismlari maxovoy 
massalari inersiyasining momenti:
• 
issiqlik o ‘tkazish koeffitsiyenti:
• ishqalanish quwatining o ‘rtacha qiymati va uning o ‘zgarish 
qonuni.
Friksion qismdan foydalanish sharoitlari tahlil qilinib unga qo‘yi- 
ladigan talablar o ‘rganilgach qismni loyihalashga kirishiladi. Qismni 
loyihalash friksion materialni xomaki tanlash, qismning ishchanligini 
hisobiy-konstruktiv baholash va materialni yakuniy tanlashdan iborat.
Birinchi bosqichda m a’lumotnomalardan ishqalanish juftligining 
materiallari tanlanadi. Bunda yeyilishga chidamlilik, friksion toliqish 
ishqalanish koeffitsiyenti va yeyilish sur’ati va ularni haroratga bog‘- 
liqligi inobatga olinadi.
Ikkinchi bosqichda friksion qurilmaning konstruksiyasi, friksion 
juftlikni o ‘zaro qoplanish koeffitsiyenti va o'lcham lari, sovitish usuli 
tanlanadi. Ishqalanish jarayonning issiqlik dinamik tenglamasi tuzilib 
yechiladi va ishqalanish kuchi tezligi va issiqligini vaqt b o ‘yicha 
o'zgarishi aniqlanadi. Hisob natijalariga ko‘ra qism konstruksiyasiga 
tegishli o ‘zgarishlar kiritiladi.
U chinchi bosqichda hajmi tanlangan material dasilab standart 
sinov mashinalarida, keyin laboratoriya stendlarida so‘ng loyihalan- 
gan friksion qism natijasida va nihoyat sanoat sharoitida sinalib 
ko'riladi va tegishli xulosalar qilinadi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling