Q. X. Mah kamov, M. Abduvohidov tribotexnikadan amaliy mashgulotlar


I S H Q A L A N I S H Q I S M I N I L O Y IH A L A S H D A


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/121
Sana14.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1771972
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   121
Bog'liq
Tribotexnikadan amaliy mashg\'ulotlar. Ahmedxo\'jaev X

4.2. I S H Q A L A N I S H Q I S M I N I L O Y IH A L A S H D A  
M A T E R IA L T A N L A S H
Materialni tanlash qismning konstruksiyasi va vazifasi, qismni 
ishlab chiqarish texnologiyasi, mustahkamligi, ishlash muddati va 
puxtaligi, tannarxi kabi omillarga bog‘ liq murakkab masaladir. Bunga 
ichki yonuv motorining porshen halqalari va silindrlariga material 
tanlashni misol keltirish mumkin. Kema motorlarida tezlik va issiqlik 
past b o‘ lib halqalar va siUndr perlitli kulrang cho‘yandan tayyor- 
lanadi. Issiqligi yuqori avtomobil motorlarida esa ular korrozion 
yeyilishga chidamli legirlangan cho‘yanlardan tayyorlanishi kerak. 
Yupqa devorli aviatsion motor silindri mustahkamligi yuqori b o‘ lgan 
azotlanuvchi po'latlardan, 300—400°C haroratda elastikligi va qattiq- 
ligini saqlashi lozim b o‘ lgan halqalar xrom, titan va volfram bilan 
legirlangan issiqlikka bardoshli X T V cho'yanlaridan tayyorlanadi.
Tirsakli vallarga kelsak vallar cho‘yandan quyilganda po'latdan 
bolg‘alanganiga nisbatan mehnat, metall tejaladi, konstmksiyani 
fakomillashtirish imkoniyatlari boiadi. Yuqori sifatli cho‘ yandan 
qo'yilgan vallar tannarxi bo‘yicha nisbatan bolg‘ alanuvchan cho'yanli 
val 2,5-3,0 uglerodli po‘ lat val 2,5 legirlangan uglerodli po‘ lat val
2,5, grafitlantirilgan p o‘ lat val 3,0—3,3 marta qimmat turadi.
Ba’zan detal puxtaligini uning yeyilishga chidamliiigini kamayishi 
hisobiga oshirishga to ‘gri kelishi mumkin. Masalan, plunjerli motor- 
larda toblangan po'lat — toblangan p o ‘lat juftligi qo'llaniladi. Holbu- 
ki, bunday juftlik kurakli nasos rotor kuragiga qo'llanilsa ular uyilish- 
dan tezda ishdan chiqadi. Umuman olganda, ishqalanish materialini 
tanlashda, qism qanday moy bilan qanday usulda moylanishini, ish


sharioitini, ishlayotganda sirt strukturasida tashqi va ichki omillar 
ta’ sirida bo'ladigan o ‘zgarishlarni ham inobatga olish kerak b o ‘ ladi.
Tribotexnikada ishqalanish juftligi materialini tanlash usuli va 
tamoyillarini ishlab chiqish bo'yicha katta tajriba to ‘plangan.
Material tanlash tartibi quyidagicha, dastlab ishlatish sharoiti 
tahlil qilinadi, geometrik va konstruktiv, qismdan foydalanish, iqtiso- 
diy va texnologik talablar o ‘ rganiladi. So‘ ngra material turi xomaki 
tanlanadi. Bunda bir qator materiallar (qora metallar, babbit, bronza, 
polimerlar va hokozo) ish sharoitiga moslik jihatdan taqqoslanadi. 
Xomaki tanlangan 2-3 xil material asosida ishqalanish qismining 
loyihalash va ishonchlilik mezonlari bo'yicha tekshirish hisoblari 
bajariladi. Hisoblash-loyihalash natijasida qoniqarli deb topilgan 
materiallar tajribada sinab ko‘ riladi. Dastlab laboratoriya sharoitida 
model va haqiqiy namunalar, so‘ ng ishlab chiqarish sharoitidagi 
sinovlar amalga oshiriladi. Material tanlashda bu borada to ‘plangan 
tajribalami, tavsiyalami oldin o ‘ rganib chiqish kerak. Jumladan, 
quyidagi qoidalarga amal qilish lozim.
1. Qattiq materialni ish davomida ishqalanish yuzasida hosil b o‘ - 
ladigan temperaturadan past temperaturada rekristallashadigan yum- 
shoq material bilan birga qo'llash.
2. Kichik va o ‘ rta tezliklarda detallarni yuqori aniqlikda tayyor- 
lash va o'matish, sifatli moylash, iloji b o‘lganda ishqalanuvchi juft- 
likni ikkalasini ham qattiq (toblangan, xromlangan, toblangan p o‘lat- 
lar) materialdan tayyorlash.
3. Juftlikning ikkalasini ham yumshoq materialdan ayniqsa, ular 
bir xil materialdan bo‘ lsa olish mumkin emas (toblanmagan p o‘lat, 
aluminli qotishma, xrom, nikel, plastmassa). Bunday juftliklar yeyi­
lishga chidamsiz va ishda puxta emas. Yuklanish ozgina oshsa juftlik­
da yopishish sodir bo‘ lib, sirtlarda o'yiqlar hosil b o‘ ladi.
4. Y o q ‘ lash qiyin konstruksiyalarda g ‘ ovakli, kukunli materiallar 
va antifriksion qotishmalami q o ‘ llash kerak.
5. Friksion va antifriksion material sifatida plastik massalardan 
foydalanilsa ishqalanish qismini puxtaligi va ishlash muddati oshadi,


konstruksiya massasi va rangli metall sarfi ozayadi, mashinaning 
akustikasi yaxshilanadi.
6
. Materialni imkoni bo‘lganda «saylanma o ‘tish» rejimi hosil 
boiadigan qilib tanlash kerak,
7. P o‘lat detallarini tayyorlash yakunida uning ishqalanuvchi 
yuzasiga finishli antifriksion abrazivsiz ishlov (FAASH) berish lozim.
4.3. ANTIFRIKSION MATERIALLAR VA ULARNI 
TANLASH
Texnikada ko‘p qo‘llaniladigan antifriksion materillarining tasnifi 
4.1-rasmda berilgan. Babbitlar qattiqligi (NV-32) va erish harorati 
(300—400°C) past bo‘lsada, yaxshi xo‘rdalanadigan, po‘lat bilan 
ishqalanish koeffitsiyenti kichik va chegaraviy moy pardasini yaxshi 
ushlab turuvchi materiallar bo‘lgani uchun nisbiy bosim 10—15 т П а
va tutash sirtdagi harorat 100-200°Cdan oshmaydigan sirpanma 
podshipnikdagi po‘lat yoki cho‘yan taglikka 1—3 mm qalinlikda 
qo‘yib ishlatiladi.
Ishlatiladigan babbitlar strukturasi bir jinsli, xo‘rdalanish yaxshi 
o ‘tishi uchun qattiqligi NV 15—30, toliqishdan shikastlanishga qarshi- 
iigi katta, po ‘lat tanglikka mustahkam birikishi kabi talablarni qon- 
dirishi kerak.
Siф anm a podshipnik sifatida mis asosidagi bronza va qisman 
iatunlar ham ishlatiladi. Bronza va latunlar podshipniklarda mono- 
metall sifatida yoki p o ‘lat tangUk ustiga qatlam tarzida qoplanib 
tayyorlanishi mumkin.
Bronzalar p o ‘lat, ayniqsa, toblangan p o ‘lat materiallar bilan ish- 
qalanganda yaxshi antifriksion ko‘rsatkichlarga ega. Bronzalar babbit- 
larga nisbatan yuqori haroratlarga chiday oladi, lekin plastikligi past 
va xo‘rdalanishi yomonroq bo‘lganligi uchun, ishqalanish qismini 
tayyorlash va yig‘ish ishlari aniq bajarilishi, val bo‘yinlari yuqori qat- 
tiqlikka ega bo‘lishi kerak.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling