Qaraqalpaqstan Respublikası


Download 239.65 Kb.
bet7/13
Sana17.06.2023
Hajmi239.65 Kb.
#1526175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
malumot

Terroristik aktlari
2008-yil 14-yanvar kuni „Tolibon“ kuchlari Kobuldagi mehmonxonaga hujum uyushtirdilar, oqibatda 6 kishi halok boʻldi.
2009-yil 8-oktabrda xudkush terrorchi Kobuldagi Hindiston elchixonasi oldida minalangan mashinani portlatdi. 17 lishi (2 politsiyachi va 15 nafar tinch aholi) vafot etdi, 80 nafardan ortiq odam jarohat oldi. „Tolibon“ vakillari terakt uchun javobgarlikni oʻz boʻyinlariga oldilar.
2009-yil 28-oktabrda xudkush terrorchi Karachi shahri markaziy koʻchasida oʻzini portlatib yubordi. U paytda bu yerda koʻpsonli musulmon shialarning Ashuro marosimi oʻtayotgan edi. Terakt oqibatida 43 kishi halok boʻldi, 60 dan ortiq odam jarohat oldi. Terakt uchun javobgarlikni „Tolibon“ harakati oʻz boʻyniga oldi.
2010-yil 6-avgust kuni Afgʻonistonning Badaxshon viloyatida toliblar International Assistance Mission xalqaro hayriya tashkilotining afgʻonistonliklarga tibbiy yordam koʻrsatayotgan 10 nafar qurolsiz ishchisini oʻldirishdi. Oʻldirilganlar orasida 6 nafar amerikalik, 1 nafar britaniyalik ayol, 1 nafar germaniyalik ayol va 2 nafar afgʻonistonliklar bor edi.
2010-yil 3-sentabrda falastinliklarni qoʻllab-quvvatlash xalqaro kuni munosabati bilan Pokistonning Kvetta shahrida oʻtkazilgan mitingda portlash uyushtirildi. Oqibatda 54 kishi halok boʻldi, 197 kishi jarohatlandi. Terakt uchun javobgarlikni pokistonlik toliblar oʻz zimmasiga oldi.
2010-yil 5-noyabrda Pokistonning Darra Adam Khel shahrida juma namozi paytida xudkush terrorchi masjid ichida oʻzini portlatib yubordi. 50 nafarga yaqin odam vafot etdi, 100 nafardan ortiq odam jarohat oldi. Terakt uchun javobgarlikni pokistonlik toliblar bilan bogʻliq jangari guruh oʻz zimmasiga oldi.
2010-yil 11-noyabrda Karachi shahridagi politsiya binosi oldida minalangan yuk mashinasi portlab ketdi. 20 ga yaqin kishi vafot etdi, 100 dan ortiq kishi jarohat oldi. Terakt uchun javobgarlikni pokistonlik toliblar oʻz zimmasiga oldi.
2011-yil 9-mart kuni Pokistonning Peshovar shahri yaqinida „Tolibon“ bilan kurashib kelgan faolning turmush oʻrtogʻini dafn etish marosimi oʻtkazilayotgan payt xudkush terrorchi oʻzini portlatib yubordi. 40 ga yaqin kishi halok boʻldi, 60 dan ortiq kishi jarohatlandi. Terakt uchun javobgarlikni pokistonlik toliblar oʻz zimmasiga oldi.
2011-yil 3-aprelda Pokistonning Dera Ghazi Khan shahridagi diniy majmuada diniy bayram boʻlayotgan paytda 2 nafar xudkush terrorchi oʻzlarini portlatib yubordilar. Taxminan 41 kishi vafot etdi, 100 dan ortiq odam jarohat oldi. Terakt uchun javobgarlikni pokistonlik toliblar oʻz zimmasiga oldi.
2011-yil 31-oktabr kuni Afgʻonistonning Qandahor shahrida uyushtirilgan portlash oqibatida 3 nafar BMT ishchisi, mahallik politsiya boshligʻi va yana bir necha kishi vafot etdi. Terakt uchun javobgarlikni „Tolibon“ harakati oʻz zimmasiga oldi.
2012-yil 4-sentabrda Afgʻonistonning Nangarhor viloyatida kechayotgan dafn marosimida xudkush terrorchi oʻzini portlatib yubordi, terakt oqibatida 20 kishi halok boʻldi, 50 dan ortiq odam jarohatlandi. Teraktning barcha qurbonlari mahalliy tinch aholi vakillari edi. Terakt uchun javobgarlikni „Tolibon“ harakati oʻz zimmasiga oldi
2014-yil 17-yanvar kuni Kobuldagi livan oshxonasi oldida xudkush terrorchi oʻzini portlatib yubordi. Oqibatda 21 kishi halok boʻldi. Terakt uchun javobgarlikni „Tolibon“ harakati vakillari oʻz zimmasiga oldi.
2018-yil 20-yanvar kuni jangarilar Kobuldagi „Interkontinental“ mehmonxonasiga qurolli hujum uyushtirdilar. Hujum oqibatida 43 nafarga yaqin odam halok boʻldi. Hujum uchun javobgarlikni „Tolibon“ harakati oʻz zimmasiga oldi.
Yosh bolalar ham „Tolibon“ harakatining qurboniga aylangan holatlar maʼlum. 2007-yil Paktika viloyatida toliblar ingliz tilini oʻrgangani uchun bir maktab oʻquvchisini otib oʻldirishgan[67]. 2010-yil toliblar Helmand viloyatida 7 yoshli bolani josuslikda ayblab qatl etdilar[68]. 2011-yil politsiyada ishlovchi kishi ular tarafiga oʻtmagani uchun toliblar uning 8 yoshli bolasini osib oʻldirdilar[69].

Download 239.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling