Qaraqalpaqstan Respublikası


-yil 15-avgust Kobulni egallash


Download 239.65 Kb.
bet9/13
Sana17.06.2023
Hajmi239.65 Kb.
#1526175
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
malumot

2021-yil 15-avgust Kobulni egallash
Asosiy maqola: Kobulning qulashi (2021)
15-avgust kuni „Tolibon“ harakati Afgʻoniston poytaxti Kobul shahriga hujum boshladi. Kobulga kirish hududida Afgʻoniston harbiylari va „Tolibon“ kuchlari oʻrtasida kuchli toʻqnashuv boshlandi. Shuningdek, shahardagi Puli Charxiy qamoqxonasidan mahbuslar ozod qilindi. Afgʻoniston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati „Tolibon“ harakati Afgʻoniston poytaxtiga hujum boshlaganini ommaviy axborot vositalariga eʼlon qildi. „Tolibon“ poytaxt gʻarbidagi Kobul universitetini ham oʻz nazoratiga oldi va Kobul tumanlaridan birida oʻz bayrogʻini oʻrnatdi. Qatardagi „Tolibon“ yetakchisi Afgʻonistondagi toliblardan Kobulda zoʻravonlik qilishdan tiyilishni, mamlakatni tark etishga qaror qilgan har bir kishiga xavfsiz oʻtishni taʼminlashni va ayollarni qoʻriqlanadigan hududlarga borishlarini soʻragan.
Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani yaqin orada oʻz isteʼfosi haqida eʼlon qilishi haqida xabarlar tarqaldi. Gʻanining lavozimni tark etishining asosiy sababi Afgʻonistondagi vaziyat ekani taʼkidlandi va prezident „Tolibon“ harakatiga taklif qilmoqchi boʻlgan sulh rejasi doirasida ketish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani aytildi[139]. „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning beshinchi yirik shahri hisoblangan Jalolobodni egallab oldi. Nangarhor viloyatidan deputat Abrarulla Murodning maʼlum qilishicha, shahar oqsoqollar buyrugʻi bilan „Tolibon“ga taslim boʻlgan.
15-avgust kechga yaqin „Tolibon“ Kobul boʻyicha bayonot berib, shaharga bostirib kirmasligi, kuch ishlatilmasligi, aksincha hokimiyat tinch yoʻl bilan oʻzgarishini maʼlum qildi. Hokimiyatning „Tolibon“ga oʻtish jarayonini taʼminlash uchun muzokaralar olib borildi.
Gʻani mamlakatdan ketganidan soʻng „Tolibon“ harakati butun Afgʻoniston hududini nazorat qilayotganini eʼlon qildi. „Tolibon“ oʻz bayonotida mamlakat poytaxtida hech qanday jangovar harakatlar yoʻqligi, harakat butun Afgʻoniston ustidan nazorat oʻrnatganini aytdi.

Turkimenstan

Download 239.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling