Qaraqalpaqstan Respublikası


Download 239.65 Kb.
bet6/13
Sana17.06.2023
Hajmi239.65 Kb.
#1526175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
malumot

Ichki siyosatlar
2021-yil 7-sentabrda „Tolibon“ harakati Afgʻoniston muvaqqat hukumatining yangi tarkibini eʼlon qildi. Unga koʻra:
Bosh vazir v. b. — Hasan Oxund („Tolibon“ boshqaruv kengashi raisi, 1996—2001-yillarda Tashqi ishlar vaziri boʻlgan);
Bosh vazir oʻrinbosari v. b. — mulla Abdul Gʻani Barodar („Tolibon“ harakati siyosiy ofisi boshligʻi);
Bosh vazirning ikkinchi oʻrinbosari v. b. — Abdul Salom Hanafiy (siyosiy ofis boshligʻi oʻrinbosari);
Mudofaa vaziri v. b. — Muhammad Yoqub (toliblar yoʻlboshchisi oʻrinbosari);
Ichki ishlar vaziri v. b. — Sirojiddin Haqqoniy;
Istihborat vaziri v. b. — Abdulhaq Vosiq;
Tashqi ishlar vaziri v. b. — Amir Xon Muttaqiy („Tolibon“ harakatining sobiq boshqaruv vakili);
Iqtisodiyot vaziri v. b. — Muhammad Hanif;
Moliya vaziri v. b. — Hidoyatulloh Badriy;
Afgʻoniston Markaziy banki boshligʻi v. b. — Hoji Muhammad Idris.
Tashqi siyosatlar
Rossiya bilan olaqalar
„Tolibon“ rahbariyati 1999-yil kuzida Ikkinchi chechen urushi paytida Rossiya federal kuchlariga qarshi kurashayotgan chechen jangchilariga 4 million dollar va 24 ta koʻchma zenit-raketa tizimlarini yuborishga qaror qildi[41]. 2000-yil yanvar oyida „Tolibon“ning Pokistondagi vakili Checheniston mustaqilligini tan olishini va Aslan Masxadov hukumati bilan diplomatik aloqalar oʻrnatishini eʼlon qildi. 2000-yil fevral oyida „Tolibon“ning rasmiy gazetasi „Shariat“, musulmon davlatlarini Rossiyaga qarshi urush (jihod) eʼlon qilishga chaqirib, „Islomiy mamlakatlar haq yoʻldagilarning Chechenistonda jihodda qatnashishiga imkon berishi kerak“, — deb yozdi.
2001-yil kuzida AQSh va Buyuk Britaniya „Tolibon“ga qarshi harbiy amaliyotlarni boshlab yuborganlaridan keyin „Tolibon“ vakillari Tojikistonning Afgʻoniston bilan chegarasini qoʻriqlayotgan Rossiya harbiylariga mulla Umar nomidan muloqotga chiqib, rasmiy Moskva bilan kelishgan holda Amerika agressiyasiga qarshi kurashish taklifini berishdi. Rossiya bunga ijobiy javob qaytarmadi.
Oʻzbekiston hukumati doim Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish tarafdori ekanligini bildirgan[45][46][47]. Shu maqsadda Toshkentda „Tolibon“ va Afgʻoniston hukumati oʻrtasida bir necha raunddan iborat tinchlik kelishuvlari amalga oshirilgan. Xususan, 2018-yil mart oyida Toshkentda Afgʻoniston hukumati va „Tolibon“ harakati oʻrtasida tinchlik oʻrnatish maqsadida deklaratsiya imzolangan. Oʻzbekiston „Tolibon“ guruhi oldiga oʻzaro munosabatlarda ayrim shartlarni qoʻygan. Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatilla Irgashevning soʻzlariga koʻra, „Tolibon“ning qoʻshni mamlakatlarga tahdid qilmasligi, „Tolibon“ Afgʻoniston hududida xalqaro terrorchi tashkilotlarga oʻrin (joy) bermasligi va ularni kaltaklamasligi, ularga yordam bermasligi — bular asosiy shartlardan hisoblanadi. 2021-yil 25-iyunda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov „Tolibon“ harakatini terrorchi tashkilot deb hisoblamasligi haqida maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, „Tolibon“ oʻz mamlakati hududidan tashqarida hech qanday terroristik akt uyushtirmagan.

Download 239.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling