Qaraqalpaqstan Respublikası


Download 239.65 Kb.
bet8/13
Sana17.06.2023
Hajmi239.65 Kb.
#1526175
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
malumot

2021 -yil Qayta kuchayish
Asosiy maqola: Tolibon hujumi (2021)

2021-yil Afgʻonistondan AQSh harbiylarini olib chiqish eʼlon qilinganidan keyin „Tolibon“ hujumlari koʻrsatilgan xarita


2021-yilda AQSh va Buyuk Britaniya harbiylari Afgʻonistondan toʻliq olib chiqilishi eʼlon qilindi. Afgʻoniston hukumati va mintaqa mamlakatlari bu xabar ularni xavotirga solayotganini yashirmadilar. Afgʻonistondan tinchlikparvar kuchlar chiqarilishi ortidan „Tolibon“ harakati kuchayib bordi. Xususan, ular Afgʻonistonning asosan turkmanlar va oʻzbeklar yashaydigan shimoliy viloyatlariga hujumlarni amalga oshira boshladilar.
Voqaelar xronologiyasi
24-fevral kuni Afgʻonistonning Gʻazni viloyatida joylashgan harbiy bazada kuchli portlash sodir etildi. Guvohlar bu ishni „Tolibon“ harakati uyushtirganini aytishgan, ular harbiy bazagacha yer ostidan tunnel qazib, u yerga portlovchi moddalarni joylashtirgan. Portlash toʻlqinidan baza yaqinida joylashgan uylar ham vayronaga aylangan.
1-aprel kuni Helmand viloyatining Vashir tumanida Afgʻoniston harbiy vertolyoti qulab tushdi. „Tolibon“ vakili Qori Muhammad Yusuf vertolyotning qulatilishida „Tolibon“ning ishtiroki borligini aytdi. Voqea oqibatida bir necha kishi halok boʻlganini maʼlum qildi.
3-aprel kuni Foryob viloyatida Afgʻoniston harbiylari tomonidan „Tolibon“ harakatining 3 nafar qoʻmondoni oʻldirildi.
3-may kuni „Tolibon“ Farax viloyatining Bala-Baluk tumanidagi harbiy bazaga maxsus qazilgan tunnel orqali borib, portlash sodir etdi, portlash oqibatida 20 nafar askar halok boʻldi.
5-may kuni „Tolibon“ Bagʻlon viloyatidagi Burqa tumanini egalladi.
12-may kuni „Tolibon“ Kobul yaqinidagi Narx tumanini egalladi.
19-may kuni Afgʻoniston harbiylari 12 ta provinsiyada maxsus operatsiya oʻtkazib, „Tolibon“ning 251 nafar janchisini oʻldirdi, 193 kishi jarohatlandi. Harbiylar shuningdek, yoʻllarda oʻrnatilgan 67 ta qoʻlbola portlovchi moddani zararsizlantirdi.
21-may kuni „Tolibon“ Lagʻmon viloyatidagi Davlat-shox tumanini egalladi.
25-may kuni Afgʻoniston harbiylari Nangarhor, Zabul, Qandahor viloyatlarida maxsus operatsiya uyushtirib, „Tolibon“ning 140 nafar jangchisini oʻldirdi, 75 nafar jangchini yaraladi.
3-iyun kuni „Tolibon“ning 222 nafar jangchisi oʻldirildi, 126 aʼzosi jarohatlandi.
7-iyun kuni „Tolibon“ Afgʻonistondagi Gʻor viloyatining Shahrek tumanini va Oʻruzgan viloyatidagi Gizob tumanini qoʻlga kiritdi.
8-iyun kuni Faryob viloyatidagi Davlatobod tumani ham „Tolibon“ jangarilari tomonidan bosib olindi.
12-iyun kuni „Tolibon“ Gʻor viloyatidagi Toʻlak tumanini qoʻlga kiritdi.
14-iyun kuni „Tolibon“ Farro viloyatining Lashjuan tumanini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Saripul viloyatining Sancharak va Gusfandi tumanlarini qamal qildi.
15-iyun kuni Afgʻoniston harbiylari Qunduz viloyatining Xonobod va Taxor viloyatining Chaxi-Ab tumanlarini „Tolibon“ nazoratidan qaytarib olishdi[83]. Yana, shu kuni Qunduz, Taxor, Nangarhar, Qandahor, Faryob, Nimroz va Badahshon viloyatlarida boʻlgan janglarda „Tolibon“ning 160 nafar jangchisi oʻldirildi, 108 nafari yaralandi.
17-iyun kuni Afgʻonistonning Zabul viloyatida joylashgan Shinki tumani oqsoqollar vositachiligi bilan „Tolibon“ qoʻliga jangsiz topshirildi[85].
18-iyun kuni Faryob viloyatining Davlatobod va Shirin Tagab tumanlari „Tolibon“ jangchilaridan butunlay tozalandi.
22-iyun kuni „Tolibon“ harakati tezkor hujumlar qilib Afgʻonistondagi 17 ta tumanni qoʻlga kiritdi[87]. Shu kuni Sherxon-Bandar tumaniga qilingan hujumlar oqibatida 134 nafar afgʻonistonlik harbiy „Tolibon“dan qochib Tojikiston hududiga oʻtdi.
24-iyun kuni Hirot viloyatida „Tolibon“ning 130 lishidan iborat guruhi hukumat qoʻshinlariga taslim boʻldi va „Tolibon“ harakatiga qarshi kurashishini maʼlum qildi.
28-iyun kuni „Tolibon“ Balx viloyatining Tojikiston bilan chegara hududini egalladi. 17 nafar afgʻonistonlik harbiy Tojikistonga qochib oʻtdi.
29-iyun kuni Balx viloyatining Kaldor tumani „Tolibon“ harakatidan ozod qilindi.
4-iyul kuni „Tolibon“ harakatining hujumlari oqibatida 300 harbiy Tojikistonga qochib oʻtdi, Tojikiston chegarachilari ularning chegaradan oʻtishiga qarshilik qilmadi va Tojikiston hukumati ularni qoʻllab-quvvatlashini aytdi. Shu kuni harakat jangarilari soʻnggi 24 soat ichida Afgʻonistonning 13 ta hududini oʻz nazorati ostiga olgani maʼlum qilindi. Iyul holatiga koʻra, mamlakatning 370 ta tumanidan 110 tasi „Tolibon“ nazoratiga oʻtgan.
5-iyul kuni Afgʻonistonning „Tolibon“ harakati vakili Suhayl Shohin mamlakatda boʻlgan barcha chet el qoʻshinlari belgilangan muddatgacha Afgʻonistonni tark etishi kerakligini aytdi va mamlakatda qolgan xorijiy harbiy kontingentlarning bosqinchi sifatida qabul qilinishini taʼkidladi.
6-iyul kuni Afgʻonistonning Bogʻlon viloyatida „Tolibon“ harakati Bogʻlon texnika va kasb-hunar institutini yoqib yubordi.
8-iyul kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning Badgʻis viloyati Qalʼai Nav shahridagi qamoqxonaga hujum qilib, barcha mahbuslarni ozod qildi. Shuningdek, „Tolibon“ jangarilari Panj daryosi orqali Tojikiston va Afgʻonistonni bogʻlaydigan koʻprik ustiga oʻz bayrogʻini oʻrnatdi.
9-iyul kuni Afgʻonistonning Taxor viloyatidagi „Tolibon“ har bir oila bitta qizini harakat aʼzolariga nikohlab berishi kerakligini maʼlum qildi.
12-iyul kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistondagi Oʻzbekiston bilan chegaradosh hudud — Balx viloyatida joylashgan Hayraton shahriga hujum qildi.
13-iyul kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistonda boʻlib turgan turk askarlari yuzasidan ogohlantirish bilan chiqdi. Xuddi shu kuni Afgʻoniston xavfsizlik kuchlari „Tolibon“ harakatining bosh qoʻmondonlaridan biri Pasha (Pacha) nomi bilan tanilgan jangarini yoʻq qildi.
16-iyul kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I „Tolibon“ harakatiga murojaat qilib, uni barcha terroristik guruhlar bilan aloqalarni uzishga chaqirdi.
19-iyul kuni Qatarda boʻlib oʻtgan Afgʻonistonaro muzokaralarda Afgʻoniston hukumati va „Tolibon“ harakati vakillari butun Afgʻoniston boʻylab koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq holda virusga qarshi emlanayotgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur choralar koʻrishga kelshib oldi.
23-iyul kuni „Tolibon“ Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish uchun mamlakatda yangi hukumat tuzish kerakligi va prezident Ashraf Gʻani isteʼfoga chiqishi zarurligini aytdi va shu kuni kuni Hirot viloyatining Karrux tumanida Afgʻoniston xavfsizlik va mudofaa kuchlari tomonidan oʻtkazilgan qoʻshma operatsiya natijasida „Tolibon“ning 25 nafar jangchisi oʻldirildi, 10 nafari esa jarohatlandi.
28-iyul kuni Afgʻonistonning Hirot shahri atrofida afgʻon xavfsizlik kuchlari va „Tolibon“ oʻrtasida toʻqnashuvlar kuchaydi.
31-iyul kuni Germaniya hukumati vakillari Dohada „Tolibon“ harakati aʼzolari bilan yashirin uchrashuv oʻtkazdi.
2-avgust kuni Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani parlamentdagi chiqishi chogʻida „Tolibon“ harakati avvalgidan koʻra koʻproq zoʻravonga aylanganini aytganidan soʻng „Tolibon“ harakati Ashraf Gʻanining „vaqti tugagani“ni aytdi.
3-avgust kuni AQSh harbiy kuchlari Helmand viloyati markazi Lashkargoh shahrida „Tolibon“ harakati aʼzolarini bombardimon qildi va shu kuni Afgʻoniston harbiylari 15 ta viloyatda oʻtkazilgan operatsiyalar davomida rekord miqdordagi „Tolibon“ harakati aʼzolarini oʻldirdi. Ular 455 nafar tolibni oʻldirgan.
4-avgust kuni Afgʻonistonning Helmand viloyatida yuz bergan afgʻon harbiylari va „Tolibon“ harakati oʻrtasidagi toʻqnashuv oqibatida 40 nafar tinch aholi vakili halok boʻldi, 118 kishi yaralandi va shu kuni Afgʻoniston hukumati 2020-yil AQSh bosimi ostida qoʻlga olingan „Tolibon“ harakatining 5 ming aʼzosini, jumladan, Afgʻonistonning Helmand viloyati markaziga hujum uyushtirgan „Tolibon“ harakati liderini ozod qilgan. Tinchlik sulhiga koʻra ozod qilingan „Tolibon“ harakati qoʻmondonlaridan biri Mavlaviy Tolib yana minglab mahbuslar bilan „Tolibon“ tarafiga oʻtib jang qila boshladi[112]. Shuningdek, AQSh harbiylari „Tolibon“ harakatining qurol-yarogʻlari va avtomobillar omboriga hujum qildi. Havo hujumi harakatning Lashkargoh shahridagi omboriga qarata uyushtirildi.
6-avgust kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning sobiq vitse-prezidenti marshal Doʻstumning uyini yoqib yubordi. Shu kuni Kobulda Afgʻoniston hukumatining axborot va media markazi rahbari Davaxan Minapal oʻldirildi.
7-avgust kuni Qunduz viloyatining Dasht Archi tumanida Afgʻoniston hukumati qoʻshinlari bilan janglarda 14 nafar tolib bilan birga „Tolibon“ harakati gubernatori oʻldirildi.. Shu kuni „Tolibon“ harakati jangarilari Juzjon viloyati markazi — Shibirgʻon shahrini egallab oldi.
8-avgust kuni AQSh Afgʻonistonga „Tolibon“ harakatiga qarshi kurashish uchun „B-52 Stratofortress“ bombardimonchi samolyotlarini yubordi. Shu kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning eng yirik shaharlaridan biri boʻlgan Qunduz shahrini egallab oldi hamda Afgʻonistondagi oʻzbeklar jamiyati yetakchisi marshal Abdul Rashid Doʻstumning Juzjon viloyatidagi uyiga bostirib kirib, barcha qurollarini talon-toroj qildi.
9-avgust kuni Afgʻonistonning Kobul shahrida „Paktiya Gag“ radiostansiyasi rahbari Toʻfan Omar oʻldirildi, mamlakat janubidagi Helmand viloyatida bir jurnalist oʻgʻirlab ketildi. Mahalliy hukumat vakillari mazkur voqeada „Tolibon“ harakati jangarilarini aybladi.
11-avgust kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning Farah shahrini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Afgʻonistonning Tojikiston va Oʻzbekiston bilan chegaralari „Tolibon“ nazorati ostiga oʻtdi. „Tolibon“ yetakchilari harakatning qoʻshni davlatlarga hujum qilmasligiga vaʼda berdi. Shu kuni Afgʻonistonning sobiq vise-prezidenti, Afgʻonistondagi oʻzbeklar jamiyati yetakchisi marshal Abdul Rashid Doʻstum „Tolibon“ harakatiga qarshi kurashish maqsadida Kobuldan Mozori Sharifga maxsus samolyotda uchib ketdi. Afgʻonistonning moliya vaziri Xolid Painda „Tolibon“ harakatining hujumi fonida lavozimidan ketib, mamlakatni tark etdi. „Tolibon“ harakati Qandahor shahridagi qamoqxonani egallab olib, yuzlab mahbuslarni ozod qildi.
12-avgust kuni Afgʻoniston hukumati qoʻshinlari qaytarib olgan Shibirgʻon va Farah shaharlaridagi aeroportlarni „Tolibon“ qayta bosib oldi. Shuningdek, Afgʻonistondagi oʻzbeklar jamiyati yetakchisi marshal Abdul Rashid Doʻstumning oʻgʻlini „Tolibon“ harakati asirga olgani maʼlum qilindi. Shu kuni „Tolibon“ harakati delegatsiyasining Qatardagi siyosiy idorasi rasmiy vakili Suhayl Shohin Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Qobulovga Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga masʼulligini bildirdi. „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning ikkinchi eng yirik shahri — Qandahorni egalladi hamda Afgʻonistonning gʻarbiy qismida joylashgan Hirot shahrini oʻz nazoratiga oldi.
13-avgust kuni „Tolibon“ harakati Marshal Doʻstumning oʻgʻli, serjant Yormuhammad Doʻstumni qoʻlga olganini eʼlon qildi. Marshal vakilining aytishicha, 7-avgustga oʻtar kechasi, Shibirgʻon shahriga hujum qilinganda Yormuhammad bu hududdan harbiy vertolyot bilan Mozori Sharifga olib ketilgan. „Tolibon“ harakati Helmand viloyatining maʼmuriy markazi boʻlgan Lashkargoh shahrini egallaganini maʼlum qildi va mamlakat poytaxti Kobulga yaqinlashdi. Jangarilar poytaxtdan 50 km uzoqlikda joylashgani maʼlum qilindi. Shu kuni Oʻzbekiston, Turkmaniston va Rossiya diplomatlari Qatarda „Tolibon“ harakatining siyosiy masalalar boʻyicha komissiyasi rahbari bilan muzokara oʻtkazdi.
14-avgust kuni „Tolibon“ Balx viloyati markazi Mozori-Sharif shahrini egalladi. Hujum oqibatida afgʻon kuchlari Oʻzbekiston bilan chegaraga qochishga majbur boʻldi[136].



Download 239.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling