Qaraqalpaqstan Respublikası


Download 239.65 Kb.
bet5/13
Sana17.06.2023
Hajmi239.65 Kb.
#1526175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
malumot

Etimologiyasi
„Tolibon“ (pushtucha: [ṭālibān]) soʻzi pushtu tilidan oʻzbekchaga tarjima qilinganida „oʻquvchilar“ degan maʼnoni anglatib, u „tolib“ (oʻquvchi) soʻzining koʻplik shaklidir. Bu soʻz arabcha „tolib“ (arabcha: طالب [ṭālib] — „oʻquvchi“, „talaba“) va forscha „on“ koʻplik qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasalgan. Arabchada „tolibon“ soʻzi „oʻquvchilar“ emas, „ikkita oʻquvchi“ maʼnosini beradi. Shu sababli „Tolibon“ haqidagi maqolalarni arabchaga tarjima qilganda biroz tushunmovchilik yuz beradi. Ingliz tilida „Tolibon“ harakatining bir aʼzosi haqidagi gapda ham „tolib“ emas, „tolibon“ soʻzi ishlatiladi. Masalan, John Walker Lindh „amerikalik tolib“ emas, „amerikalik tolibon“ deb yoziladi. Pokistonning ingliz tilida chiqadigan gazetalarida „Tolibon“ning bir emas, bir nechta aʼzosi haqida gap ketayotgan boʻlsa „Tolibonlar“ (inglizcha: Talibans) shaklida yoziladi.
Oʻzbek tilida esa „Tolibon“ harakatining bir aʼzosi „Tolibon“ jangarisi, „Tolibon“ harakati aʼzosi, „Tolibon“ vakili shaklida; birdan ortiq aʼzosi „Tolibon“ jangarilari, „Tolibon“ harakati aʼzolari, „Tolibon“ vakillari shaklida yoziladi, „Tolibon“ harakatining birdan ortiq aʼzosi aslo „Tolibonlar“ shaklida yozilmaydi.
Tarixi
1995-yil Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan moliyalashtirilishi taxmin qilingan toliblar Afgʻonistonning Helmand viloyatini qoʻlga kiritadilar, Hikmatyor Gulbiddin askarlari ustidan gʻalaba qozonadilar ammo Ahmadshoh Masʼud diviziyasi tomonidan Kobul ostonasida toʻxtatiladilar. Ular Afgʻonistonning uchdan bir qismini (janubi-sharqini) boshqaradilar.
1996-yil 27-sentabrda toliblar Kobulni jangsiz egallaydilar va Afgʻoniston Islom Amirligiga asos soladilar. Oʻz qoʻl ostilaridagi yerlarda shariat qonunlarini joriy etadilar. „Tolibon“ tuzumiga qarshi Ahmadshoh Masʼud va Burhoniddin Rabboniy boshchiligidagi, asosan tojiklardan tarkib topgan Shimoliy ittifoq hamda Abdul Rashid Doʻstum boshchiligidagi oʻzbeklar qarshi chiqadilar. Terrorchi Usoma bin Lodinning yashirinishiga yordam berganliklari va Bomiyondagi Budda haykallarini portlatishganidan soʻng jahon hamjamiyati ularni terorchi sifatida taniy boshladi.
2001-yil 11-sentabrda AQShda sodir etilgan terrorchilikdan soʻng, AQSh Afgʻoniston Islom Amirligiga qarshi aksilterror harakatlarini boshlab yubordi va Shimoliy ittifoq harakati yordamida „Tolibon“ tuzumini agʻdardi. Toliblar togʻlarga va Pokistonning Vaziriston provinsiyasiga chekindilar va Hoji Umar boshchiligida qayta birlashdilar. 2000-yillardan boshlab Vaziriston „Tolibon“ harakatining markazi hisoblanadi.
2006-yil 14-fevralda „Tolibon“ Shimoliy Vaziriston hududini Pokistondan mustaqil deb, u yerda Vaziriston Islom Amirligi tuzilganini eʼlon qildilar. Keyinroq, Pokiston armiyasining qarshi kurashlariga qaramay, ular Janubiy Vaziristonni ham egallab, oʻz hududlarini kengaytirdilar.
2007-yil 17-dekabrda pokiston toliblari Tehrik-e Taliban Pakistan guruhi bilan qoʻshildilar. Tehrik-e Taliban Pakistanga vaziristonlik pushtunlardan Maxsud Baytulla boshliq boʻldi.
2009-yil fevralda toliblar Pokistonning Svat vodiysida 30 nafar Pokiston politsiyasi va harbiylarini asirga oldilar va Pokiston hukumatidan Svat vodiysida shariat qonunlari oʻrnatilishini talab qildilar, hukumat bunga rozi boʻldi. Keyinroq toliblar Buner okrugini ham qoʻlga kiritdilar.
2013-yil 1-noyabrda harbiy dron tomonidan berilgan zarbadan soʻng Maxsud Baytulla vafot etgani haqida Pokiston maxsus xizmati vakili maʼlumot berdi.
„Islom jihodi ittifoqi“ islomchi guruhi amiri Horun abu Muhammadning soʻzlariga koʻra 2014-yil soʻngiga kelib, „Tolibon“ Afgʻonistonning qariyb 70 % hududini boshqargan, jumladan, Helmand, Qandahor, Paktiya, Oʻruzgon, Nuriston, Kunar, Badaxshon, Zobul, Gʻazni va b.
2014-yil 31-may kuni „Tolibon“ soʻnggi amerikalik asir Bowe Bergdahlni Guantanamoda saqlanayotgan va avval Amirlikda yuqori lavozimlarni egallagan 5 nafar maxbusga almashdi. Obmen vizval neodnoznachnuyu reaksiyu po vsemu miru.
Germaniya Federativ Respublikasining sobiq stats sekretari Andreas von Bülow 2012-yil 13-yanvarda „Der Tagesspiegel“ nashriga bergan intervyusida „Tolibon“ harakati AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi ishtirokida tuzilgani haqida gapirdi[26]:
AQSh maxsus xizmatlarining salmoqli yordami bilan Afgʻoniston va Pokistonda 30 mingdan kam boʻlmagan musulmon jangarilari maxsus tayyorgarlik koʻrdi, ular orasida oʻz vatanini va gʻoyasini har qanday yoʻl bilan himoya qilishga tayyor boʻlgan fanatiklar guruhi ham bor edi.
Va ulardan biri Usoma bin Lodin edi. Bir necha yil avval shunday yozgandim: „MRBning bu yaratigʻidan Afgʻonistonda „Tolibon“ yetishib chiqdi, ularni amerikaliklar va saudiyaliklar puliga maktablarda Qurʼon yodlatib tayyorladilar
AQShning Afgʻonistonda SSSRga qarshi kurashish uchun 80-yilldarda tayyorlagan jangarilari, jumladan, toliblar haqida matbuotda ayrim iddaolar keltilgan ammo aytib oʻtish kerak-ki, 80-yillarda „Tolibon“ harakati hali mavjud emas edi.
2016-yil 21-mayda amerikalik harbiylar „Tolibon“ lideri Mansur Axtar boʻlganligi taxmin qilingan avtomobilga dron yordamida raketa zarbasi berdi. 22-may kuni „Tolibon“ning yuqori lavozimdagi qoʻmondonlaridan biri mulla Abdul Rauf va Afgʻoniston bosh vaziri Abdulla Abdulla Mansur Axtarning oʻlganligi haqidagi xabarni tasdiqladilar. Raketa zarbasi Afgʻoniston va Pokiston chegara hududida amalga oshirilgan.
2017-yil avgustda „Tolibon“ AQSh prezidenti Donald Trumpga AQSh harbiylarini Afgʻonistondan olib chiqib ketish haqida maktub yoʻlladi.
2018-yil 9-iyunda „Tolibon“ va Afgʻoniston hukumati vaqtinchalik sulh eʼlon qildilar. Bu sulh 15-iyunga qadar davom etdi. 22-iyun tunida toliblar birinchi boʻlib Afgʻoniston harbiylariga qarata oʻq uzdilar.
2019-yil avgust oyida „Tolibon“ harakatining mulla Barodar Oxund boshchiligidagi delegatsiyasi va Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumati vakillari Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish maqsadida Toshkentda uchrashuv oʻtkazishdi. „Tolibon“ delegatsiyasining Oʻzbekistondagi safari 5 kun davom etgan, mulla Barodar boshliq guruh Samarqand va Buxoroga ham borgan. Ularni viloyat hokimlari tantanali ravishda kutib olgan[33].
2019-yil soʻngida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va „Tolibon“ harakati vakillari Rossiyada Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumati bilan yarashuv doirasidagi uchrashuvlardan birini oʻtkazdi. 14 kishilik toliblar delegatsiyasiga mulla Barodar Oxund boshchilik qildi[34].
2021-yilning yozida Afgʻonistondan AQSh harbiylarining olib chiqilishi ortidan „Tolibon“ harakatining keng qamrovli hujumlari boshlandi. Oqibatda 2021-yilning 15-avgustida Afgʻonistonning deyarli butun hududida „Tolibon“ harakatining hukmronligi oʻrnatildi.
„Tolibon“ qoʻlga kiritgan birinchi hudud Pokistonning Janubiy Vaziriston provinsiyasi edi. 2004-yil „Tolibon“ harakati u yerdan pokistonliklarni siqib chiqarib, oʻz hukmronligini oʻrnatgan edi. 2006-yil 14-fevralda „Tolibon“ rasman Vaziriston Islom Amirligi tuzilganini eʼlon qildi. Bu amirlik haligacha BMTga aʼzo birorta davlat tomonidan tan olinmagan va jahon hamjamiyati u yerlarni Pokiston hududi deb hisoblaydi.
2021-yil 15-avgustda Kobul qulagach „Tolibon“ Afgʻonistonning deyarli butun hududini qoʻlga kiritdi va oʻz hokimiyatini oʻrnatdi. Hozirgi kunda toliblar hokimiyati BMTga aʼzo biror davlat tomonidan toʻliq tan olinmagan, diplomatik aloqalar toʻlaqonli yoʻlga qoʻyilmagan.
„Tolibon“ning rasmiy dini islomning ash'ariylik yoʻnalishidir. Unga koʻra bu mafkuraga qarshi chiquvchi har qanday kuch (vosita, inson) — adashgan va sazoyi qilinishi kerak. „Tolibon“ oʻz qoʻl ostidagi hududlarda shariat qonunlarini oʻrnatadi va amal qilinishini qatʼiy nazoratga oladi. Toliblar televideniye, musiqa va musiqiy asboblar, rassomlik sanʼati, alkogol, kompyuter va internet, shaxmat, oq rangli oyoq kiyim („Tolibon“ bayrogʻi oq rangda), jinsiy aloqaga oid ochiq mulohazalar va b. koʻplab narsalarni taqiqlaydilar[35]. Erkaklar belgilangan uzunlikda soqol oʻstirishlari kerak. Ayollarga ishlash, erkak shifokor qabulida davolanish, jamoat joyida va begona erkaklarning oldida yuzlarini ochib yurish, erlari yoki erkak jinsli qarindoshlari hamrohligisiz jamoat joylarida yurish taqiqlanadi. Ayollarning taʼlim olishiga ham keskin qarshilik qilingan (2001-yilda toliblar qoʻl ostidagi hududlarda maktabga boradigan qizlar 1 % ni tashkil etgan).
2001-yil 26-fevralda mulla Umar mamlakatdagi barcha gʻayriislomiy yodgorliklarni yoʻq qilish toʻgʻrisida farmon chiqardi. Farmonga muvofiq, oʻsha yilning mart oyida Toliblar III va VI asrlarga oid Bomiyon qoyalariga oʻyib ishlangan ikki ulkan Budda haykalini portlatdilar. Bu esa „Tolibon“ning dunyo hamjamiyati tomonidan qoralanishiga sabab boʻldi. „Tolibon“ning bu harakatlari bir qator musulmon mamlakatlarida ham jamoatchilik tomonidan qoralangan. Toliblar ayollarning taʼlim olishini taqiqlash tarafdori. Koʻpincha maktablar toliblar nishoniga aylanadi. 2008-yilda Pokistonning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan Svat vodiysida ular 170 dan ortiq maktablarni vayron qilgan. Qayd etilishicha, ushbu maktablarda 55 mingga yaqin oʻgʻil va qiz bolalar taʼlim olib kelgan.

Download 239.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling