Qaroqalpoq davlat universiteti


Rim imperiyasining ikkiga bo’linishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/28
Sana25.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1259
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28

3. Rim imperiyasining ikkiga bo’linishi 
Diokletian va Maksimian 305-yil 1-mayida  hokimiyatdan voz 
kechdilar.Taxtdan voz kechgan Diokletian Salonaga ko’chib borib gul va sabzavot 
yetishtirish bilan shug’ullandi. 313-yilda 68 yoshida vafot etdi. Konstansiy I Xlor va 
Galeriy imperatorlar deb e’lon qilindilar. Vorislar o’rtasida taxt uchun kurash 
boshlanib, bu kurashda Diokletianning yordamchilaridan birining o’g’li Konstantin 
(306-337-yillar) g’olib chiqdi. U raqiblari bilan bir necha yil kurash olib borib Rim 
imperiyasining yagona hukmdoriga aylandi. Konstantin imperiyani 4 ga bo’linishini 
saqlab qoldi lekin boshqaruvni birov bilan baham ko’rish tizimini yo’q qildi. 
Endilikda imperiya qismlarini unga bo’ysunadigan prefektlar boshqardilar. 
Konstantin uzoqni ko’ra oladigan,aqllii siyosatshi  edi. U 200 yildan beri taqib 
etilayotgan nastoniy dinini kuch-qudratini davlat hokimiyatini mustahkamlashdagi 
muhim o’rnini anglab yetdi. Shu sababli   313-yilda u o’zining  Milan edikti bilan 
nasroniylik dinini boshqa dinlarga tenglashtirdi. Shu lahzadan boshlab xristian 
cherkovi imperator hokimiyatining ittifoqchisi va himoyachisiga aylandi. 
Imperator 330-yil 11-may kuni poytaxtni sharqiy qism Bosfor qirg’og’iga 
tanatanali ko’chirdi. Eski yunon koloniyasi Vizantiy qayta qurilib kengaytirildi. 
Yangi poytaxtni qurilishi va bezatilishi uchun ulkan miqdorda mablag’ saflandi. 
Saroylar, stadion, ippodrom, termalar va bibliotekalar qurildi. Rimdan ulkan 
miqdorda haykallar olib kelindi. Shahar imperator sharafiga yangi nom 
Konstantinopol deb ataldi. Poytaxtni sharqqa ko’chirilishi tasodif emas edi. Sharqiy 
provinsiyalar g’arbdagilarga qarganda madaniy va boyroq edi.  
Konstantinning o’limidan so’ng taxt uchun yana kurash boshlandi. Hokimiyat 
uning o’g’li Konstansiy qo’liga, keyin esa uning nevarasi Yulianga o’tdi.  Yulian eski 
Rim dinini tiklashga urindi lekin muvaffaqiyatga erishmadi. 
Hokimiyatni uning o’g’li Konstansiy egalladi. Uning o’rniga kelgan Flaviy 
Klavdiy Yulian (361-363 yillar) eski Rim dinini tiklashga urinib xristian cherkovini 
imtiyozlarini bekor qildi. Keyingi imperatorlar Valentinian I va Valent bir vaqtning 
o’zida imperiyaning g’arbiy va sharqiy qismlarini boshqardilar. Ularning davrida 
germanlarning hujumi kuchaydi. 378 yilda Frakiyadagi Adrianopol shahri yonida 
vesgotlar Rim qo’shinlariga kuchli zarba berdilar. Qaysiki shundan keyin Rim 
imperiyasi hech qachon tiklana olmadilar. Imperator Valent jang maydonida halok 

 224
bo’ldi, eng yaxshi zobitlar qurbon bo’ldilar. Endilikda Rim imperiyasi hech qachon 
chegaralarini himoya qilish uchun etarlicha qo’shin to’plash imkonoyatidan mahrum 
bo’ldilar. Endi chegaralarni qo’riqlash germanlardan olinadigan ishonchsiz qismlarga 
topshirila boshlandi. Germanlar ko’plab miqdorda rim qo’shiniga olina boshlandi. 
Ular oliy harbiy mansablarni egallay boshladilar.  
Imperator Feodosiy I vestgotlarga Illiriya viloyatini bo’shatib berib, shu bilan 
Konstantinopolni bosib olishidan saqlab qoldi, Feodosiy 394 yilda tarixda so’nggi 
marta imperiyani har ikkala qismini ham bir qo’lga to’pladi, lekin u bir yildan so’ng 
vafot qildi va rim imperiyasi batamom ikkiga bo’lindi. Imperiyaning g’arbiy qismini 
uning 11 yoshli o’g’li Gonoriy, sharqiy qismini uning 28 yoshli ukasi Arkadiy 
boshqara boshladi. Gonoriy ( 395-yillar) davrida imperiyaning g’arbiy qismi 
germanlarning xujumlari bilan to’la yemirilishi davri bo’ldi. Germanlarning istilosi 
Rim xizmatidagi germanlarning xoinligi qullar va kolonlarning qo’zg’alonlari 
imperator Norikaning 2 yildan so’ng, Rim shahrining o’zi bosib olinib talon-taroj 
qilindi. Alarix Rimdan, vestgotlar Galliyaga chekindilar. Ammo g’arbiy Rim 
imperiyasi bu paytda o’z umrining oxirgi lahzalarini boshdan kechirar edi. 407 Yilda 
Rimliklar Britaniyani tashlab ketdilar.409 yilda vandallar, sveblar va allemandlar 
Ispaniyani bosib oldilar. 415 yilda vestgotlar Rimdan Galliyani ajratib oldilar. 429 
yilda vandallar va boshqa german qabilalari Ispaniyadan Afrikaga o’tdilar. Vandallar 
qirol Geyzerix boshchiligida 455 yilda Rim shahrini egallab uni buzib tashladilar. 
Odoakr imperator hokimiyani ramzlarini Konstantinopolga jo’natdi. Bu voqea 
G’arbiy Rim imperiyasining tugashi deb hisoblanadi. Sharqiy Rim imperiyasining 
hukmdorlari germanlarning hujumlarini bartaraf qilib o’z boshimcha qo’mondonlarni 
yo’q qildilar. Sharqiy Rim imperiyasi yana ming yil yashab, tarixga Vizantiya 
imperiyasi nomi bilan kirdi. 
Diokletian va Konstantinning islohotlari imperiyaning yemirilishi jarayonini 
sekinlashtirdi, lekin uni to’xtata olmadi. IV asrda jonlangan ichki savdo to’xtadi. 
Ko’p shaharlar tushkunlikka yuz tutdi. Butun imperiya bo’ylab natural xo’jalikka 
qaytish boshlandi.  
Pul tizimi ishdan chiqdi. Soliqlarni to’lash qiyinlashdi. Shaharlardan axoli 
ko’chib keta boshladi. Konstantin shahar axolisini ko’chib ketishini kolonlarni o’z 
erlarini tashlab ketishlarini rasman taqiqladi. 
Yirik er egalari latifundistlar barcha soliqlarni natural tarzda to’lashni yuklatdi. 
Ularning hokimiyati kengaydi. Shaxsiy erkin kolonlarning axvoli qullarning 
ahvolidan kam farq qildi. So’ngi imperiya davrida yirik yer egalari o’zlariga qaram 
bo’lgan maxalliy axoli ustidan o’z amaliy hokimiyatlarini amalga oshirdilar. Ular o’z 
qo’shin va qamoqxonalarini tashkil qildilar. Ijtimoiy aloqalarning bunday yangi 
ko’rinishini shakllanishi so’ngi Rim jamiyatini sekin asta feodallashuvini bildirar edi. 
 
 
4. G’arbiy Rim imperiyasini qulashi 
Rim imperiyasini  to’la ikkiga bo’linishi asosida  O’rtayerdengizining ikki 
hududini romanlashgan G’arb va Ellin sharqini tarixiy taraqqiyotini o’ziga xos 
xususiyatlari bilan  belgilanar edi.  G’arbiy provinsiyalarda  shaharlar, tovar ishlab 
chiqarish savdo-hunarmandchilik tushkunlikga  yuz tutdi. Aholini  xonavayron 

 225
bo’lishi, umumiy  iqtisodiy  turg’unlik kuzatildi. Markaziy hokimiyat zaiflashib 
magnatlar kuchaydi, aholini varvarlashuvi, harbiy qo’shinlarni buzilishi yuz berdi. 
Aksincha sharqda kuchli imperator  hokimiyati mavjud bo’lib provinsiyalar kamroq 
talandi, shaharlar, savdo-hunarmandchilik rivojlandi. 
Qo’zg’lon ko’targan vestgot federatlari, Alarix boshchiligida 395-396-yillar 
Makedoniya va Yunonistonni  taladilar. O’zi varvar bo’lgan rimlik sarkarda Stilixon 
Yunonistonning janubida  Alarix qo’shinlarini tor-mor qildi. Sharqiy imperiya Alarix 
bilan shartnoma tuzdi. 
Alarix 401-yilda Italiyaga yurish qildi. Stilixon vestgotlarni 2 marta tor-mor 
qildi va Italiyadan haydab chiqardi. Rimga so’ngi marta  triumf vestgotlar ustidan 
galaba sharafiga  o’tkazildi. Baribair rimliklar  vestgotlarni Illiriyada yashashlariga 
ruxsat berishga majbur bo’ldilar.  Italiya 405-yilda  Konung Radagays 
boshchiligidagi germanlar bosqiniga uchradi. Florensiya yaqinida Stilixon Radagays 
hujumini  qaytardi. Shu bilan birga himoyasiz  qolgan g’arbiy provinsiyalar, german 
qabilalari tomonidan bosib olindi. Stilixon Olarixni Rim bilan ittifoq tuzishga  
ko’ndirishga urindi, ammo tuhmatga uchrab, xoinlikda ayblanib qatl qilindi. 
Stilixon o’limini eshitgan Alarix Rimga yurish qilib uni qamal qildi. Alarix 5 
ming funt oltin, 30 ming funt kumush miqdorida tovon olib qaytib ketdi. Shundan 
so’ng Alarix Rimni yana bir necha   bor  qamal qildi.  410-yil avgust oyida qullar 
shahar darvozasini  ochib berdilar va varvarlar  shaharni talon-taroj qilib, Alarix 
boshchiligidagi qo’shin janubga yurish qildilar.  Yo’lda kasallangan Alarix 40 
yoshida vafot etdi.  Vestgotlar bir necha yildan keyin (419-yil)  Akvitaniyada  o’z 
qitolliklarini tuzdilar.  
Stilixon o’limidan keyin Rimni himoya qiladigan birorta sarkarda qolmadi. 407-
yilda rimliklar Britaniyadan chiqib ketishga  majbur bo’ldilar. Janubi-sharqiy 
Galliyada  birgund qabilalari Ispaniyaning shimoli-g’arbida  svevlar o’rnashib olgan 
Afrikada poytaxti Karfagen bo’lgan vendal  qirolligi tashkil topdi. 
Pannoniyada kelib chiqishi Markaziy Osiyo cho’llaridan bo’lgan xunnlar 
o’rnashib Rimga katta  xavf soldilar. Atilla (434-453-yillar)  g’ayratli sarkarda edi. U 
xunnlar va boshqa qabilalarni birlashtirib,  Markaziy Yevropada ko’chmanchilarni  
kuchli  davlatini tuzdi.  Xunnlar Bolqonga va g’arbiy provinsiyalarga yurish qildilar. 
Ular 450-yil boshida  Galliyaga bostirib kirdilar.  Xunnlarga qarshi rimlik sarkarda  
Flaviy Aetsiy frank. alan, burgund, vestgot va boshqa qabilalar ittifoqini tuzdi. Hal 
qiluvchi jang Ispaniya va Fransiya chegarasidagi Katalun dalasida 451-yil iyunida 
bo’lib o’tdi.  Got tarixchisi   Iordannning ma’lumotiga ko’ra   bu jangda har ikkala 
tomondan 300 ming kishi  halok bo’lgan. Bu jangdan keyin Attila Reyn ortiga 
chekindi, 452-yilda  yana shimoliy Italiyaga  hujum qildi. Attila 453-yilda vafot etdi 
va uning  davlati tarqab ketdi.  
Varvar qabilalari va qirolliklari  impertiya bilan hisoblashmay qo’ydilar.  Biror 
bir imperator davlatni  yemirilishini to’xtata olmadi. Imperatorlar Ravenna shahrini  
doimiy qarorgoh qildilar. Rim xristian cherkovi boshlig’i Rara qarorgohi  bo’lib 
qoldi. Afrikada o’rnashib qolgan vandallar  Ravenna imperatorlarini zaifligidan 
foydalanib Sitsiliya, Sardiniya va Korsikaga  bosqin qilar edilar.  Ular 455-yil 
Italiyaga yurish qilib Rim  shahrini 14 kun davomida talon-taroj qildilar.   Olib keta 
olmagan buyumlarni vandallar yo’q qildilar. Nodir san’at asarlari, haykalar, saroylar 

 226
o’t ichida  qolib, Galliya va Ispaniyani mahalliy zodagonlari uzoqdagi ravenna 
imperatorlari bilan aloqa qilganidan ko’ra bosib olingan viloyatlarning amalda 
hokimlari varavar qirollari bilan  hamkorlik qilishni foydali deb hisobladilar. 
375-yilda illiriyalik Orest o’zini  14 yoshli imperator taxtiga o’tkazib  o’zi 
hokimiyatni boshqardi. Songi imperator Rm shahrini va imperiyasini barpo qilganlar 
Romul afsonaviy avgustul ismlariga bo’lib balog’atga yetmagani uchun avgust emas  
avgustul deb atalar edi.  O’smir imperatorni rimliklar mazaxomuz  avgustcha 
deyishar edi. 
476-yilda  germanlarning skir qabilasidan  bo’lgan imperator gvardiyasi 
qo’mondoni Odoakr Rimda hokimiyatini bosib oldi. Orest o’lsitildi.  Romul avgustul  
476-yil 23-avgustda  taxtdan tushirilib  Neapol yaqinidagi Lukull villasiga surgun 
qilindi va  shu yil shu yerda vafot etdi.  Odoakr g’arbiy Rim imperiyasi imperatori  
unvoni tugatilgani to’g’risida senatni rasmiy qarorini olishga erishdi. Imperatorlik 
ramzlari Konstantinopolga yuborildi. Bu rasman  Sharqdagi imperator hokimiyati  
ostida Rim imperiyasining yaxlitligi tiklanganligini bildirar edi. 
Antik dunyo tarixining oxirgi saxifalari imperator Yustinian nomi bilan bog’liq. 
U VI asr o’rtalarida Rim huquqini kodifikatsiya qildi. Yustinian kodeksi qadimgi 
Rimda huquqning uzoq yillardagi taraqqiyotini tugallangan holda o’zida aks ettirdi. 
Shu bilan bir aktda Yustinian tomonidan antik tafakkur markazi bo’lgan Afinadagi 
Platon Akademiyasini tantanali yopilishi yangi davrning antik davr bilan ramziy 
xayrlashuvi bo’ldi. 
 
Tayanch iboralar 
Septiley Sever,  Dunay,  Suriya,  Qo’shinni varvarlashuvi,  legioner,  magistrat,  
Parfiya,  Ktesifon,  Karakalla,  Mark Avreliy Antoniy,  Geliogabal,  Filipp Arab (244-
249-yillar),  Publiy Litsiniy Valeriyan (253-260-yillar),  Gallien (253-268-yillar),  
Kassian Postum (258-268-yillar),  Septimey Odinat (261-267-yillar),  Mark Avreliy 
Klavdiy (268-270-yillar),  Domitsiy Avrelian (270-275-yillar),  Diokletian,  Salona 
shahrida (Hozirgi Bosniyadagi Split),  Nikomediya,  Klavdiy Yulian (361-363 yillar),  
Konstantin,  Alarix. 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
 Karimov 
İ. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent 1998. 
 
Boynazarov  F. A. Kadimgi  dunё tarixi.  Toshkent 
2004. 
 
Diligenskiy G. G. Severnaya Afrika v IV-V vv. M., 1961. 
 
Korsunskiy A. R. Gotskaya İspaniya. M., 1969. 
 
Korsunskiy A. R., Gyunter R. Upadok i gibel Zapadnoy Rimskoy imperii  
          i vozniknovenie germanskix korolevstv (do seredinı IV v.). M., 1984. 
 
Vizantii.  IV-pervaya polovina  VII v. M., 1974. 
               
 
 
 

 227
 
14-mavzu. Qadimgi Rim madaniyati 
Reja 
1.  Din 
2.  Huquq 
     3. Adabiyot 
     4. Me’morchilik va haykaltaroshlik 
     5. Ta’lim va fan 
6. Tarix 
 
 
1.  Din 
 
Rimliklarning an’anaviy e’tiqodida totemizm, fetishism va animizmning 
qoldiqlari mavjud edi. Rim dinida urug’ va oila e’tiqodlari muhim o’rin tutar edi. Har 
bir uyda oila e’tiqodini markazi o’choq, bosh oilaning otasi kohin edi. Har bir kishida 
o’zining ruhi, homiysi bo’lib, erkaklarda geniy, ayollarda yunona edi. Rimliklarning 
e’tiqodiga ko’ra vafot etgan ajdodlar xudo-homiylar bo’lar edi.    
 
Rimliklarda har biri qandaydir bir aniq funksiyani bajaradigan kichik xudolar 
juda ko’p edi. Misol uchun xudo Forkul uy eshigini qo’riqchisi, Liment ostonani, 
Kardia eshik zulfinlarini qo’riqchisi edi. Lekin asosiy e’tiqod qilinadigan qudratli 
xudolar alohida o’rin rutar edi. Ularni orasida eng birinchisi chaqmoq xudosi Yupiter 
bo’lib, uning ibodatxonasi Kapitoliyda Tarkviniy  Mag’rur davrida qurilgan edi. 
Uning xotini Yunona nikoh va onalik hamda ayollar homiysi edi. Ularning qizi 
Minerva-hunar, san’at va urushlar ma’budasi; Vesta-fuqarolik jamoasi homiysi, uy 
o’chog’i ma’budasi; Mars-urush xudosi; Yanus-o’tmish va kelajak, kirish va chiqish. 
boshlanish va tugallanish ikkiyuzlamachilik xudosi; Venera-sevgi va hosildorlik 
ma’budasi; Serera-ekinlar va hosil ma’budasi; Neptun-dengiz xudosi; Merkuriy-
savdo va o’g’rilar homiysi; Vulqon-temirchilar xudosi; Pluton-narigi dunyo 
qorong’ulik xudosi; Baxus-vinochilik xudosi; Diana-oy va ovchilik xudosi; Silvana-
o’rmon xudosi va boshqalar.  
 
Rim e’tiqodiga o’z vaqtida etrusk va yunon e’tiqodi qarashlari ham o’z ta’sirini 
o’tkazdi. Yunona, Minerva, Vulqon. Etrusklardan hayvonlarning ichki a’zolariga 
qarab fol ochish o’zlashtirib olingan edi. Er. avv. III asrdan boshlab rimliklar o’z 
xudolarini yunon xudolari bilan: Yupiterni Zevs bilan, Yunonani Gera bilan, 
Minervani Afina bilan, Marsni Ares bilan Venerani Afrodita bilan, Sererani Demetra 
bilan, Merkuriyni Germes bilan, Bahusni Diones bilan tenglashtirgan edilar. Rim 
e’tiqodi diniy qonun-qoidalariga rasman rioya qilish bilan cheklangan bo’lib, chuqur 
diniy his-tuyg’udan mutlaq mahrum edi. Kohinlar odamlar va xudolar o’rtasdidagi 
vositachi rolni o’ynar edilar. Er. avv. III-I asrlarda Italiyaga sharqdan Seraps, Isida, 
Mitra va boshqa diniy e’tiqodlar kirib keldi.  
 
Davlat hokimiyati diniy e’tiqodga katta e’tibor berar edi.  Kohinlar davlat 
xizmatchilari hisoblanib, lekin hech qachon qadimgi sharqdagidek alohida toifaga 
birlashmagan edilar. Rimda bir qancha kohinlik kollegiyalari mavjud edi. Kohinlar 
elitasiga oliy pontifik (barcha ilohiy va insoniy ishlar sudyasi), pontifiklar 
kollegiyasini bevosita rahbari va uch bosh flamin (ular Yupiter, Mars va Kvelin 

 228
e’tiqodlarini boshqarar edilar)dan iborat edi. Pontifiklar dastlab 6 ta bo’lib Tsezar 
davrida 16 taga yetdi, ular diniy marosimlarni qat’iy bajarilishini nazorat qilar edilar. 
Oliy pontifik taqvim tuzilib, diniy bayramlarni o’tkarilishiga mas’ul edi.  Unga 15 
flamin bo’ysunib, flaminlar alohida xudolarga qurbonlik keltirar edilar. Avgurlar fol 
ochish bilan shug’ullanar edilar.  
 
Rim diniy kalendarida 70 ga yaqin bayramlar mavjud edi. Bu bayramlar, mo’l-
ko’l qurbonlik keltirish, marosimlar, quvnoq bazmlar bilan tantanali o’tkazilar edi. 
Respublikaning oxirida bayramlar bir yilda 115 kunni tashkil qilar edi. 
 
 2. Huquq 
 
Rim huquqi antik sivilizatsiyaning eng katta yutuqlaridan bo’lib, asrdan-asrga 
yuridik tafakkurning klassik namunasi bo’ldi. Rim huquqining manbalari odatdagi 
huquq, senat qabul qiladigan qonunlar, magistratlarning ediktlari va yuristlarning 
faoliyati tashkil qilar edi. Rim tarixida huquqiy normalarni kodifikatsiya qilish 
natijasida XII qonunlar jadvalini yaratilishi bo’ldi. 
 
Er. avv. 366-yilda xususiy kishilar o’rtasidagi huquqiy qarama-qarshiliklartni 
tartibga solish uchun Rimda shahar pretori lavozimi joriy etildi. Pretorlarning yuridik 
amaliyotidan  fuqarolik protsessual huquqi paydo bo’ldi.  
 
I-III asrlar Rim huquqi tarixi davrida klassik davr hisoblanadi. Rim 
imperiyasida 212-yilgacha  huquq va sud amaliyotini ikki shakli kvirit (Rim) huquqi 
va xalqlar huquqi mavjud edi. Bundan tashqari ba’zi provinsiyalarda mahalliy-
huquqiy tizimlar va Rim noiblarining ediktlari amal qilar edi.  Imperator Adrian  
(abadiy edikt)ini e’lon qilinishi imperiya hududida yagona huquqiy kenglikni yaratish 
yo’lidagi muhim qadam bo’ldi. II asrning ikkinchi yarmida Gay 4 jilddan iborat 
huquq darsligi (institutsiyalar) to’plamini tayyorladi. II asr oxiri III asrning boshlarida 
mashhur huquqshunoslar Emiliy Papinian, Domitsiy Ul’pian va Yuliy Pavel faoliyat 
ko’rsatdilar. 
 
429-438-yillar imperator Feodosiy II buyrug’i bilan “Feodosiy kodeksi” 
nomida  imperator qonunlari to’plami tayyorlandi, 529-yilda “Yustinian kodeksi”, 
533-yilda “Digetslar”-rim huquqshunoslarining  asarlaridan olingan ma’lumotlar 
to’plami 50 jildda er’lon qilindi. 
 
3. Adabiyot 
 
Rim adabiyotini shakllanishi va  taraqqiyotida xalq og’zaki ijodi va yunon 
adabiy an’analari muhim o’rin egalladi. Rim adabiyoti tarixi er. avv. III asr 
o’rtalarida yunon janrlarida taqlid qilish bilan boshlandi. Tarentlik ozod qo’yilgan qul 
yunon Liviay Adronik (er. avv. 280-204-yillar) birinchi latin muallifi edi. U 
Gomerning “Odisseya”sini latin tiliga tarjima qildi, yunon dramalarini erkin tarjima 
qilish va badiiy qayta ishlash bilan shug’ullandi. Liviy Andronikdan Rim badiiy 
adabiyoti boshlanadi.  
 
Uning zamondoshlari shoirlar Neviy va Enniylar edi. Giney Neviy (er. avv. 
201-yilda vafot qilgan)  Rim syujetlariga asoslangan birinchi tradegiyalarni yaratdi, 
yunon mualliflari syujetlaridan o’zlashtirib dramalar yozdi. Neviy I puni urushi 
to’g’risida 7 jildda epik poema yozdi. Kvint Enniy (er. avv. 239-169-yillar) Rim 

 229
tarixiga bag’ishlangan “Annalar” epik  poemasini 18 jildda yozdi, bu shoirdan 1100 
dan ortiq she’rlar meros qoldi.  
 
Tit Maktsisy Plavt (er. avv. 250-184-yillar) birinchi Rim komediografi bo’lib, 
uning 130 komediyasidan 21 tasi saqlanib qolgan. Ikkinchi buyuk rim komediografi 
Publiy Terensiy Afrikalik (er. avv. 185-159-yillar) bo’lib, uning pyesalaridan 6 tasi 
bizgacha yetib kelgan.   
 
Rimda tradegiya keng tarqalmadi. Rim tragiklari Mark Pakui (er. avv. 220-
130-yillar) va Lutsiy Aksiy (er. avv. 170-90-yillar) o’z tradegiyalarini yaratish uchun 
buyuk yunon dramaturglarining asarlaridan foydalandilar. Rimda keng tarqalgan 
adabiy janr satira (she’r, masal, latifa va dialoglar aralashmasi) edi. Vaqt o’tishi bilan 
u bizga yaxshi tanish bo’lgan satiraga aylandi. Birinchi Rim satiriki Gay Lutsiliy (er. 
avv. 180-102-yillar) 30 kitobdan iborat satiralar to’plamini bunyod qildi.  
 
Latin prozasining eng ilk namunalaridan biri Mark Portsiy Katon Kattaning (er. 
avv. 234-249-yillar) “Dehqonchilik to’g’risida” nomli asari edi. Uning 7 jildli 
Rimning qadimgi davrlaridan II puni urushigacha bo’lgan tarixan yoritilgan kitobi, 
tibbiyot bo’yicha traktatlari, notiqlik san’atiga bag’ishlangan asarlari, 150 nutqlari 
saqlanib qolmagan.  
 
So’ngi respublika davrining latin poeziyasi Tit Lukrletsiy Kar (er. avv. 95-51-
yillar) va Gay Valeriy Katull (er. avv. 87-54-yillar) kabi taniqli vakillari bilan 
mashhur. Lukretsiyga “Narsalarni tabiati to’g’risida” nomli 6 jildli falsafiy poema 
tegishli. Katull mashhur Rim liriki bo’lib, 116 she’rlaridan iborat to’plam qoldirgan.   
 
Latin madaniyatining mashhur vakillalari Mark Terentsiy Varron “er. avv. 116-
27-yillar) va Mark Tulliy Sitseron (er. avv. 106-43-yillar)  adabiyot sohasida  muhim 
iz qoldirdilar. Varron 620 jildda 74 asar muallifi bo’lgan ensiklopedist yozuvchi edi. 
Uning asosiy asarlari “Qadiniyatlar” (41 jild) va latin tili to’g’risida (25 jild)gi 
kitobda edi. Sitseron  qadimda  notiqlik san’atining nazariyotchisi va amaliyotchisi, 
davlat arbobi, huqushunos va advokat, faylasuf va fiolog tarjimon, adabiy tanqidchi, 
san’atshunos edi. Uning  58 siyosiy va sud sohasidagi nutqlari, 12 ta falsafiy 
to’plami, notiqlik san’ati bo’yicha 7 traktati, 800 xatlari, ko’pgina nutqlari va poetic 
asarlari mavjud bo’lgan.    
 
Avgust davri latin poeziyasini  “oltin asri” hisoblanadi.  Bu davrda buyuk 
shoirlar Pubiy Vergiliy Maron (er. avv. 79-19-yillar), Kvint Goratsiy Flakk (er. avv. 
65-8-yillar) Publiy Ovidiy Nazon (er. avv. 49-eramizning 18-yillari) yashab ijod 
qildilar.  Vergiliy dehqonlar mehnatiga bag’ishlab 14 jildli didaktik poema, 12 jildli 
“Eneyda” poemasini, “Bukolika” she’riy to’plamini yaratdi. 
 
Goratsiy ijodini satira va munozara janrida  boshladi (Epodlar, 2 jildda 
satiralar). Keyin esa 4 jildli “Odalar”ni , “Maktublar” kitobini, 5 jildli  elegiyalarni 
parodiya didaktik janrida  “Sevgi fani”, “Sevgi da’vosi”  asarlarini 15 jildli “G’amgin 
elegiyalar”, 4 jildli “Pontdan maktublar” asarlarini yozdi. 
 
Qobiliyatli lirik shoirlar  Tibull (er. avv. 50-eramizning 19-yillari) va Sekst 
Propertsiy (er. avv. 49-15-yillar). Tibul o’zidan  elegiyalarni ikki to’plamini, 
Propertsiya bir to’plamini qoldirdi. Oktavian Avgustni o’zi proza va she’riyatda ko’p 
asarlar yozdi. 
 
Satirik janrda  kichik Seneka  (er. avv. 4-eramizning 65-yillari) va Petroniy 
Arbitr mashhur edilar..  Petroniyning mashhur romani “Satirikon” bo’lib, 20 bobidan 

 230
3 bobi  qolgan. Persiy Flakk (34-62-yillar), Mark Valeriy Martsial (40-102-yillar), 
Detsey Yuney  Yuvenal (60-127-yillar) hamda 120-190-yillarda yashagan Lukian  
satira janrida ajoyib asarlar yaratdilar. Bizgacha  bu davrning qimmatli yodgorliklari 
mashhur notiqlar  Dion Xrizotomning 78 nutqi, Eliy Aristidning 55 nutqi yetib 
kelgan. 
IV asr ritorika-notiqlikning yangidan gullab yashnagan davri bo’ldi. Antik 
O’rtayer dengizining notiqlik maktablarida bo’lg’usi oliy amaldorlar va xristian 
targ’ibotchilari tarbiyalandi. Bu davrda Afinada Gimeriy, Konstantinopolda Femistiy 
kabi mashhur ritorlar dars berdilar.  
Eng kuchli notiq va notiqlik san’ati o’qituvchisi Libaniy edi. U Antioxiyada 
imperatorlar, lashkarboshilar, oliy amaldorlarga qarata u bu ijtimoiy dolzarb 
muammolar yuzasidan erkin nutqlar bilan murojaat qilar edi. Libaniy “Kichik 
Demosfen” taxallusini oldi. U imperator Yulianning ashaddiy muxlisi edi. Ko’pgina 
taniqli xristian targ’ibotchilari jumladan Nazianlik Grigoriy va Ioann Zlatous uning 
maktabidan chiqqan edilar. O’sha davrdagi Rim notiqlaridan IV asr oxirlarida oliy 
davlat mansablarini egallagan Kvint avremiy Simmaxni aytish mumkin. 
 
Sarguzasht  romani janriga Apuliyning “Otlin eshak”, “Afnis va Xloya”, 
Geliodorning “Efiopika” asarlari mansubdir.  Bu davrda dramatik janr to’la  
tushkunlikka uchradi. Undan faqat pantomima, atellan va mim shakllari qoldi. 
Bizgacha yunon klassik  obrazlariga taqlid qilib yozilgan Senekani  10 tragediyasi 
yetib kelgan. 
IV-V asrlarda poeziyada klassik namunada asarlar yaratish an’anaga aylandi. Bu 
davrning eng mashxur mifologik eposiga Panapolis ellinlashgan misrlik Nonning 
Dionis to’g’risidagi dostonini aytish mumkin. Bu asar boy fantaziya, ifodali 
obrazlarga ega bo’lib, epik tarzda yozilgan.  
IV-V asrlarda latin shoirlari mifologiyadan tashqari tabiatni tasvirlashga jiddiy 
e’tibor berdilar. Ana shunday latin shoirlaridan biri Detsim Magin Avzoniy edi. U 
tajribali ritorik, yunon, lotin tillari va adabiyotining bilag’oni, salohiyatli shoir edi. 
So’ng ikki mashhur Rim shoirlari Iskandariyalik Klavdiy Klavdian, kelib chgiqishi 
Galliyadan Klavdiy Rutimiy Namatsian o’z she’rlarida Rimga murojaat qilib, uning 
buyuk o’tmishi va g’alabalarini kuyladilar. Klavdian imperator Gonoriy saroyida 
yashab, hukmdorning yaqinlaridan biri Stilixonga bag’shlab, “Stilixonga maqtov” va 
“Gotlar bilan urush to’g’risida” poemasida Rimga buyuk kelajakni bashorat qildi. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling