Qarorlar birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlarni qondirish uchun qabul qilinadi
Download 96.99 Kb.
|
Menejment.pdf
Tashkilot rahbari – bir vaqtning o’zida sardor va ijrochilarni samarali boshqaradigan insondir. Uning maqsadi xodimlarning f’el-atvoriga ta’sir etib, tashkilotga yuklatilgan vazifani ularga bajartirishdan iborat. Rahbarlik – samarali boshqaruvning muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi.
Sardorlik – bu tashkilot maqsadlarini bajarish uchun yakka insonlarning va guruhlarning harakatlarini muvofiqlashtirish yo’lida ularning faoliyatiga ta’sir etish qobiliyatidir. Samarali sardorlar hamma vaqt ham samarali rahbar bo’lavermaydi. Ta’sir – bu bir insonning boshqa insonlarni xulqiga, munosabatlariga, his-tuyg’ulariga o’zgartirish kiritish yo’lidagi harakatlaridir. Insonlarning xulqiga har xil usullar bilan ta’sir etish mumkin. Bular: iltimos qilish, rahmini keltirish, qo’rqitish va boshqa shu kabilar. Hokimiyat – bu boshqalarning xulqiga ta’sir etish imkoniyatidir. Boshqaruv jarayonida hokimiyat zaruriyati paydo bo’ladi. Rahbarga rasmiy vakolatlarga qo’shimcha ravishda vakolatlar talab qilinadi. Chunki rahbarning funktsiyalari turli toifadagi insonlar bilan bog’liq. Tashkilotning har-xil bo’linmalaridagi rahbarlar o’zining Ko’pchilik rahbarlar o’z tashkilotidan tashqari ta’minotchilarga, buyurtma-chilarga, raqobatchilarga, davlat tashkilotlariga va kasaba uyushmalariga bog’liq. NIZOLI VAZIYATLAR M.Meskon nizoni ikki yoki undan ko’proq shaxslar yoki guruhlar o’rtasida birdamlikni (yakdillikni) yo’qligidir deb ta’riflaydi. Har bir tomon muammoga nisbatan uning yondashuvi, maqsadi qabul qilinishini istaydi va boshqa tomon xuddi shunday yo’l tutishiga xalaqit beradi. “Insoniy munosabatlar” maktabiga tegishli olimlar nizoni imkoni boricha bartaraf etish lozim deb hisoblaydilar, chunki uning ta’sirida xavf-xatar, dushmanlik, urush va janjallar paydo bo’lishi mumkin. Bu o’z navbatida tashkilot faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Ushbu maktab vakillari nizoni tashkilot rahbariyatining samarasiz harakatlarining va sifatsiz boshqaruvining natijasi deb qaraganlar. Ularning fikricha o’zaro yaxshi insoniy munosabatlar nizolarning oldini olishi mumkin. Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir-necha samarali usullari mavjud. Paydo bo’lgan nizoni bartaraf etish uchun rahbar, avvalambor, uning sabablarini tahlil etishi, so’ngra nizoni bartaraf etishning mos keladigan usulidan foydalanishi lozim. Nizolarni bartaraf etishning usullari odatda ikki toifaga bo’linadi: strukturali va shaxslararo usullar. Nizolarni bartaraf etishning strukturali usuli – quyidagilarni nazarda tutadi. ishga qo’yiladigan talablarni tushuntirish. Bunda rahbar bo’ysunuvchilardan nimalar talab qilinishini, uning ishini natijasi qanday bo’lishini, mehnat unumdorligi darajasini tushuntiradi. koordinatsiya va integratsiya mexanizmlari – bu buyruqlar zanjirini, boshqaruv ierarxiyasining vakolatlarini, xodimlarni o’zaro harakatlarini belgilash, qaror qabul qilish va tashkilot ichida harakatlanadigan axborot oqimlarini tartiblashtirishdir. Shaxslararo usullar quyidagilarni o’zida mujassam etadi. Bosh tortish. Ushbu usul insonni nizodan qochishini nazarda tutadi. Bunda inson nizo chaqiradigan muammolarni muhokama etmasligi lozim. U faqat shunday f’el-atvorga amal qilsagina, asabiy holatga tushmaydi va nizoli vaziyat vujudga kelmaydi. Silliqlash. Bunda nizoni kuchayib ketishini istamaydigan tomon o’zini “hammasi yaxshi bo’ladi”, “biz bitta baxtli komanda, shu sababli qayiqni muvozanatdan chiqarish kerak emas”, degan fikrlar bilan tinchlantiradi. “Silliqlovchi” nizo belgilarini boshqalarga ko’rsatmaslikka, jazavaga tushmaslikka harakat qiladi. Majburlash. Ushbu usul qanday qilib bo’lsa ham, o’z irodasini boshqalarga majburlab o’tkazishni nazarda tutadi. Bunday uslubdan foydalanadigan insonlar boshqalarning fikri bilan qiziqmaydi. Ular o’zlarini agressiv tutadilar va boshqalarga ta’sir etish uchun faqat hokimiyat kuchidan foydalanadilar. Qarshi tomonga hokimiyat kuchini namoyish etib, rahbarlik huquqidan foydalanib, unga bosim o’tkazib, yon berishga chekinishga majbur qiladi. Agar rahbar bo’ysunuvchilar ustidan kuchli hokimiyatga ega bo’lsa, ushbu usul yaxshi natija beradi. Tashabusskorlikdan foydalanmaslik, muhim omillarning tahlilidan qisman foydalanish, faqat bir tomonning majburlanishi ushbu usulning kamchiliklari hisoblanadi. Download 96.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling