Qarorlar birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlarni qondirish uchun qabul qilinadi
Download 96.99 Kb.
|
Menejment.pdf
Kompromiss. Ushbu usul boshqa tomonning fikrlarini, faqat bir qismini qabul qilinishi bilan ifodalanadi. Aqlni ishlatib, qisman chekinish qobiliyati boshqaruvda yuqori baholanadi. Chunki xayrixohlik muhiti vujudga kela boshlaydi, hamda tomonlar uchun muammoning qulay echilish ehtimoli paydo bo’ladi. Lekin nizoning dastlabki davrida kompromissdan foydalanish “tashhez” qo’yishga xalaqit beradi va alternativlardan muqobil variantini izlash vaqtini qisqartiradi.
Muammoni hal etish. Ushbu usul – nizoning sabablarini tushunish va hamma tomonlarga mos keladigan echimni topish uchun tomonlarning fikrlaridagi farqlarni e’tirof etishni, muammoni boshqa echimlari bilan tanishishni nazarda tutadi. Ushbu usuldan foydalanadiganlar boshqalar hisobiga o’z muammolarini hal etishga harakat qilmaydi, balki nizoli vaziyatni muqobil echimini izlaydi. Aqlni ishlatib, qisman chekinish qobiliyati boshqaruvda yuqori baholanadi. Chunki xayrixohlik muhiti vujudga kela boshlaydi, hamda tomonlar uchun muammoning qulay echilish ehtimoli paydo bo’ladi. M EHNAT JAMOALARI Norasmiy tashkilotda hokimiyatning ierarxiyasi yaratilmaydi, aloqalar esa – jamoaviy hisoblanadi. Ular jamoaviy me’yorlar asosida erkin boshqariladi Jamoaviy me’yorlar. Me’yorlar guruh a’zolaridan qanaqa f’el-atvor va qanaqa ish talab qilinishini ko’rsatish uchun yaratiladi. Me’yorlarning kuchli ta’sirini sababi shundan iboratki, insonlar ushbu me’yorlarga amal qilsalargina ular guruhga to’laqonli a’zo bo’lishga, hurmat qozonishga va qo’llab-quvvatlashga umid qilishi mumkin. Bu hol rasmiy va norasmiy guruhlarga tegishli. Ahillik – bu a’zolarning bir-biriga va guruhga intilish darajasidir. Yuqori darajada ahil guruh – bu shunday guruhki, bunda guruhning a’zolari bir-biriga intiladi va o’zlarini ruhan yaqin deb hisoblaydilar. Ahil guruhlar tashkilotda yaxshi ishlaganligi sababli yuqori darajadagi ahillik tashkilotning samaradorligini yanada oshirishi mumkin. Odatda yuqori darajada ahillik bilan ishlaydigan tashkilotlarda o’zaro muloqotlarni o’rnatish muammolari mavjud bo’lmaydi. Ixtiloflar. Faol fikr almashish foydali, lekin u guruh ichidagi bahslarga va ochiq ixtiloflar sabab bo’ladi. Guruh a’zolarining statusi. U yoki bu shaxsning tashkilotdagi statusi uning yoshi, mansab darajasi, mansabning mas’uliyati, ish kabinetining joylashuvi, ma’lumoti, ijtimoiy iqtidori, axborotga egaligi va to’plangan tajribasi kabi omillar bilan aniqlanadi. Guruh a’zolarining rollari. Maqsadli rollar shunday taqsimlanganki, bunda guruh bajaradigan vazifalarni ajratib olish va bajarish mumkin bo’ladi. Qo’llab-quvvatlovchi rollar guruhning hayotini rivojlantirishni uni to’laqonli bo’lishini nazarda tutadi. TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISH
Download 96.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling