Qarorlar birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlarni qondirish uchun qabul qilinadi
Download 96.99 Kb.
|
Menejment.pdf
Motivlash.
Rahbarlar unutmasligi kerakki, tashkilotning amaldagi vazifalari bajarilmasa, ajoyib tuzilgan rejalar ham, tashkilotning mukammal strukturasi ham hech qanday ma’noga ega bo’lmaydi. Xodimlar o’z vazifalarini tashkilot rejalari asosida va berilgan vakolatlar doirasida bajarishini ta’minlash motivlash funktsiyasining vazifalaridan hisoblanadi. Rahbarlar ongli yoki ongsiz ravishda motivlash funktsiyasini bajarganlar. Qadim zamonlarda podsholar asosan ximchin va qo’rqitish orqali ta’sir o’tkazganlar, kam sonli oqsuyaklar uchun esa mukofotlar berish bilan motivlash amalga oshirilgan. XVIII asrning oxirlarida va XX asrda esa, “Agar insonlarda ko’proq ish haqi olish imkoni bo’lsa, ular hamma vaqt yaxshiroq ishlaydilar”, degan fikr keng tarqalgan edi. Shunday qilib, motivlash – bu mehnat sarfini pul mukofotiga almashtirishdan iborat bo’lgan oddiy jarayon deb qaralgan. Ilmiy boshqaruv maktabining motivlash jarayoniga yondashuvi shundan iborat bo’lgan. Xulqiy ilmlar sohasidagi tadqiqotlar motivlashga sof iqtisodiy yondashuvlarning samarasiz ekanligini ko’rsatdi. Motivlash jarayoni xodimlarni samarali mehnat qilishi uchun ularda ichki tuyg’ularni uyg’otishga intilish o’zgaruvchan murakkab ehtiyojlar bilan bog’liqligini rahbarlar tushundilar. Xodimlarni samarali motivlash uchun rahbarlar ularning ehtiyojlarini bilish kerakligini hozirgi paytda biz yaxshi tushunamiz. . Nazorat Rahbarlarning hamma harakatlari kelajakka yo’naltirilgandir. Rahbar ma’lum muddatlarda tashkiliy maqsadlarni amalga oshirishni mo’ljallaydi. Lekin ushbu muddatlarda noqulay o’zgarishlar ro’y berishi mumkin. Xodimlar belgilangan reja asosida ishlashni istamaydigan vaziyatlar ham uchraydi. Yangi qabul qilingan davlat qonunlari maqsadlarni amalga oshirishga to’sqinlik qilishi yoki bozorda yangi kuchli raqobatchining paydo bo’lishi maqsadlarni bajarilishini xavf ostida qoldirishi mumkin. Bunday ko’zda tutilmagan o’zgarishlar tashkilotni oldindan belgilangan maqsadlardan chetga chiqishga majbur qiladi. Agar rahbariyat ushbu mushkul vaziyatga qarshi tadbir–choralarni topa olmasa, tashkilot katta moliyaviy talofotlar ko’radi, hattoki belgilangan maqsadlar bajarilmay qoladi. Nazorat – bu tashkilotning o’z maqsadlariga haqiqatan ham erishishini ta’minlash jarayonidir. Boshqaruv nazoratining uchta jihati mavjud. Birinchi jihati – bu standartlarni belgilash. Bunda muayyan muddatlarda bajarilishi lozim bo’lgan maqsadlar aniq belgilanadi.
ushbu ikki jihati to’g’ri bajarilgan bo’lsa, rahbariyat tashkilotda muammo mavjudligini ham va muammoning manbaini ham biladi. Shu asosda rahbariyat nazoratning uchinchi jihatini ya’ni, dastlabki rejaga moslashtiruvchi harakatlarni amalga oshiradi. Ushbu moslashtiruvchi harakatlardan biri – bu maqsadlarni qayta ko’rib chiqishdir. Bunda maqsadlarning imkoniyatlarga va vaziyatga mos kelishi inobatga olinadi. Insonlar o’ziga o’xshash boshqa insonlar bilan muloqotda bo’lishini istaydi. Insonlar atrofdagilarning o’zlari to’g’risidagi fikrlarini, ularning nimalarni kutayotganini his etishi ularni f’el-atvorini o’zgarishiga ta’sir qiladi. Ushbu hol ijtimoiy munosabatlarning mavjudligidan darak beradi. Bunday jarayonning yuz berishi natijasida insonlarning to’planishi guruhlarga aylanadi. Har bir inson bir vaqtda bir necha guruhlarga tegishli bo’lishi mumkin. Biz bir necha oilaviy guruhlarga a’zomiz: o’z oilamizga, bobolarimiz oilasiga, umr yo’ldoshimiz oilasiga va h.k. Ko’pchilik insonlar do’stlarning bir necha guruhlariga a’zo. Ular muntazam ravishda bir birlari bilan uchrashib turadilar. O’zaro munosabatda bo’ladigan ba’zi guruhlar uzoq davom etmaydi, ularning missiyasi juda oddiy. Missiya bajarilsa, yoki unga qiziqish barham topsa, guruh a’zolari tarqalib ketadi. Boshqa guruhlar esa bir necha yillar davomida faoliyat ko’rsatadi va o’z a’zolariga, atrof-muhitga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Har qanday tashkilot bir necha guruhlardan tashkil topadi. Rahbariyat o’z xohishiga ko’ra gorizontal (bo’linmalar) va vertikal (boshqaruv pog’onalari) mehnat taqsimotini tashkil etadi. Rahbariyatning xohishiga binoan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun yaratilgan guruhlar rasmiy guruhlar deb ataladi, ushbu rasmiy tashkilotlarning vazifasi muayyan maqsadlarni, topshiriqlarni bajarishdan iborat. Tashkilotlarda rasmiy guruhlarning uch toifasi mavjud: rahbarlar guruhi, ishlab chiqarish guruhlari va qo’mitalar. Komanda (bo’ysunish tartibi belgilangan) toifasidagi rahbarlar guruhi rahbardan va unga bevosita bo’ysunuvchilardan (ular ham o’z o’rnida rahbar bo’lishi mumkin) tashkil topadi. Norasmiy tashkilot esa qondirilmagan individual ehtiyojlarga favqulodda reaktsiya sifatida paydo bo’ladi. (Rasm 11.1) Tashkiliy jarayon Rasmiy guruh Norasmiy guruh Komanda
guruh
guruh
Qo’mitalar
Norasmiy
guruh №1
Norasmiy
guruh №2
Norasmiy
guruh №3
Download 96.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling