Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika kafedrasi
Download 474.89 Kb.
|
Kurs ishi(dasturlash asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.Macromedia Flash dasturida animatsiya yaratish 2.3. Grafik elementlar yordamida animatsiya yaratish XULOSA
Reja:
KIRISH I BOB. ANIMATSIYALAR 1.1.Animatsiya tushunchasi 1.2.Animatsiyalarni yaratish va animatsiyalarni yaratish usullari II BOB. Grafik elementlar yordamida animatsiya yaratish 2.1.Animatsiya turlari. 2.2.Macromedia Flash dasturida animatsiya yaratish 2.3. Grafik elementlar yordamida animatsiya yaratish XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI KIRISH Respublikamizda barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga oid bir qator vazifalar amalga oshirilayotgan bo‘lib, bu jarayon esa har tomonlama rivojlangan intellektual salohiyatli yoshlarning tarbiyalashda zamin hozirlamoqda. Respublikamizda barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunga kelib ta’lim tizimini rivojlantirish va bo‘lajak kadrlarni barkamol qilib tarbiyalashning o‘zbek milliy modelini yaratishdagi Respublikamiz tajribasini ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlarning yetakchi olim va mutaxassislari o‘rganmoqda va tan olmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2016 yil 14- dekabrdagi O‘zbekiston respublikasi Prezidentlik lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart!" degan hayotiy da’vat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o‘rin egallagan.1Bu jarayon yosh avlodning intellektual salohiyatini shakllantirish va tarbiyalash uchun uchun asos bo‘ladi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi Ijtimoiy soxani rivojlantirish yo‘nalishining “Ta’lim va fan sohalarini rivojlantirish” bandida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish” vazifalari belgilangan.2 _____________________________
Respublikamizda iqtisodiy va demokratik jarayonlarni rivojlantirish, fuqarolarning, ayniqsa jamiyatimizni buguni va kelajagini hal etuvchi yoshlarni iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy - madaniy, ijtimoiy, ilmiy faolligini oshirish eng avvalo ularning ta’lim - tarbiyasiga bog‘liqdir. Talabalarga ta’lim - tarbiya berish bir - biri bilan chambarchas bog‘langan holda olib boriladi. Hurmatli birinchi Prezidentimiz Islom Karimov: «Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi», – deb keltirib o‘tgan edilar. Bu jarayonda algoritmlash nazariyasi asoslari fanini mukammal o‘rganish, algoritmlashga oid masalalarni amaliyotga tatbiq etish, Yevklid algoritmlari uchun samarali algoritmlardan foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifalari qatoriga kiradi.
Download 474.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling