Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika kafedrasi
TIZIMLILIK VA MUNTAZAMLILIK TAMOYILI
Download 228.5 Kb.
|
FIZIKA TA'LIMIDA DIDAKTIK TAMOYILLAR SISTEMALILIK VA MUNTAZAMLILIK TAMOYILI
TIZIMLILIK VA MUNTAZAMLILIK TAMOYILI
Bu tamoyil quyidagi obyektiv qonuniyatlarga suyanadi: inson tashqi dunyoni о‘z tafakkurida faqat aniq aks ettirgandagina, haqiqiy va faol bilimlarga ega bо‘la oladi; kishi tafakkurida ilmiy bilimlar tizimini shakllantirishning asosiy usuli, maqsadga yо‘naltirilgan rasmiy ta’limning tashkil qilinishi; rasmiy ta’limning tashkil qilinish tartibi, о‘quvchilar imkoniyati va beriladigan bilimning ichki mantiqiy tuzilishidan kelib chiqqanligi; bilim berish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi tufayli, bilim berish samarasi, bu bosqichlar orasidagi vaqtning qanchalik qisqa bо‘lishligiga bog‘liq, bosqichlar orasidagi masofa vaqt jihatdan haddan oshib ketsa, bilim berish samara bermaydi; agar bilim va uning negizida shakllangan kо‘nikmalar mashq orqali takrorlanib turilmasa, bilim va kо‘nikma yо‘qolib ketadi; bolalarni mantiqiy fikrlashga о‘rgatilgan bо‘lmasa, ular doimo fikr yuritishda qiyinchiliklarga duch keladilar; о‘qitishda tizimlilik va muntazamlilikka amal qilinmasa, ta’lim-tarbiya jarayoni susayadi. Pedagogik amaliyotda bu tamoyilning ishlashi quyidagi qoidalar orqali amalga oshiriladi.
Mazmunini tо‘liq ochib berishga kо‘zingiz yetmagan biron-bir savol va muammoni dars rejasiga kiritmaslik. Mantiqiylikni hech qachon buzmaslik, buzilgan taqdirda oʻzlashtirilmaslikning oldini olish uchun uni darrov bartaraf etishlik.
Nazariy bilimlarning о‘zlashtirilishi tо‘g‘ri ketayotganini doimo tekshirib borishlik: о‘rganilayotgan obyekti, predmeti, nazariy asoslari, asosiy tushunchalari va ularning qо‘llanish chegaralarini doimo eslatib, ularning bajarilishini tekshirish Doimo esda tutish lozimki, kunda eshitib, gо‘yoki yaxshi bilgan narsani tushuntirib, ilmiy asoslab berish qiyin bо‘ladi. Shuning uchun bolalardagi avvalgi bilimlari va mantiq usullaridan doimo foydalanish zarurligi.
О‘qitishning ilg‘or usullaridan doimo foydalanish. О‘qitishda tizimlilikni va muntazamlilikni saqlash uchun, avval о‘tilgan bilimlarni doimo qaytarib turish.
О‘tgan bilimlar bilan tez kirishib ketuvchi yangi gaplardan boshqa yangi fikrlarni bildirmaslik. О‘quvchilarning til savodxonligini faqat til о‘qituvchilari kuzatib boribgina qolmay, barcha о‘qituvchilar ham bu ishni bajarishlari lozimligi. Sabr va chidam bilan hamda o‘zluksiz ravishda bolalarni mustaqil fikr yuritishga va bilimlarni mehnat qilib topishga oʻrgatish. Bolalarga о‘qishning istiqbolini doimo eslatib turish. Har bir boʻlim oxirida, albatta, umumlashtiruvchi mashg‘ulotlarni amalga oshirish. Bolalar javobida uchrab turadigan xatolarni doimo tuzatib borish. Charchab qolgan bolalar faoliyatini hech qachon sun’iy ravishda faollashtirishga harakat qilmaslik, faollashtirishda bolalar jismoniy va aqliy imkoniyatidan kelib chiqish. Bolalardan egallagan bilimiga kо‘nikma va malaka hosil qilishni talab qilish. Esda saqlash lozimki, tizimga tushgan bilim esdan chiqmaydi. Esdan chiqib qolsa, tizim orqali uni darrov esga tushirish oson. Y.A. Komenskiyning: «Hamma narsa uzluksiz ketma-ketlikda olib borilishi kerak, bugungi aytganlaringiz kechagisini mustahkamlashi va ertangi aytganingizga yо‘l ochib berishi kerak», — degan о‘gitini unutmaslik qoidasi. XULOSA. Fan o‘z navbaida, bu bilimlarni asrlar mobaynida tadqiqotlar olib borgan ilmdan olib toplagani bizga malum. Har qanday ilmiy tadqiqot oz faoliyatini qandaydir muayyan bir butunlikka, yangi majmuaga qaratishligini ham eslaylik. Ilmning muayyan tadqiqoti, yonaltirgan narsa yoki hodisani, shu ilm sohasining tadqiqot boyekti ekanini ham bilamiz. Shuningdek, muayyan tadqiqot obyektining jabhalari kop bolib, ularning har birini boshqa-boshqa ilm sohalari organishi va uni shu ilmning tadqiqot predmeti ekanini ham eslaylik. Haqiqiy inson zamon talabiga javob beradigan mutaxassis sifatida ozini his qilishi uchun, har bir odam doimo ozini uzluksiz talim-tarbiya jarayonida ushlab turishi kerak ekanini ham angladik. Uzluksiz rasmiy talim-tarbiyaning birlamchi asosi dars hisoblanishi va u besh unsurdan tashkil topishini ham bilamiz. Demak, metodikadagi asosiy tushunchalardan biri dars.
Bu jarayondа: har bir sinf o‘quvchilarning yoshi va bilim darajasi bir xil bo‘lishiga; dars qat’iy jadval bo‘yicha belgilangan aniq muddatda olib borilishiga; dars oqituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida oquvchilar bilan ishlash shaklida olib borilishiga; Dars oquv fanining xarakteri, berilayotgan bilimlarning mazmuniga qarab turli usullar va vositalar yordamida olib borilishiga va uzluksiz talim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim berilishiga hamda navbatdagi bilimlarni ozlashtirish uchun zamin yaratish vazifani bajaradi. Fizikadan oquv mashgulotlarini tashkil qilishning asosiy shakli u yoki bu turdagi dars hisoblanadi. Har bir dars tugallangan va biror-bir maqsadga yangi bilimlarni berish, yangi tushunchalarni shakllantirish, bilimlarni amalda qollash malakasini orgatish, bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkamlash, takrorlash, nazorat qilishga ega bolishi kerak. Shu sababli ham mavzu dolzarb hisoblanadi. -Fizikadan zamonaviy dars mezonlarini, dars turlari va tuzilishi organiladi. -Zamonaviy dars tashkil etishda oqituvchi uchun zarur bolgan bilimlar majmuini bayon qilinadi. -mavzuga oid hozirgi kunga qadar mavjud bo‘lgan nazariy va amaliy ma’lumotlar o‘rganildi. Xulosa qilib Gettengen universitetining professori G.N.Lixtenberg aytganidek: “Kimda-kim men faqat fizikani bilaman desa, bilinki u fizikani ham bilmaydi”,-degan fikri juda qo‘l keladi. Haqiqiy bilimli inson, u olimmi, yoki o‘qituvchi o‘z bilimini tor doiradagina oshirmay, balki keng sohani qamrab olib amalga oshiradi. O`qituvchi va o`quvchi – talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida bo`lib, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgandir, bunda o`qituvchi talaba – o`quvchilarning bilim saviyasi, guruh saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologoyasi kerak bo`ladi. Bular o`qituvchi va talaba – o`quvchilarga bog`liq. Download 228.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling