Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika kafedrasi
Download 228.5 Kb.
|
FIZIKA TA'LIMIDA DIDAKTIK TAMOYILLAR SISTEMALILIK VA MUNTAZAMLILIK TAMOYILI
FIZIKADA DIDAKTIK TAMOYILLAR
Didaktika - taʼlim nazariyasi tushunchasini anglatadi. Taʼlim nazariyasi taʼlim-tarbiya jaryonida amal qilinishi shart boʻlgan tamoyillar, taʼlim usullari, taʼlim-tarbiya shakllari va pedagogikadagi asosiy tushunchalarni oʻz ichiga oladi. Demak, didaktika yosh avlodni «Nimaga о‘qitish?», «Nimani о‘qitish?» va «Qanday о‘qitish?» kabi savollarga javob beradi. Didaktika — о‘qitishning umumiy qonun va qonuniyatlarini aniqlab berish bilan birga, har bir о‘quv fanining о‘qitish usullari uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Didaktika butun pedagogik faoliyat uchun, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning nazariy va amaliy harakatlari uchun metodologik asos vazifasini о‘taydi. Shunday ekan, didaktikaning tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va usullari nimadan iborat? degan savolga javob topamiz. Umuman, har qanday ilmning tadqiqot obyekti deganda, muayyan ilm sohasi о‘z tadqiqotlarini nimaga qaratgan? degan savolga javob topish talab qilinadi. Didaktikaning tadqiqot obyekti ta’lim-tarbiya jarayonidir. Har qanday ilmning tadqiqot predmeti deganda, muayyan ilm о‘z tadqiqotlarini yо‘naltirgan obyektining aynan nimasini о‘rganadi? degan savolga javob beradi. Chunki har qan-day oddiy bir obyektning ham jabhalari bо‘ladi. Ilmning tadkiqot obyekti nimani о‘rganadi? degan savolga javob be-rilsa, tadqiqot predmeti, ilm shu nimaning nimasini, ya’ni qaysi jabhasini о‘rganadi? degan savolga javob berishi shart.
Bu degani ta’lim jarayonida qatnashuvchi biron-bir element о‘zgarsa, uning boshqa qismlarini ham shunga moslashtirish zarur ekanini isbotlab berishdir. Masalan, ta’lim-tarbiya jarayoni kechadigan sinf yoki auditoriyadagi pedagog о‘zgarsa, ta’lim-tarbiya jarayonini shakllantiruvchi о‘qitishning usul va uslublari, texnik vositalardan foydalanish usullari ham о‘zgarishi mumkin. Yoki о‘qitishning dasturi о‘zgarsa, darslik va boshqa didaktik materiallarni hamda о‘qituvchi dars berish usullarini bir oz bо‘lsada, о‘zgartirishga majbur. Chunki ular о‘zaro funksional bog‘liq. Didaktikaning maqsadi mana shu о‘zgarishlarni asoslab, ta’lim-tarbiya jarayonining muayyan qonuniyatlar asosda kechishini ilmiy-nazariy tomondan asoslab berishdir. Didaktika о‘z tadqiqotlarini olib borish jarayonida quyidagi an’anaviy tadqiqot usullaridan foydalanadi: tarixiy va ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, о‘quv-uslubiy hujjatlarni о‘rganish, fanlardan bilim berish amaliyotini sintezlash, statik usullar, maqsadli suhbat, qiyosiy tasnif, taqqoslash va hokazo. Shu bilan birga, didaktikada nisbatan yangi hisoblanuvchi — majmu yondashuv, grafoanalitik, matematik modellashtirish, sotsiologik tadqiqot usullaridan ham foydalaniladi. Download 228.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling