Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika kafedrasi


Download 228.5 Kb.
bet9/11
Sana05.01.2022
Hajmi228.5 Kb.
#205094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FIZIKA TA'LIMIDA DIDAKTIK TAMOYILLAR SISTEMALILIK VA MUNTAZAMLILIK TAMOYILI

Kо‘rgazmalilik tamoyili. Bu hammaga ma’lum va tushunarli bо‘ladigan tamoyillardan biri bо‘lib, u qadim zamonlardan qо‘llanilib kelingan. Buning asosida quyidagi qonuniyatlar yotadi: birinchidan, kо‘rish va eshitish orqali olingan axborotlar miyaga turlicha ta’sir etib, turlicha xotirada saqdanadi. Qisqacha qilib aytganda, kо‘z bilan kо‘rganda quloq bilan eshitgandagiga nisbatan besh barobar kо‘p axborot olinib, uning miyada saqlanish darajasi ham yuqori. ykkinchidan, kо‘zdan borgan axborot qayta ishlashga muhtoj emas.

Ta’lim amaliyoti bu tamoyilni amalga oshirishning bir qator qoidalarini ishlab chiqqan.



О‘qitish jarayonida, kо‘rgan narsa eshitganga nisbatan bir necha barobar tez о‘zlashtirilib, o‘zoq muddatga esda saqlanib qolishligini doimo yodda tutish qoidasi.

О‘quvchilarning, kishi nimaiki narsani tasavvuriga keltirish mumkin bо‘lsa, kо‘ra olsa, eslab kо‘rsa, eshita olsa tafakkur qilinadi degan oltin qoidasini bilish.

Hech qachon kо‘rgazmani asosiy maqsad qilib olmaslik, koʻrgazma maqsad emas, maqsadga erishish vositasi sifatida bilish qoidasi.

Bilim berish va bu bilimlarni bolalar kо‘nikmasiga aylantirish jarayonida, barcha tushuncha va mavhumliklar, ular tafakkuriga faqat asos, dalil, misol, timsol va qiyofalar orqali tez yetib borishini anglash qoidasi.



Kо‘rgazmalardan faqat narsalarni kо‘rsatish uchun foydalanmay, ulardan muammoli vaziyatlarni shakllantirishda ham foydalanish qoidasi.

Kо‘rgazma faqat axborot beribgina qolmay, о‘rganilayotgan narsa va hodisa tо‘g‘risida tо‘g‘ri tasavvur hosil qilishligini bilish qoidasi.

Kо‘rgazmani kо‘rsatayotganda ma’lum bir tartib bilan koʻrsatish yaxshi natija berishini tushunib yetish qoidasi.



Kо‘rgazmani kо‘rsatayotganda avval butunlay, sо‘ng ularni qismlarga bо‘lib kо‘rsatib, undan keyin yana butunlay kо‘rsatishga e’tibor berish qoidasi.

Turli kо‘rgazmali qurollardan foydalanish yaxshi, ammo ularning miqdori haddan ziyod bо‘lib ketsa, bolalar xayolini tо‘zg‘itib yuborishligini bilish qoidasi.

Kо‘rgazmani kо‘rsatayotganda bolalarning avvaldan egallagan hissiy bilimlaridan unumli foydalanish qoidasi.

Eng yaxshi kо‘rgazma bolalar о‘zi tayyorlagan kо‘rgazma ekanligini bilgan holda kо‘rgazmani iloji boricha bolalar bilan birga tayyorlash qoidasi.

O‘zingiz yaxshi bilmagan narsani hech qachon bolalarga koʻrsatmaslik qoidasi.

Yangi texnik vositalar—о‘quv televideniyasi, video, kompyuter va boshqalardan foydalanilayotganda, avval о‘qituvchining о‘zi uni yaxshi о‘zlashtirib olishlik qoidasi.

Kо‘rgazmali qurollardan foydalanilayotganda, bolalar diqqatini, fikrlash madaniyatini, konstruktiv fikrini va о‘qishga qiziqishini tarbiyalash qoidasi.

Kо‘rgazmani, nazariy bilimni hayot bilan bog‘lashda foydalanish qoidasi.

Kabinet tizimidan foydalanilayotganda kо‘rgazma usulidan foydalanish imkoni kengayadi, shuning uchun kо‘rgazmalarni koʻrsatish tartibini albatta rejalashtirish qoidasi.

Kо‘rgazmali qurollardan foydalanilayotganda, bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqish qoidasi.

Kо‘rgazma juda ham kuchli ta’sir etuvchi vosita bо‘lib, u bolalar xayolini о‘ziga qattiq jalb qilib, dars mavzuining asosiy maqsadidan chalg‘itishi mumkinligini anglash qoidasi.

Kо‘rgazmadan haddan ziyod foydalanish, bolalarda abstrakt tafakkur rivojiga tо‘siq ham bо‘lishi mumkinligini bilish qoidasi.


Download 228.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling