Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika kafedrasi


Download 228.5 Kb.
bet3/11
Sana05.01.2022
Hajmi228.5 Kb.
#205094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FIZIKA TA'LIMIDA DIDAKTIK TAMOYILLAR SISTEMALILIK VA MUNTAZAMLILIK TAMOYILI

Kurs ishining vazifalari: Kurs ishi maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

-mavzuga oid hozirgi kunga qadar mavjud bo‘lgan nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘rganish.

- fizikadan zamonaviy dars mezonlarini tavsiflash

- dars turlari va tuzilishini bayon kilish

- fizika talimida didaktik tamoyillarning qullanilishi

FIZIKADAN DARS TURLARI VA TUZILISHINI TASNIFI

Fan o‘z navbaida, bu bilimlarni asrlar mobaynida tadqiqotlar olib borgan ilmdan olib to‘plagani bizga ma’lum. Har qanday ilmiy tadqiqot o‘z faoliyatini qandaydir muayyan bir butunlikka, yangi majmuaga qaratishligini ham eslaylik. Ilmning muayyan tadqiqoti, yo‘naltirgan narsa yoki hodisani, shu ilm sohasining tadqiqot boyekti ekanini ham bilamiz. Shuningdek, muayyan tadqiqot obyektining jabhalari ko‘p bo‘lib, ularning har birini boshqa-boshqa ilm sohalari o‘rganishi va uni shu ilmning tadqiqot predmeti ekanini ham eslaylik.

Haqiqiy inson zamon talabiga javob beradigan mutaxassis sifatida o‘zini his qilishi uchun, har bir odam doimo o‘zini uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonida ushlab turishi kerak ekanini ham angladik. Uzluksiz rasmiy ta’lim-tarbiyaning birlamchi asosi dars hisoblanishi va u besh unsurdan tashkil topishini ham bilamiz. Demak, metodikadagi asosiy tushunchalardan biri dars.

Dars – aniq maqsadni ko‘zlab, berilgan vaqtdagi bir xil yoshdagi o‘quvchi-yoshlar bilan o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg‘ulot bo‘lib darsning maqsadi, mazmuni va hajmi ta’lim standartlari asosida belgilanadi. O‘qituvchi uchun dars pedagogik faoliyatining asosiy tashkiliy shakli.

Bu jarayondа:



  • har bir sinf o‘quvchilarning yoshi va bilim darajasi bir xil bo‘lishiga;

  • dars qat’iy jadval bo‘yicha belgilangan aniq muddatda olib borilishiga;

  • dars o‘qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida o‘quvchilar bilan ishlash shaklida olib borilishiga;

Dars o‘quv fanining xarakteri, berilayotgan bilimlarning mazmuniga qarab turli usullar va vositalar yordamida olib borilishiga va uzluksiz ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim berilishiga hamda navbatdagi bilimlarni o‘zlashtirish uchun zamin yaratish vazifani bajaradi.

Hozirgi paytda zamonaviy dars tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda. Zamonaviy dars deganda - o‘qituvchi o‘quvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanib, uning aqliy salohiyatini ishga solib. Rivojlanishini ta’minlaydi. O‘quvchi esa, o‘z navbatida, bilimlarni chuqur o‘zlashtiradi va ko‘nikmasiga aylantirib, ma’naviy barkamollik sari odimlaydi.

Zamonaviy dars mezonlari quyidagilardan iborat:


  • dars o‘quvchi va talaba shaxsiga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘qituvchi va talabaning o‘zaro faol munosabatlariga asoslanadi;

  • dars jrayoni tabaqalashtirish va o‘quvchi-talabalarning shaxsiy qobiliyatlariga yondashuv asosida amalga oshiriladi;

  • dars o‘quvchi-talabalarning yuqori darajadagi qiziqishi, aqliy faoliyati va muvoffaqiyatiga erishuviga qaratiladi;

  • dars pedagogikaning barcha turdagi metodologik asoslaridan kelib chiqib amalga oshiriladi;

  • darsda beriladigan bilim mazmuniga ko‘ra, turli pedagogik usul va uslublardan foydalaniladi;

  • dars sifat va samaradorligini ta’min etuvchi nazorat turlarida foydalaniladi;

  • dars majmua yondashuv tamoyili asosida amalga oshiriladi.


Download 228.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling