Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika kafedrasi
Download 228.5 Kb.
|
FIZIKA TA'LIMIDA DIDAKTIK TAMOYILLAR SISTEMALILIK VA MUNTAZAMLILIK TAMOYILI
nazariya va amaliyot birligi — bilim berishda nazariy bilimlarning amaliyotda ishlashini, ya’ni uning hayot bilan, amaliyot bilan bog‘liqligini kо‘rsatib berish.
Onglilik va faollik tamoyili.-Kishi bu tamoyil asosida ilm tomonidan aniqlangan haqiqiy bilimni egallashi uchun, u — bu bilimlarni chuqur anglab yetgan holda akdiy quvvatini intensiv ishlatishi natijasida yetishi mumkin, degan qonu-niyat yotadi. Bilimlarni anglaganlik holati quyidagi omillardan kelib chiqadi: о‘qishning sababi; talabaning bilish faolligi darajasi; о‘quvchi va talabalar bilish faolligining boshqarilishi hamda bilim berishni tashkil qilish va boshqa omillar. Talabaning shaxsiy bilish faolligi bilim olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Onglilik tamoyilini amaliyotda qо‘llash quyidagi qoidalarga rioya qilishni taqozo etadi: Bu bilimning hayotdagi zarurligi va ahamiyatini talaba-yoshlarga tushuntirib, uning istiqbolini ayon qilib kо‘rsatib berish yо‘li bilan, ta’lim oluvchilarda aniq maqsad va vazifalarni shakllantirish qoidasi. Talabalarga qanday yо‘l bilan bilim olishni tushuntirib, ularda mustaqil bilim olishga shunday ishonch hosil qilish kerakki, ular hech qachon olinadigan bilimni mexaniq holda olmay, uni chuqur anglab turib egallasinlar. О‘qitganda barcha bilish shakllari: tahlil va sintez; deduktiv va induktiv; taqqoslash hamda qarama-qarshi qoʻyish va hokazolardan foydalanish qoidasi. Bolalardagi mavjud bilim va kо‘nikmalariga tayanib, obrazli taqqoslash usulidan foydalanib, har bir soʻz va gapning tom ma’nosini ochib berish qoidasi. О‘quvchilarning о‘zaro о‘qitish kuchidan unumli foydalanib, qoʻyilgan savollarga jamoa bо‘lib javob topish qoidasi. Bugungi faol talaba, ertangi faol ishchi va xizmatchi ekanligini yaqqol bilgan holda, ularni faollashtirishga hech qanday kuchni ayamaslik qoidasi. Bolalardagi mavjud bilimlar bilan berilayotgan bilim orasidagi mantiqiy bog‘lanish yо‘q joyda onglilik bо‘lmasligini esda tutgan holda, ularning akdi yetmay turgan joylarni, ulardagi bor bilim bilan mantiqiy bog‘lab berish qoidasi. О‘quv fanini hech qachon dars markaziga qо‘ymay, dars markazida doimo oʻquvchi turishini, uning shaxsi shakllanayotganini bilgan holda talabaga ta’limiy ta’sir о‘tkazish qoidasi. Talabalar fikrini, hayot bilan nazariy bilimlar orasidagi farqlar borligiga qaratish yо‘li bilan, ularning tafakkurini faollashtirish qoidasi.
Hech qachon quruq obrо‘ga tayanib о‘qitmay, faqat aql va hissiyotdan kelib chiquvchi dalillarga tayanib о‘qitish qoidasi. Bolalarni о‘qishga о‘rgatish qoidasi.
Talabalarga «Nega?» degan savolni tinmay berish yо‘li bilan, ularda sabab va oqibat orasidagi bog‘lanishni bildirib borish qoidasi. Berilayotgan bilimning tо‘g‘riligiga, bolalarda hech qanday shubha-gumon qolmasligi va uni esdan chiqarmasliklari uchun bilimni asos va dalillar bilan isbotlab berish qoidasi. Haqiqiy bilimga ega bо‘lgan deb, uni qaytarib aytib berganga emas, balki bu bilimni amaliyotda qо‘llay olganga aytiladi, degan qoida. Doimo talabalarning qiziqish va ehtiyojlarini о‘rganib borib, ularni jamiyat ehtiyojiga moslashtirib borish qoidasi. Bolalardagi ko‘zatuvchanlikni rivojlantirib, hayotdagi voqeliklarni ilmiy asoslab berish yо‘li bilan ularda onglilikni kamol toptirish kridasi. Talabalarga shunday bilim berish kerakki, bu bilimlar ularda qat’iy ishonch hosil qilib, harakat uchun dastur vazifasini о‘tash qoidasi. Hech qachon о‘qituvchi aytganlarini qaytarish, birovlardan koʻchirish va aytib turish hollariga yoʻl qoʻymaslik bilan, oʻquvchi-talabalarni mustaqil fikrlashga va harakat qilishga oʻrgatish qoidasi. Berilayotgan bilimni har tomonlama tahlil qilib berish yо‘li bilan bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish qoidasi. Talabalarni faollashtirish va rag‘batlantirish uchun doimo savollar berib, ularga javobni chidam bilan tinglash qoidasi. Download 228.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling