Fizika talimida didaktika fanining vazifalari:
Birinchisi — bilim egallash hamda ularni kо‘nikma va malakaga aylantirish qonuniyatlarini aniqlab berish. Bu borada didaktika ancha yutuqlarga erishgan bо‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishning quyidagi qonuniyatlarini, ya’ni tamoyillarini aniqlagan. Bularga: bilimni o‘zlashtirishda onglilik va faollilik, koʻrgazmalilik, tizimlilik va muntazamlik, mustahkamlik, tushunarlilik, ilmiy asoslab berish, nazariya va amaliyot birligi tamoyillari kiradi. Bular keyingi sahifalarda batafsil bayon etiladi.
Ikkinchisi — ta’lim mazmununing tuzilishi va hajmini belgilash.
Uchinchisi — ta’lim va tarbiya berishning shakllari va usullarini takomillashtirish.
Tо‘rtinchisi — bir butun ta’lim-tarbiya jarayonining о‘quvchi va talabalarning tarbiyalanganlik holatiga ijobiy ta’sirini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |