Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy faoliyat
Oliy ta’limda informatika fani o‘qituvchiligiga qiziqish shu faoliyatni
amalga oshiruvchisi sifatidagi shakllanishlarning asosini quyidagilar tashkil etadi: maktab, kasb-hunar kolleji(akademik litsey)lardagi bazaviy bilimlarning rivojlantiriladigan bilimlarning berilishi talabada o‘rgangan bilimlarni kengaytirish mumkinligini tushunib yetishga olib keladi; mutaxassislik fanlaridan nazariyani va amaliyot bilan bog‘lab tushuntirilishi, amalaiy mashg‘ulot, laboratoriya ishlarining bajarilishiga bo‘lgan e’tibor talabalarda mustaqil qarorlar qabul qilish, ularda shaxsiy fikrlarni bayon eta olish, ijodiy yondashish kabi xususiyatlarni shakllantiradi; 41 “Informatika o‘qitish metodikasi”, “Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” “Umumiy pedagogika”, “Umumiy psixologiya” va boshqa mutaxasislik fanlaridan o‘rganilgan bilimlar talabalarda boshqaruvchanlik faoliyatini vujudga keltirib, zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarni tushunib yetishga hissa qo‘shadi; Oliy ta’lim jarayonining 3-kursida “Pedagogik amaliyot”, 4-kursdagi “Bitiruv oldi amaliyot”larni amalga oshirilishi bo‘lajak informatika o‘qituvchisini boshqaruvchanlik qobiliyatlarini shakllantirib, pedagogik faoliyatni tashkil etish, tashkil etishdagi muammolar va ularni hal etish usullarini o‘rganadilar va shu kasbning haqiqiy egasiga aylanib boradilar. Kasbiy faoliyat davomida informatika o‘qituvchisi o‘rganilgan bilimlarni bevosita amaliyotda qo‘llaydi. Bu davrda o‘qituvchi: o‘quv, mustaqil ta’lim jarayonini, ma’naviy-tarbiyaviy, darsdan tashqari ishlarni, tashqil etishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydaladi; ta’lim jarayoni uchun elektron ta’lim vositalari, nazorat etuvchi vositalarni ishlab chiqib, ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi. faoliyati davomida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari, metodlar va ta’lim vositalaridan unumli foydalanadi; pedagogik faoliyatda mustaqil qarorlar chiqarish, ta’limga kirib kelayotgan zamonaviy ta’lim metodlari va vositalaridan xabardor bo‘lib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasbiy faoliyatini loyihalashga erishishi kerak bo‘ladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling