Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126
Bog'liq
Majmua

Ta’limiy loyihani tasniflash. Ta’limiy loyihalarning turli tasniflari 
mavjud: 1) Ta’lim oluvchilarning ustuvor faoliyati bo'yicha: 
a. amaliyotga yo'naltirilgan loyiha
ishtirokchilarining yoki tashqi 
buyurtmachining ijtimoiy manfaatlariga qaratilgan bo’ladi. Masalan, turli tipdagi 
kompyuterlar(oddiy 
tipda-matn 
terishga, office dasturlarini o’rgatishga 
mo’ljallangan yoki, server vazifasini bajaruvchi, amaliy masalalarni yechishga 
moljallangan kompyuterlar)ni terish loyihasi 
b. axborot loyihasi obyekt yoki biror voqeilikni tahlil qilish uchun shu 
sohadagi 
axborotlarni 
yig’ish, 
qayta 
ishlash 
asosiy 
tushunchalarni 
umumlashtirishga qaratilgan loyihalar. Masalan, axborotlashgan jamiyatnining 
ijoviy va salbiy tomonlari, o’quvchilarda axborot madaniyatining shakllanganligini 
tahlil qilish va h.k.; 
c. ilmiy loyiha biror tadqiqot olib borish jarayoni(pedagogik, ishlab 
chiqarish, falsafiy-jamiyatni rivojlaninshiga hissa qo’shadigan)da ilmiy xulosalar
izohlar, hukmlar berish; 
d. ijodiy loyihalalar bajarilgan biror jarayonning natijalarni taqdim etishga 
ijodkorning erkin va noan'anaviy yondashuvlarini o'z ichiga oladigan loyihalar. 
Bunga biror yangi kompyuter dasturni ishlab chiqish, ta’limiy elektron dastur 
yaratish, sayt yaratish va h.k.
e. rolli loyiha - bunday loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish qiyin 
bo’lib, unda ishtirok etadiganlar, hayotiy, adabiy va tarixiy qahramonlar rollarini 
ijro etishadi. Informatika darslarida bunday loyihalarda o’quvchilar dasturchi, 
kompyuter qurulmalarini sotuvchishi, reklama agenti va boshqa rollarda dars 
mazmunini eritishga hissa qo’shishi nkerak bo’ladi 
2) Davomiyligi bo'yicha: a) mini (kichik) loyihalar,bir yoki 2 darsga; 
b) qisqa muddatli (1-2 oyga, 1 semestrga mo’ljallangan) loyihalar; c) yillik 
loyihalar. 
3)Bog’liqlik aloqalari bo’yicha: guruhli,biror muassasa doirasida, regionda, 
mintaqaviy va halqaro loyihalarga bo’linadi. 
Informatika darslarida loyihaviy o’qitishning natijasi biror mahsulot bo’lishi 
lozim: masalan, slaydlar to’plami, biror sayt, qayta ishlangan fotosuratlar, devoriy 


104 
gazeta, qayta ishlangan video, audio, turli ko’rgazmalar, qo’llanmalar, iqtisodiy
statistik hisobotlar va h.k. 
Ta'lim loyihasi o’quvchi nuqtayi nazaridan
➢ bu guruhda yoki yakka holda o'zingizning xohishingiz bilan qiziqarli 
narsalarni qilish, qobiliyatingizni oshirish imkoniyati; 
➢ omma oldida erishilgan natijalarni namoyish etish imkoniyati, 
bilimingizni amalda qo'llash, o'z bilimlarini isbotlash tadbiri 
➢ Amaliy xarakterdagi qiziqarli masalani echishga qaratilgan tadbirlar. 
Ta’lim loyihasi o’qituvchi nuqtayi nazaridan esa ta’lim va tarbiyani 
rivojlantirishga imkon beradigan o'qish va o'qitishning didaktik vositasidir. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling